Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Afg'oniston qo'shni O'zbekiston yordamiga muhtoj


05/02/2008

Afg'oniston
Afg'onistonda yo'llar barpo etish kerak. Mamlakatda deyarli har bir sohani qayta qurish lozim. Bunda, deydi Amerika rasmiylari, O'zbekistondek davlatlar katta yordam bera oladi. Bunda har ikki davlatda yangi ish joylari yaratilishi mumkin.
Afg’oniston hali ham notinch, Tolibon mamlakatning turli burchaklarida hamon faol ekan, Markaziy Osiyoda hukumatlar ancha sarosimaga tushib qolgan.

AQSh mintaqani Afg’onistonni qayta tiklash, iqtisodini rivojlantirish uchun hissa qo’shishga va bu xalqqa ko’mak berishga undab keladi.

O’zbekiston-Amerika rasmiylari o’rtasida kechgan so’nggi muzokaralarda ham aynan shu masala muhokama qilingan. Vashington Markaziy va Janubiy Osiyo bir-biri bilan yaqinlashishi va Afg’oniston bu aloqalar markazi bo’lishi lozim degan fikrda.

Pokistonda ham beqarorlik kuchayar ekan, NATO va AQSh qurolli kuchlari tinchlikka faqat ustuvor kuch bilan erishib bo'lmasligi haqida ogohlantirmoqda.

Afg'oniston
Afg'oniston qashshoq mamlakat. Hukumat tizimida korrupsiya chuqur ildiz otgan.  G'arb ana shu muammolar bartaraf etilmasa, barqarorlikka erishish mushkul ekanini biladi.  
Keyingi yillarda Afg`oniston taraqqiyoti uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan katta mablag' ajratilgan, biroq sarmoya hozircha samara bermagan. Asosiy sabab sifatida Afg`oniston hukumatidagi chuqur korrupsiya ko’rsatiladi.   

“G`arb davlatlarini asosiy bosh og’rig’i Afg`oniston bo`lib qolmoqda. Ular bu mamlakat uchun 24 milliard dollarga teng yordam puli ajratgan”, - deydi tahlilchi Toshpo`lat Yo`ldoshev.

Uning fikricha bu mablag`ni to`gridan- to`g`ri Afg`onistonga berib bo`lmaydi.  Moliyaning o’marilish xavfi bor. Yordam naqd pul emas, Afg`onistonga zarur mahsulotlar va xizmatlar shaklida kiritilmoqda. Bunda Markaziy Osiyo muhim rol o'ynaydi.

“AQSh bu mablag`larni, masalan, O`zbekistonga joylamoqda. O`zbekistondan Afg’onistonga tovarlar va uskunalar jo`natiladi. Transformator zavodlari Afg`onistondan kelgan buyurtma asosida ishlamoqda. AQSh buyurtmasiga ko`ra, O`zbekistonda eskirgan samolyotlar va harbiy texnika ta`mirlanishi mumkin ”, - deydi Yo`ldoshev.

Karzay
Hamid Karzay ma'muriyati O'zbekiston bilan murakkab munosabatlarga ega. Keyingi yillarda G'arbdan uzoqlashgan Toshkent va Amerikaga suyanuvchi Kobul o'rtasidagi aloqalar ancha sust. Biroq, deydi siyosatdonlar, hamkorlik - zamon talabi.   
Prezident Islom Karimov mintaqa xavfsizligi haqida gapirganda asosan Afg`onistondagi vaziyatdan xavotirda ekanini aytib keladi.  

Sharhlovchi Komron Aliyev fikricha AQSh-O`zbekiston aloqalari tiklansa, Afg’oniston iqtisodiyotida O`zbekiston ishtiroki ham kuchayadi. 

“Yangi hukumat vujudga kelgan davrda o`zbekistonlik quruvchilar to`qqizta ko`prik barpo etish uchun buyurtma olgan edi. Avtomobil yo`llari qurish bo`yicha ham buyurtmalar olingan edi. Keyingi 3-4 yilda bu harakat sustlashgan, ammo yaqin kelajakda yana jadalashishiga umid bor”, - deydi Aliyev.

Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo davlatlari AQSh boshliq harbiy koalitsiyaning Afg’onistondagi missiyalarini boshidan qo`llab-quvvatlagan. Bu mamlakatdagi barqororlik birinchi navbatda mintaqa uchun katta ahamiyat kasb etadi.    

Bu esa qo’shni davlatlardan Afg`onistonni qayta tiklash ishlarida faol ishtirok etishni talab etadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?