Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQShning Afg'onistonda Sovet istilosi paytidagi qilmishlari haqida film

29/01/2008

'"Charli
Gollivudda suratga olingan va yaqinda katta ekran yuzini ko'rgan "Charli Vilsonning Urushi" filmi Afg’onistonning Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinishi, unga qarshi mujohidlar harakati va bu kuchlarning AQSh tomonidan qanday quvvatlanganiga o’zgacha qarash deya baholanmoqda.

Kino kritiklar nazarida kartina zamonaviy tarix sahifalaridan chetda qolgan haqiqatni aks ettiradi.

“Charli Vilsonning urushi” bosh qahramoni - tinib-tinchimas va shum kongressmen Charli Vilson. Kongressda 1973-1997 yillar orasida xizmat qilgan.

Jamiyatdagi an’analarni pisand qilmaslik, tartib-qoidalarni buzish orqali tanilgan Vilson Sovet Ittifoqining Afg’onistonga bostirib kirganini qoralab chiqadi. 

Taniqli aktyor Tom Xenks uning rolni ijro etgan. Charli Vilson kinodan rozi.    

“Men haqimda istagan narsani gapirishingniz mumkin. Chunki siz eshitganlarning ko’pi rost. Shu ishlarni qilganman",- deydi u. Film uning fikricha tarixiy voqealar mohiyatini tushuntira olgan.

'"Charli
Gollivud yulduzi Juliya Roberts kommunistlarni jinni suymaydigan texaslik badavlat ayol - Joan Xerring obrazini ijro etadi. U Vilsonni Kongressdagi mavqeidan foydalanishga, Afg’onistonda isyonchilik harakatini avj oldirishga ko’mak beradi.  

Aktyor Filipp Seymur Xoffman SRU agenti rolini o’ynaydi. U Vilson bilan birga afg’onlarni harbiy aslaha va qurol bilan ta’minlaydi. Pokiston prezidenti Ziyo ul-Haq ro’lini esa – mashhur hind aktyori Om Puri ijro etgan.

Qo’shma Shtatlar Afg’onistondagi maxfiy urush uchun dastlab 5 million dollar ajratish haqida o’ylangan bo’lsa, Vilsonning sa’y-harakati bilan bu raqam yiliga yarim milliard dollarga chiqadi. 

Muhojidlar
“Buni uydirma deyishga odamning tili bormaydi. Albatta, ba’zilar ishonmasligi mumkin. Tasavvur qiling, birgina inson butun mamlakat taqdirini butunlay o’zgartirib yuborishi mumkin!”.

Sovet qo’shinlari Afg’onistonni tark eta boshlagach, Vilson Afg’onistonni tiklash uchun Kongressdan pul undirishga harakat qiladi, ammo barcha urinishlar zoye ketadi.  

AQShda siyosatdonlar Vashintonning 1980-yillarda Afg'onistonda mujohidlarni Sovet Ittifoqiga qarshi qayraganini va moylaganini tan oladi. "Charli Vilsonning Urushi" Amerikaning yaqin o'tmishdagi siyosiy strategiyalarini savolga tutadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti