Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Amerikada qora tanlilar tarixi nishonlanmoqda

10/02/2008

Kapitoliyni bunyod etish jarayoni
1700-1863 yillarda qad ko’targan Kapitoliy - qora tanli qullar mehnati mahsuli
Kapitoliy – AQSh qonunchilik organi joylashgan bino. Mamlakatning rasmiy timsoli.

Oq gumbazli hashamatli imorat AQSh demokratiyasining ramzi hisoblanadi. Biroq yaqin kunlargacha ham bu azim saroy qurilishida kimlar qatnashgani haqida ko’pchilik bilmas edi.

Tarixiy hujjatlar shundan dalolat beradiki 1700-1863 yillar orasida qad ko’targan Kapitoliy- qora tanli qullar mehnati mahsuli. 

Felisiya Bell Kapitoliy Tarixi Jamiyati xodimi. AQSh hukumatiga tegishli aksariyat binolar qullar tomonidan barpo etilgan deydi u.

"Qullar usta quruvchilar bo’lgan. Davlat idoralari uchun biror joy kerak bo’lganda, tabiiyki, ularni ishga solishgan. Kapitoliy qurilishi uzoq davom etgan va qora tanli bunyodkorlar uchun katta maktab bo’lgan desak arziydi". 

Kapitoliy qurilishiga qullar qanday yollangani haqida batafsil ma’lumot beruvchi tarixiy hujjatlar bor.

Ularda qayd etilishicha, oq tanli quldorlar qonunchilik markazi qurilishi uchun davlatga o’z xizmatkorlarini vaqtincha ijaraga bergan.

Qullar esa kechasi, dam olish kunlari va bayramlarda ishlasagina haq olgan. 

Mana bu hujjatga qarang: quldorlar qullariga haq to’lanishini talab qilmoqda. Odatda bir yoki bir nechtasi ishga olingan. Har bir qul mehnati uchun oyiga besh dollar to’langan. O’sha davrda bu yaxshi haq sanalardi.

Afro-amerikaliklar odatda oq tanlilar bilan birga ishlab, yog’och arralash, tosh teshish kabi ishlarni qilgan.

"Taqdirni qarang-ki, Kapitoliy gumbazi ustiga o’rnatilgan, balandligi olti metrga teng Erkinlik Haykali, Reyd Filip ismli qul tomonidan qolipga solib bronzadan quyilgan. Kapitoliy binosi qurilishidagi tarixiy jarayon polyak sayyohi tomonidan hujjatlashtirilgan", - deydi tarixchi Felisia Bell.

U o’z kundaliklarida oq tanli ishchilar kun bo’yi ichib maishat qilgani, ishni asosan qora tanli qullar bajarganini aytadi. Biroq shuncha ish qilsa ham maosh ularga emas, ularni ijaraga bergan egalarga to’langanini alam bilan eslab o’tgan.

Kapitoliyni kim qurgani haqida hozir AQSh bo’ylab turli o’quv maskanlarida ko’rgazmalar o’tkazilmoqda. Xovard Universiteti talabasi Nion Krouford Kapitoliy binosi qanday bunyod etilganidan hayratda.  Ayniqsa qora tanlilarning ishtirokidan.

Bunday ma’lumotlarni ommaga ko’rsatish - ularni tarixdan boxabar qilish degani. Bu boradagi ko’rgazmani ko’zdan kechirib ko’p dalil va hujjatlarni o’rgandim. Qora tanlilarning AQSh tarixidagi rolidan zavqlandim. O’tmishda ajdodlarimiz ishlari haqida ko’p bilmasdik.

Biroq, deydi Kapitoliy tarixchilari, hamma amerikaliklar ham ularning qonunchilik makoni qanday qurilgani bilan faxrlanmasligi mumkin.

Qullik va quldorlik tuzumining dardli xotirasi bu, deydi ular. Lekin qora tanlilar nafaqat Kapitoliy binosining barpo etilishida balki butun mamlakatning qad rostlashida katta rol o’ynaganini g’urur bilan tilga oladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi