Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Hindiston AQSh bilan yadroviy hamkorlik imkonini boy berishi mumkin


12/02/2008

David Mulford<br />
AQShning Hindistondagi elchisi Deyvid Mulford rasmiy Dehli tezroq bir qarorga kelisin deydi

O’tgan yil AQSh Hindistonga yadroviy hamkorlik taklif qilgan edi. 

AQShning Hindistondagi elchisi Deyvid Mulford Manmohan Singx ma’muriyatini masalani oydinlashtirishga chaqirmoqda.

“Vaqt o’tib bormoqda, Hindiston AQSh bilan yadroviy materiallar borasida hamkorlik qilmoqchi bo’lsa, tezroq bir qarorga kelsin”, - deydi AQShning Hindistondagi elchisi Deyvid Mulford.

Uning aytishicha keyingi yil AQSh hukumatiga yangi ma’muriyat kelgach, Hindiston berilgan imkoniyatdan mahrum bo’lishi mumkin.

“Bu yilgi saylovlardan keyin Oq uy va Kongress o’zgaradi. 2010 yilga kelib esa Hindistonda ham hukumat o’zgarishi mumkin”, - deydi elchi Mulford.

Loyihaga ko’ra, Hindiston AQShdan atom yonilg’isi va zarur vositalar  olishni boshlaydi. Rasmiy Dehli so’nggi o’ttiz yil mobaynida bu kabi hamkorlikdan mahrum qilingan edi. Atom qurollarini tarqatmaslik bitimiga imzo chekmagani uchun.

Indian Communistic Party
Hindiston Kommunistik Partiyasi AQSh bilan har qanday hamkorlikka qarshi
Agar Hindiston mavjud imkoniyatni yana bir bor qo’ldan boy bersa, kelajakda bitimga qarshi bo’lgan guruhlar AQSh Kongressiga chiqib, “mintaqada atom qurollari poygasi boshlanishi mumkin” degan havotir ostida uni rad etilishiga erishishi mumkin.

Biroq ayni damda Hindistonda ham bu kabi hamkorlikka qarshi tomonlar  bor. AQSh bilan ishlashga qarshi so’lchi muxolif guruhlar bitim Hindistonning kelajakda mustaqil harakat qilib, atom sinovlari o’tkazishini cheklaydi demoqda.

“Bu mutlaqo yanglish fikr. Taklif AQSh rahbari tomonidan bildirilgan edi. Maqsad Hindiston iqtisodiy ravnaqiga hissa qo’shib, mintaqada qudratli davlatga aylanishiga ko’maklashish”,- deydi elchi. 

Mulford tarang vaziyatni yumshatish uchun muxolifat bilan uchrashishga ham rozi. Biroq Hindiston parlamentida katta kuchga ega Kommunistik Partiya: “bitimga imzo qo’yilsa Singx ma’muriyatini ag’daramiz”, - deb ogohlantirmoqda. 

Pakt kuchga kirishi va AQSh Kongressi bunga rozi bo’lishi uchun, Atom Energiyasi bo’yicha Xalqaro Agentlik va yadro mahsulotlari bilan ta’minlovchi 45 davlatdan rozilik olish kerak. 

Hindiston hukumati muzokaralar davom etadi va mamlakat manfaati yo’lida bir qarorga kelinadi demoqda.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi