Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik Ukraina uchun nimani anglatadi?


21/02/2008

Ukraina prezidenti Viktor Yushchenko Jenevada, mamlakatining Jahon Savdo Tashkilotiga qabul qilinishini nishonlamoqda
Jenevada joylashgan Jahon Savdo Tashkiloti Ukrainani o’z tarkibiga qabul qildi. Kelishuv mamlakat parlamenti Rada tomonidan ratifikatsiya qilingach, Ukraina tashkilotning 152-chi a’zosiga aylanadi.

Xalqaro savdo qoidalarini tartibga soluvchi agentlik - Jahon Savdo Tashkilotiga 1995 yilda asos solingan.

14 yillik muzokaradan so’ng, tashkilotning 151 a’zosi Ukrainani ham qo’shishga rozi bo’ldi. Bu vaqt ichida, deydi Kanada-Ukraina savdo palatasi direktori Bob Onischuk, Ukraina savdo va iqtisodiy qonunlarini xalqaro standardlarga moslashtirishi lozim edi.

“1991-92 yillarda Ukraina mustaqillikni qo’lga kiritgach mamlakatda tabiiyki sovet qonun-qoidalari hukmron bo’lgan, ularni yangidan ishlab chiqish lozim edi. G’arbga moyil hukumat jarayonni tezlashtirishga urindi, Rossiyaga hayrixoh siyosatchilar esa aksincha to’siq qo’yib keldi”, - deydi Onischuk.

Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilish uchun Ukraina 29 shartnomaga qo’l qo’yib, ularga rioya qilishga ko’ngan.

“Iqtisodchi Deyvid Xartridj intellektual mulk himoyasi, hukumat subsidiyalari, eksport-import, tarif va soliqlarga doir kelishuvlarni sanab o’tadi. Ukraina ularga amal qilmog’i kerak.”

Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik, deydi amerikalik olim Deyvid Marples, qator sohalar taraqqiyotiga turtki beradi. Xususan Ukrainaning po’lat ishlab chiqarish sanoatini rivojlantiradi.

“Ukraina Yevropaga ko’proq po’lat eksport qila oladi, mahsulotga qo’yilgan tariflar pasaytiriladi. Jahon Savdo Tashkiloti doirasida qator iqtisodiy to’siqlar olib tashlangach, import-eksportda yangi imkoniyatlar paydo bo’ladi”, - deydi Marples.

Tahlilchilar shuningdek Ukraina bozorida raqobat kuchayadi, sifatni oshirishga to’g’ri keladi demoqda. Xalqaro mezonlarga javob bera olmagan kompaniyalar biznesdan chetlanadi.

“Tadqiqotchi Adrian Slivotzkiy Ukrainada xalqaro investorlar soni oshadi deydi. Eng muhimi, Ukraina qator sanoatlarini zamonaviylashtirish uchun yangi texnologiya va boshqaruv usullarini olib kiradi.”

Rossiya va Eron ham Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishni ko’zlamoqda. Rossiya harakatini Ukraina bilan bir vaqtda boshlagan, biroq qishloq xo’jaligida, subsidiya dasturlariga o’zgartirish kiritishi lozim.

Rossiyaning neft va gazi Yevropaga Ukraina orqali boradi. Har ikki mamlakatning tashkilotga a’zo bo’lishidan Yevropa Ittifoqi manfaatdor, deydi tahlilchilar. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti