Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonda islohotlarni qanday amalga oshirgan ma'qul?


20/02/2008

AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi - USAID O’zbekistonda iqtisodiy siyosatni isloh qilish mavzusiga doir 3 yillik loyihani yakunladi.

Tadqiqotlar AQShning Bearing Point.Inc kompaniyasi va o`zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida o`tkazilgan.

Loyiha maqsadi bank sektorini mustahkamlash, kichik va o`rta biznes uchun iqtisodiy sharoitni yaxshilash, byudjet, soliq va davlat nazoratini takomillashtirishdir.

Tadqimot marosimidagi ayrim hisobotlarda O`zbekiston iqtisodiyotida radikal o`zgarishlar emas, balki real iqtisodiy siyosatdan kelib chiqqan holda islohotlar taklif qilinadi.

Paxta hosildorligida davlat buyurtmasi va fermer xojaliklari haqida tadqiqot o`tkazgan Yuliy Yusupovning aytishicha, hozirgi real vaziyatda hukumat davlat byurtmasidan voz kechmasligi aniq, shu bois u davlat buyurtmasini takomillashtirish ustida izlangan.

Uning aytishicha, 1995-2006 yillarda paxta hosildorligi 5 foizga kamaygan.

“Men paxta bo`yicha davlat rejasini sekin-asta bekor qilish tarafdoriman, biroq yaqin yillarda davlat bu islohotlarga bormaydi va bunga o`zining asoslari bor. Shu bois ham biz real iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqqan holda paxtaga nisbatan mavjud davlat rejasini takomillashtirishni taklif qilayapmiz”, - deydi konsalting loyihalar kompaniyasining ilmiy tadqiqotchisi Yusupov.

Uning ta’kidlashicha, davlat rejasini belgilashda yer ahvoli inobatga olinmayapti, rejani uddalagan fermerlar uchun daromad ko`rish manbai muvofiqlashtirilmagan.

“Agar fermer rejani 130 foizga bajarsa, hosilning qolgan qismini norasmiy ravishda sotishni xohlaydi, davlatga topshirishni emas, chunki davlat ertaga bu fermerga nisbatan paxta rejasini yanada ko`paytirishi mumkin”, - deydi Yusupov.

Ta`kidlash lozim O`zbekistondagi mavjud iqtisodiy vaziyatda fermerlarning paxtadan daromad ko`rishi o`ta qiyin.

Paxta asosan davlat buyurtmasi mavjudligi, yer fermerlarga paxta ekish sharti bilan ijaraga berilayotgani uchun ekilishi ta`kidlanadi.        

Loyihaning asosiy homkorlaridan biri - Ozbekiston Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi. Markaz direktori o`rinbosari Nishonboy Sirojiddinov AQSh kompaniyasi bilan hamkorlik iqtisosdiy izlanishlarda muhim yordam ko`rsatganini ta`kidlaydi.

“Hamkorligimiz bir necha yo`nalishlarda amalga oshdi. Ayniqsa, tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan yordam ko`rsatildi. Muhim loyihalar xorijlik ekspertlar ishtiroki bilan ta`minlandi. Ular yordamida biz O`zbekiston iqtisodi uchun aktual bo`lgan mavzularda dokladlar tayyorladik, iqtisod bo`yicha talabalar o`rtasida tanlovlar o`tkazdik”, - deydi Sirojiddinov.

“O`zbekistonda Iqtisodiy Islohotlar” loyihasi davomida o`tkazilgan ayrim tadqiqotlar rasmiy ko`rsatkichlardan farq qilmaydi.

2006 yildagi iqtisodiy vaziyatga bag`ishlangan tahliliy sharhga ko`ra, O`zbekiston yalpi ichki mahsulot o`sishi bo`yicha Rossiya va Qozog`istonni ortda qoldirgan. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha MDH miqyosida Belarus va Ozarbayjondan so`ng uchinchi o`rinni band etadi.

Mustaqil sharhlovchilar fikriga ko`ra, O`zbekistondagi iqtisodiy o`sish va iqtisodiy islohotlar haqida berilayotgan rasmiy bayonotlar real hayotdan uzoq.

“O`zbekistonda Iqtisodiy Islohotlat” loyihasi yakuniga oid taqdimotda AQShning O`zbekistondagi elchisi Richard Norland ham ishtirok etgan va iqtisodiy islohotlar bo`yicha hamkorlik muhimligini ta`kidlagan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi

  Boshqa xabarlar
Yirik banklar qisman davlat mulkiga aylanishi mumkin
AQSh Shimoliy Koreyani qora ro'yxatdan chiqardi
Katta Yettilik inqirozga qarshi birga kurashadi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
NATO Afg'onistonda qoradori savdosiga harbiy zarba berilishiga rozi
AQSh razvedka hisobotida Afg'onistondagi ahvol ayanchli baholanadi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
Belarusni Kreml ta'sir doirasidan chiqarish mumkinmi?
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Jahonda iqtisodiy o'sish sur'ati keskin pasayishi kutilmoqda
Tahlilchilar: MDHning Bishkekdagi sammitidan yangilik kutmang
Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokara qilmoqchi
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda
Makkeyn va Obama bir-birini layoqatsizlikda ayblamoqda