Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Xorijiy sarmoyadorlar AQSh korporatsiyalarini sotib olmoqda


22/02/2008

AQSh iqtisodiy qiyinchiliklar bilan yuzlashar ekan, hammaning diqqati bu mamlakatga yirik sarmoya kiritayotgan boy kompaniyalarga qaratilgan.

Xususan xorijiy sarmoya manbalari Amerika korporatsiyalariga yordam qo’lini cho’zyapti. Mutaxassislar nazarida chet el sarmoyasi katta iqtisodiy yordam, lekin uzoq muddatda ijobiy oqibatlarga olib bormasligi mumkin.

Mustaqil investitsion fondlar trillionlab dollar mablag’ga ega. AQShni muammolar qamragan bir paytda, ular Amerikaning yirik korporatsiyalariga qarz bermoqda.

Edvin Truman AQShdagi Piterson Xalqaro Iqtisod Instituti xodimi. Mamlakat iqtisodiyotida ro’y berayotgan o’zgarishlardan tashvishdaman deydi u.

“Chet el davlatlari Citigroup kabi AQShda asoslangan moliyaviy korporatsiyalarning 10 foiz aksiyalarini sotib olyapti. Hatto AQSh hukumatiga buncha aksiya sotilmagan. Xorijiy hukumatga qanday ishonish mumkin?”

Muammo shundaki, deydi iqtisodchilar, chet el investitsion fondlari AQSh bozorini erta tark etsa bu hol yana iqtisodiy beqarorlikka olib keladi. Buning ustiga, xorijiy fondler turli hukumatlar bosimi ostida siyosiy maqsadlarda ham qo’llanishi mumkin.

Ba’zilar fikricha AQSh qonunchilari iqtisodiyotni chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan choralar bilan chiqishi mumkin.

Kuchli moliyaviy asosga ega fondlarning aksariyati Osiyo va Yaqin Sharq davlatlariga tegishli. Shu kunlarda AQSh matbuotida “Amerika savdoga qo’yilgan”, “Iqtisodiy Bosqinchilik” kabi maqolalarni ko’rish mumkin.

Erkin bozorni targ’ib qiluvchi Kato tadqiqoti instituti xavotirga o’rin yo’q deya vasvasani tinchitishga urinmoqda.   

“Qo’shma Shtatlar erkin mamlakat. Moliya bozori hammaga ochiq. Agar AQSh sarmoyadorlari deylik Xiyoy bilan hamkorlik qilaman desa, qo’yib berish kerak. Pul ularniki. AQShga xavf solmasa bo’lgani,” - deydi institut xodimi Jeyms Dorn.

Xavfsizlikka kelganda AQSh hukumati o’ta ehtiyotkor. 2006 yilda Amerika portlarini boshqargan Dubay kompaniyasi bosim ostida biznesini sotgan edi.

AQSh Moliya vazirligida maxsus qo’mita tuzilgan. Uning vazifasi AQSh xavfsizligiga rahna soluvchi loyiha va bitimlarni darhol to’xtatish.

AQSh Moliya vaziri muovini Robert Kimmitning aytishicha, daromadni ko’zlab Amerikaga sarmoya kiritayotgan kompaniyalarga barcha yo’llar ochiq.

“Chet el sarmoyasi AQSh iqtisodiyotini ko’ratib turuvchi, katta foyda keltiruvchi omil. Mamlakatda 5 milliondan ortiq ish o’rinlari yaratadi. Lekin ba’zida, tan olish kerak, xorijiy sarmoya xavfsizlik bilan bog’liq masalalarni ham ko’tarishi mumkin.”

“Tashqi Aloqalar” jurnalida chop etilgan maqolada, janob Kimmit aniq shart asosida ish yuritishni taklif qiladi. Ya’ni, davlat investitsion fondlari AQSh bozoriga kirayotganda siyosiy emas, aynan iqtisodiy maqsadlarni ko’zlashini isbotlasin.

AQSh iqtisodi zaiflashgan bir pallada badavlat xorijiy kampaniyalar katta daromad ko’zlar ekan, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi nazarida eng namunali ish usuli faoliyatni ochiq olib borishdir.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi