Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh irqiy diskriminatsiyada ayblanmoqda


22/02/2008

Inson huquqlari tashkilotlari nazarida AQSh irqiy diskriminatsiyani bartaraf etishga yetarlicha harakat qilmayapti

Inson huquqlari tashkilotlari koalitsiyasi AQShni doimiy tarzda irqiy diskriminatsiyaga yo’l qo'yayotganlikda ayblaydi.

Vashingtonda asoslangan tashkilot BMTning irqiy kamsitilishga qarshi kurashuvchi qo’mitasiga 600 sahifadan iborat tahlilnoma taqdim etgan.

BMTga a’zo 173 davlat, tashkilotning Irqiy diskriminatsiyasiga qarshi kurashuvchi qo’mitasiga bu borada xalqaro konvensiyaga rioya qilayotganini isbotlovchi hisobot topshirib turadi.

1994 yilda qabul qilingan kelishuvni AQSh ham ratifikatsiya qilgan. Mamlakat inson huquqlari va diskiminatsiya masalasida ikkinchi bor taftish qilinmoqda.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi 250 dan ziyod tashkilotlar nazarida AQSh konvensiyani buzib kelmoqda.  

“E’tirozlar asosan Katrina to’fonidan keyingi vaziyat bilan bog’liq”, - deydi BMT vakili Ajami Baraka. “To’fondan asosan qo’ra tanlilar jabr ko’rgan. Politsiya ularga zo’ravonlik qilgan. Odamlar uy-joysiz qolib juda qiynalgan. Ularga o’z vaqtida ko’mak bermagan hukumat rasmiylari javobgarlikka tutilmagan”.

AQSh Davlat departamenti vakili Robert Xarris muammolar yo’q emas, ammo AQShda bugun irqiy kamsitish avj olgan deyish noto’g’ri deydi. 

“Bunda 50 yil oldin diskriminatsiya qanchalik kuchli bo’lganini bilish uchun AQSh tarixini yaxshi bilishingiz shart emas. Bu illatga qarshi qattiq kurash olib borilgan. Bugun ahvol a’lo darajada demoqchi emasmiz, lekin ancha yaxshi”, - deydi janob Xarris.  

AQSh rasmiysi nazarida 2001 yilning 11 sentyabr voqealaridan so’ng politsiya terrorizm xavfi bahonasida fuqarolarni kamsitgan yoki ularga nisbatan kuch ishlatgan bo’lishi mumkin.

Dunyoda irqiy tenglikni targ’ib qiluvchi AQSh burnining tagida bo’layotgan voqealarga ko’z yumayotgani yo’q. Muammoni tan oladi va unga qarshi chora ko’rib kelmoqda, deydi AQSh Davlat departamenti vakili Robert Xarris.

“Beparvolik deyish mumkin biroq hukumat to’fon jabrdiydalarini irqiy kamsitmagan”, - deydi rasmiy. 

BMTning 18 a’zolik hay’ati AQSh rasmiylarini ayblovlar yuzasidan so’roqqa tutmoqda. Rasmiy Vashington tanqidlarga qarshi munosabat bildirdi. AQSh 1969 yilda BMT tomonidan qabul qilingan, "Har qanday turdagi irqiy diskriminatsiyani bartaraf etish" konvensiyaga sodiqir, deyiladi Amerika delegatsiyasi bayonotida.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi