Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston-Rossiya hamkorligi kimning manfaatini ko'zlamoqda?


07/02/2008

Moskva, 6 fevral, 2008
Prezident Islom Karimov joriy yildagi xorijiy tashriflar zanjirini Moskvadan boshladi. Mutaxassislar ta’biricha, Rossiya-O’zbekiston aloqalari mustahkam va barqaror. Rossiya yaqin yetti yil davomida O’zbekistonning asosiy siyosiy-iqtisodiy hamkori bo`lib qo`lishi aniq, deydi ular.

Sharhlovchilar nazarida Islom Karimovning Rossiyaga safari rasmiy Toshkentning Vladimir Putindan keyingi Rossiya bilan munosbatlari qanday bo`lishini belgilaydi.  

Tashrif davomida prezidentlar o`rtasidagi qo`shma bayonot, hukumatlararo 2008 –2012 hamkorlik shartnomasi, shuningdek Toshkentdagi samolyotsozlik zavodini Rossiya kompaniyasiga qo’shilishi haqida bitimlar imzolangan.

Karimovning Rossiyaga tashrifi yakunlari yuzasidan berilgan rasmiy axborotga ko`ra savdo aylanmasi 2007 yilda 4 millard dollardan oshgan. O`zbekiston tashqi savdosining chorak qismi Rossiya hisobiga to’g’ri keladi.

Rossiya bizneslarining O`zbekistonda kengayayotgani Kreml siyosiy ta`sirining kuchayganidan dalolat. Tahlilchi Akbar Aliyevning ta`kidlashicha Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar O’zbekiston manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak. Ammo, deydi u, siyosiy qaramlik respublikaga pand bermoqda.

gaz
Rossiya O'zbekistondan tabiiy gazning har ming kubometrini  130 dollarga oladi. Yevropaga esa uni  250 dollarga sotadi. 
“Birinchi navbatda gaz masalasi. Hozir Rossiya uning har ming kubometriga 130 dollar atrofida haq to`layapti. Yevropaga esa 250 dollardan oshirib sotayapti. Chkalov zavodi IL va AN rusumli samolyotlar chiqarishga  mo`ljallangan edi. Masala shundaki bu samolyotlar eskirib bo`lgan. Xalqaro talablarga javob bermaydi. Ular daromad keltirmayapti. Agar Rossiyada bu borada yaxshi taklif bo`lsa ma`qul, bo`lmasa  tajribaga ega davlatlarga murojaat qilish kerak. Iqtisod O`zbekiston manfaati nuqtai nazaridan himoya qilinishi kerak. Lekin Karimovning mavqei juda kuchsiz, u yon berishga majbur”, -  deydi Aliyev.

Sharhlovchilarga ko’ra, Rossiya- O`zbekiston hukumati o`rtasida besh yillik hamkorlik bitimi imzolanishi, gaz eksporti miqdorini oshirish uchun transport quvurlarini kengaytirish - asosan Kremlning strategik maqsadlariga javob beradi.

Ayrimlar Islom Karimov tashrifi mobaynida rasmiy Toshkentning G’arb bilan aloqalari tiklanayotgani va geosiyisiy o’lchamlar borasida gap ketganiga shubha qilmaydi.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasining bosh kotibi Otanazar Oripovning aytishicha Kremlda imperiyacha qarashning kuchayishi tashqi siyosatda o’zgarishlar qilishga majbur etadi.

“Rossiyada boshqa davlatlarni o’ziga bog’lab olish harakati kuchaygan. Rossiya bilan iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy aloqalar davom etishi va rivojlanishi kerak. Lekin unga bog’lanib qolish xavfi ham bor. Bizning prezidentimizning o’zgaruvchan kayfiyati va unga qarab o’zgarib turuvchi siyosat natija bermaydi”, - deydi Oripov.

Karimov-Putin muzokaralarida Afg’onistodagi vaziyat yuzasidan ham so’z borgan. O`zbekiston prezidenti qo’shni davlatda ahvol tahlikali tus olayotganini aytib, bu borada Rossiya yordamiga umid qilishini bildirgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi