Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
BMT: Insoniyat misli ko'rilmagan tabiiy tahdid bilan yuzlashmoqda

13/02/2008

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi global iqlimda yuz berayotgan salbiy o’zgarishlarni muhokama qilmoqda.

Mutaxassislar taxminicha yer yuzida harorat hozirgi darajada ko’tarilib borsa, jahon ahli kelajakda misli ko’rilmagan qurg’oqchilik va oziq-ovqat taqchilligi bilan yuzlashadi. Bu ehtimoliy ofatlar hudud va xalq tanlamaydi deydi olimlar.

BMT global iqlim masalasini o’tgan yili Indoneziyaning Bali orolida ham muhokama qilgan edi.  200 ga yaqin davlat vakillari 2009 yilga qadar atmosferaga zaharli gazlar chiqarishni nazorat qiluvchi hujjat qabul qilishga kelishgan. Maqsad 2012 yilda muddati tugaydigan Kioto Protokolini kuchliroq xalqaro hujjatga almashtirish. 

BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun dunyo ahli iqlimdagi muammolarga boshqa ko’z yuma olmaydi deydi.

"Barcha birdek harakat qilsa biror natijaga erishamiz. Ayniqsa rivojlangan davlatlar kattaroq hissa qo’shsin",- deydi bosh kotib.

Shu kunlarda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgihida o’tayotgan anjumanga xususiy sektor vakillari va katta biznes egalari jalb qilingan. Ular orasida britaniyalik milliarder Richard Branson ham bor.

"Samara bersin desangiz, global iqlim istiqboli uchun kurashuvchi mahkama tuzilsin. Uning uchun yetarli sarmoya va resurslar ajratilsin",- deydi milliarder. 

"Bu tizim BMT qilayotgan ishlarni qaytarmay, uning bir qanoti sifatida, asosan xususiy sektor bilan hamkorlikda ishlasin. Dunyoning eng yetuk ekologlari va ob-havo mutaxassislarini, kimyoshunos va fiziklarni bir joyga to’plang", - deydi Branson. 

"Bu idora kashfiyotlar, axborot va amaliy tadqiqotlar manbai bo’lsin". 

Richard Branson bu idoraga AQShning sobiq vitse-prezidenti, global iqlim uchun kurashib Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan Al Gorni taklif qilish kerak deydi. 

Nyu-York meri, yana bir badavlat tadbirkor Maykl Blumber fikricha global iqlim isib borayotgani insoniyatni cheksiz halokatlarga yetaklamoqda.

"Terrorchilar va atom qurollari millionlab insonlarning yostig’ini quritishi mumkin. Iqlim isishiga qarshi o’z vaqtida chora ko’rilmasa, butun odamzod qirilishi hech gap emas axir", - deydi Blumberg. 

Nyu-York shahri sakkiz milliondan ziyod aholi yashaydi. Shahar atmosferani toza saqlash borasida butun mamlakatga namuna. Taksilar benzinda emas, endi vodorod yoki elektr quvvatida yuradigan bo’ladi deydi shahar meri Maykl Blumberg.

"Bu bilan biz Nyu York shahri bo’ylab tarqalayotgan karbonad-angidrid miqdori 50 foizga kamayadi. Benzinga ketadigan mablag’ ham cho’ntakda qoladi",- deydi Nyu-York meri.

BMT nazarida har bir davlat xavfsizlik va iqtisodiy siyosat bilan chiqqani kabi iqlimni asrash rejasi ishlab chiqishi kerak. 

"Mamlakatlar atmosferani qanchalik zaharlayotganini hisoblab chiqsin. Bu borada xalqaro hamjamiyatni boxabar qilsin. Xalqni muammodan ogoh qilsin. Uni ona tabiat kelajagi uchun ter to’kishga undasin",- deydi BMT Bosh kotibi Pan-Gi Mun.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi