Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Amerikada yoshlar yirik siyosiy kuchga aylangan

14/02/2008

Barak Obama, 12 fevral, 2008
Amerikada 30 yoshgacha bo’lgan, ovoz berishga haqli fuqarolar soni hozirda 50 millionni, ya’ni saylovchilarning deyarli 25 foizini tashkil etadi.

Yoshlar odatda saylovda qatnashmaydi deganlar bu yili fikrini o’zgartirsa ajabmas.

Bu yilgi prezident saylovlari oldidan yoshlar har qachongidan faol.

CIRCLE mustaqil tadqiqotlar markazi bergan ma’lumotga ko’ra partiyaviy saylov va kengashlarda yoshlar ishtiroki to'rt marotaba o’sgan.

Fritz Venzel Zogbi International ommaviy so’rovlar markazi xodimi. Yoshlar orasida, deydi u, fuqarolik tuyg’usi tobora oshib bormoqda.

"Bugungi yoshlar siyosiy masalalarni yaxshi tushunadi. Ovoz berib, o’z fikrini bildirishga oshiqmoqda",- deydi u. 

Prezidentlikka nomzodlar ham bundan xabardor. Saylov kampaniyalarida ular to’g’ridan-to’g’ri yoshlarga murojaat qilmoqda.

Xillari Klinton, 4 fevral, 2008
"Yoshlarning saylov kampaniyasida faol ishtirok etayotgani biz uchun ayni muddao",- deydi prezidentlikka nomzod Xillari Klinton.    

Nomzodlar yoshlar ko’nglidan joy topish uchun ular bilan internet va boshqa axborot vositalari orqali muloqot qilyapti.  MTV kanali, MySpace veb sahifasi va Associated Press axborot agentligi homiyligida forumlar tashkil etilmoqda.

SAVE  uyushmasi rahbari Metyu Sigal poygada aynan yosh saylovchilarga qaratilgan strategiyalar ish beryapti, ular ovoz beryapti deydi.

"Prezidentlikka nomzodlar hech qachon yoshlarga hozirgidek e’tibor bermagan. Xillari Klinton, Barak Obama, Mitt Romni, Ron Pol kabi siyosatchilar hatto maxsus odamlarni ishga yolladi. Bu saylovda ularning ovozi g’alaba uchun muhim ekani ayon".

Ovozlar hisobiga ko’ra yosh saylovchilarga hozir senator Barak Obama ma’qul kelyapti. Ayova shtatida 17 dan 29 yoshgacha bo’lgan fuqarolarning 57 foizi Obamaga ovoz bergan. Hatto Xillari Klinton g’alaba qilgan boshqa shtatlarda ham Obamaga askariyat yoshlar yuqori baholagan. 


Robert Pastor Amerika Universitetida demokratiya va saylov markazini yuritadi. Yoshlarni, deydi u, Obamaning “o’zgarishlar vaqti keldi” degan shiori ilhomlantiryapti.

"Obama yangi avlod vakili. Uning dasturida yangi avlodning duyoqarashi aks etgan. Yoshlar AQShda katta o’zgarishlar bo’lishini, siyosat yangilanishini istaydi. Shu jihatdan senator Obama yoshlar bilan bog’lana oldi. Unga ovoz berishyapti",- deydi Pastor.

Yoshlarni poyga oxirigacha siyosiy jarayonlarga qiziqtira olish u yoki bu nomzodning g’alabasini hal qiladi.

So’rovlarga ko’ra, ularning 70 foizi Demokratik Partiya nomzodga ovoz bermoqchi. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQShda Saylov- 2008 - Inglizcha
AQShdagi musulmon yoshlar uchun dasturilamal
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQShda sharq tillari va dunyosini o'rganishga qiziqish ortgan
AQSh xalq diplomatiyasi ish beradimi?
AQShda saylovoldi kampaniyasi va mulla jiring
AQSh siyosatini ikki partiya tebratadi
AQShdagi til markazlari va o'qish narxi
AQShda ta'lim olish imkoniyatlari haqida muxlislar savollariga javoblar
 
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?