Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Alifbo islohoti O'zbekistonni intellektual tanazzulga yetaklamoqda


28/01/2008

bolalar
O'zbekistonda o'tgan yillar ichida qator lug'atlar va ensiklopediyalar nashr etildi. Tilshunoslar nazarida bu bilan imlo muammosi hal etilgani yo'q.

O’zbekistonda 1993 yilda kirill alifbosidan lotin yozuviga o’tishga qaror qilingan edi. Jamoatchilik orasida bu katta bahsu-munozaraga sabab bo’lsa-da, shu kungacha masala oshkora muhokama qilinmaydi.

Tilshunoslar nazarida alifbo o’zgarishi va bu boradagi noaniq siyosat jamiyatda intellektual tanazzulga olib bormoqda.

Lotin alifbosiga o'tish siyosati respublikada savodxonlikdan tortib, akademik jabhalargacha kuchli salbiy ta'sir ko'rsatgan.

Gap bu yerda imlo o'zgarganida emas, deydi olimlar. Muammo islohotning puxta ishlab chiqilmaganida va qarorlarning ko'r-ko'rona qabul qilinishida. 

1990-yillar boshida qator turkiyzabon xalqlar lotin alifbosiga o’tishga qaror qilgan edi.

O’zbekiston va Turkmaniston tez orada, Ozarbayjon esa 2001 yilda lotin imlosiga o’tdi. Slavyan aholisi zichroq bo’lgan Qozog’iston va Qirg’izistonda jarayon kechiktirilgan.

O’zbekistonda bu tashabbus qanchalik zarur va o’rinli bo’lgani borasida turlicha qarashlar mavjud. 

“Albatta, lotin harflariga o’tish qarorida O’zbekistonning umumiy siyosiy sistemasi aks ettirilgan”,- deydi amerikalik olim Vilyam Fierman.

Fierman Markaziy Osiyo tillari va elatlarini 1970-yillardan buyon o’rganib keladi.

Lotin harfiga o’tilganida, deydi olim, “O’zbekiston bilan Rossiya orasida aloqalar uncha yaxshi bo’lmagan. Siyosiy sabablar birinchi o’rinda bo’lgan. O’zbekistonda bunga o’xshash qarorlar tepada hal qilinadi.”

Tilshunos olim Baxtiyor Isabek fikricha esa lotinga o’tish qarori o’zbek xalqi o’z-ozini anglashi, mustaqillik tuyg’usini mustamkamlashi maqsadida qo’yilgan qadam edi.

"Yaxshigina qonun edi. Lekin uni amalga oshirish jarayonida boshqa qonunlar qay holatda bo’lsa, xuddi shu holat kuzatildi. Buning qonunligini va bunga kimdir amal qilishi kerakligini anglash qiyin”,- deydi Isabek.

Yagona imlo turkiy davlatlar birlashuvi yo’lidagi muhim omil deb ko’riladi. Lekin hozirda O’zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonda qabul qilingan alifbolar bir-biridan farq qiladi. Yagona tizim yaratilmagan.

Baxtiyor Isabekning aytishicha O’zbekistonda qo’llanilayotgan lotin yozuvi mukammal ishlab chiqilmagan.

“Rus tilining qonun-qoidalari, Yevropa tillarining qonun-qoidalari kirilldan ko’r-ko’rona lotin yozuviga o’tkazib qo’ya qolingan. Shuning uchun u sifat jihatdan o’zbek tilining talablariga javob bermaydi.”

Lotin imlosiga o’tish haqidagi qaror ijrosi hozirgacha bir necha bor uzaytirilgan. 15 yildan ortiq vaqt o’tganiga qaramay, amalda to’liq joriy etilgani yo’q.

Lotin yozuviga o’tayotganda, deydi ba’zilar, uzoq yillar davomida xalq mehnati bilan to’plangan intellektual boylik - lug’at, kitob va adabiyotlar kirillda ekani hisobga olinmagan. Maktablarda lotin alifbosida bosilgan darsliklar yetishmaydi.

Markaziy osiyoshunos olim Viliam Fierman ta’biricha:

“Rus tilining mavqei hali ham yuqori. Menimcha, hozir Rossiya-O’zbekiston munosabatlari yaxshilangani sababli rus tilining mavqei yana ko’tarila boshlagan.”

Qozog’iston ham yaqin orada lotin alifbosiga o’tishi mumkin. Ta’lim va Ilm-fan vazirligiga ko’ra, jarayon 15 yilgacha vaqt talab qiladi va taxminan 300 million dollarga tushadi.

Den Deyvidson, sobiq Sovet davlatlarida ta’lim islohoti bo’yicha izlangan yana bir olimning aytishicha, mintaqa davlatlarining tili va imlosidagi o’zgarishlar rus tilida so’zlashuvchi aholining kamayishiga olib kelgan. Xususan Qozog’istonni, ba’zi hisoblarda ko’ra, ikki million kishi tark etgan.

Biroq ikki yoki uch tildan baravar foydalanish oddiy holga aylanmoqda. Rus tilini bilish, ko’pchilik nazarida, raqobatbardoshlik va serdaromad imkoniyatlar garovidir.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi