Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh elchixonasi viza masalasiga oydinlik kiritdi


24/02/2008
Lavhani tinglang - Download (MP3) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (MP3) audio clip

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi

AQShning O`zbekistondagi elchixonasida viza masalalariga doir o`tgan uchrashuvda konsullik ish tartibidagi yangiliklar, viza olish masalasi bilan bog`liq vaziyat muhokama qilingan.

AQSh konsulining aytishicha, har yili minglab o`zbekistonliklar viza oladi, qaysi holatlarda rad javobini berish esa alohida masala.

Unversitet talabalariga yozgi ta’til davrida AQShda ishlab kelish imkoniyatini beruvchi dastur mart oyida ishga tushishi mumkin.

Bu dastur bo`yicha viza olishga muvaffaq bo`lgan yoshlarga asosan sayyohlik yoki shunga yaqin sohalarda vaqtinchalik ishlash tavsiya etiladi.

AQSh konsuli janob Rafael Perezning so’zlariga qaraganda, o`tgan yil talalabalar uchun mo`ljallangan yozgi ish dasturi bo`yicha 150 ka yaqin talaba AQSh bo`lib qaytgan.

“Bu dasturda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish vaqti bahorning boshiga to’g’ri keladi. Dasturga doir qo`shimcha axborotni keyinchalik ma`lum qilamiz”, - deydi Rafael Perez.

AQSh elchixonasi 2008 yildan boshlab konsulllik xizmatida joriy etilgan yangiliklar haqida ma`lumot berdi.

Jumladan, konsullik xizmati yanvardan boshlab kompyuterlashgan yangi tizim bo`yicha xizmat ko`rsatishga o`tgan.

Viza uchun murojaat qiluvchilar internet orqali konsul bilan suhbatni oldindan belgilashi mumkin.   

“Hozirgacha bo`lgan tajribaga ko`ra, yangi tizim joriy etilishi viza uchun murojaat qiluvchilarga ma`qul bo`lgan. Ularda suhbat uchun qaysi kunni tanlash imkoniyati bo`ladi”, - deydi konsul Rafael Perez.

2008 yildan konsullik xizmati uchun to`lovlar oshgani ham ta`kidlab o`tildi. Konsullik xizmati uchun avvalgi 100 dollar to`lov 131 dollarga ko`tarilgan.

Bu haq dunyodagi barcha AQSh konsulliklarida tadbiq etilgan.

AQSh vizasini olish o`zbekistonliklar uchun o’ta murakkam jarayonligicha qolmoqda. Jurnalistlar AQShga sayohat qilish uchun viza olishi o`ta qiyin ekanini ta’kidlamoqda.

Konsullik bo`limi statistik ma`lumotlar haqidagi savolga aniq raqamlar keltirmaydi. Faqat o`tgan yil hisobida mingdan oshiq odamga viza berilganini ta`kidlaydi.

Janob Rafael Perezning aytishicha, viza berish jarayoni O`zbekiston va AQSh o`rtasida munosabatlar sovushiga bog’liq emas. O`zbekiston hukumati konsullik ishiga ta`sir eta olmaydi, faqat ikki tomonlama munosabatlarda qayd etilgan ayrim holatlar bundan mustasno.

Masalan, avval AQSh vizasi 4 yillik muddatga berilgan, hozir bu muddat bir yilni tashkil etadi.

Konsulning so’zlariga ko`ra, O`zbekiston tomonidan viza berish muddati bir yilga tushirilgach, AQSh ham xuddi shunday yo`l tutgan.

Keyingi paytda mustaqil tarzda AQSh universitetlariga o`qishga kirgan talabalarga konsullik tomonidan rad javobi berilayotgani haqida ma`lumotlar ko`paymoqda.

“Talaba AQSh unversitetiga o`qishga kirgan tadqdirda ham viza berilmagan holatlarni rad eta olmayman. Lekin bu faqat ayrim holatlarda ro’y bermoqda. Masala, ta`kidlanganidek, har bir kishiga bo`lgan individual yondashuv bilan bog`liq. Haqiqatda esa tlabalar uchun muntazam ravishda viza berib kelinadi”, - deydi AQSh konsullik xizmati vakili janob O`Xara.   

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi

  Boshqa xabarlar
Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi
Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?
Qozog'iston: 300 tonna yadroviy yonilg'i boshqa joyga ko'chiriladi
Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
AQSh qonunchilari Xitoy hukumatini huquq bobida siquvga olmoqda
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda