Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh-Gruziya munosabatlarida jiddiy o'zgarish yo'q


08/02/2008

O’tgan yil noyabr oyida poytaxt Tbilisida namoyishlar o’tkazilganda politsiya ularga qarshi kuch ishlatgan edi. Namoyishchilar prezident Mixail Saakashvilini iste’foga chaqirgan. Qo’shma Shtatlar va qator G’arb davlatlari hukumat harakatlarini tanqid ostiga olgan.

Shunga qaramay, deydi Chikago universiteti professori Ronald Suni, Qo’shma Shtatlar Gruziyani do’stona va ittifoqchi davlat sifatida ko’radi. Biroq bu uzoq davom etmasligi mumkin.

Saakashvili o’z tashqi siyosatida asosan G’arb tomon, NATO tomon intiladi. Vashingtondagi REND tahlil korporatsiyasi xodimi Olga Oliker nazarida Gruziyaning G’arb tomon siljishi va Rossiyadan uzoqlashishi davom etadi. Biroq Oliker Gruziya tashqi siyosatini g’arbga moyil deb atamaydi.

"G’arbga moyillik bilan AQShga moyillik o’rtasida farq bor," deydi u. "Saakashvili asosan AQShga moyil siyosat yuritmoqda. Masalan, Iroqqa qo’shinlarni yuborish bilan. Albatta, NATO va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishga ham harakat qilmoqda, biroq asosiy diqqat AQShga qaratilgan. AQSh va Rossiya rahbariyatida o’zgarishlar, Gruziyada esa siyosiy islohotlar kutilar ekan, Gruziya tashqi siyosati ham shunga qarab o’zgarishi mumkin," deydi Olga Oliker.

Ayrim tahlilchilar nazarida Gruziya-Rossiya qarama-qarshiliklariga qaramay, aloqalar yumshayotgan bo’lishi mumkin. Bu omil va namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilganiga qaramay, Tbilisi-Vashington munosabatlarida jiddiy o’zgarish kuzatilmagan, deydi Kolumbiya universiteti professori Robert Legvold.

"Qo’shma Shtatlar Gruziyaga “ayrim muammolarni hal qilishingiz kerak, hozircha NATOga a’zolikka to’liq yordam bera olmaymiz” deyishi mumkin. Biroq bu aloqalar sovuqlashdi degani emas."

Shunga qaramay, deydi Robert Legvold, AQSh va G’arbning Saakashviliga bundan keyingi yordami demokratiya yo’lidagi harakatlariga bog’liq bo’ladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi