Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Amerikada musulmonlar demokrat nomzodga xayrixoh

27/02/2008

Amerikada musulmon aholi bu yilgi prezident saylovlarida demokrat nomzodga ovoz berishi mumkin. Ommaviy so’rovlar natijasidan shundan dalolat bermoqda.

Arab-amerikaliklarning 80 foizga yaqini Jorj Bush siyosatidan norozi, deydi tadqiqotchi Jon Zogbi.

“Asosiy sabab prezident Bushning Iroqdagi urushi va Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatidan qoniqmaslik. Ikkinchidan fuqarolar hatti-harakati va telefon aloqalarini zimdan kuzatilishi”, - deydi Jon Zogbi, omma fikrini o’rganuvchi markaz rahbari. 

Xususan arab aholi demokrat va respublikachilarni birdek quvvatlab kelar edi. 2000 yilda ko’pchilik Jorj Bushga ovoz bergan bo’lsa, bu safar ularning aksariyati demokrat senator Barak Obamani quvvatlamoqda. 

“Obama odamlarni o’ziga ergashtira olmoqda. Uning ko’p tomonlama tashqi siyosat taklif etayotgani ham musulmonlarga ancha ma’qul”, - deydi Jon Zogbi. 

Musulmonlar ovoz berishda iqtisodiyot, immigratsiya va sog’liqni saqlash masalalariga ham e’tibor beradi. 

Hozirda Amerikada qariyb 1.2 million arab amerikalik saylovchi sifatida ro’yxatdan o’tgan.

Pennsilvaniya, Ogayo, Nyu Jersi va Florida shtatlarida musulmonlar saylov natijasiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Nyu -York va Kaliforniyada ham  musulmon saylovchilar katta sonni tashkil etadi. 

Amerika- Islom Aloqalari Kengashi hisobicha mamlakatda yashovchi musulmonlarning 49 foizi Demokratik Partiya tarafdori. Respublikachi musulmonlar esa bugungi kunda atigi sakkiz foizdan iborat.

Faollar nazarida dunyo bo’ylab AQSh siyosatidan norozilik, mamlakatning o’zida esa islomofobiya illatining avj olishi va musulmonlar huquqining poy-mol etilishi ko’pchilikning g’azabini keltirgan. 

Amerika-Islom Aloqalari Kengashi rahbari Nihad Avaz fikricha nafaqat musulmon arablar, balki nasroniylari ham Bushga qarshi chiqmoqda.

“Nasroniy arablar ham Amerikada islom dinining qoralanishiga qarshi bosh ko’tarmoqda. Amaldagi siyosatdan norozilik, qarangki, odamlarni diniy birdamlikka, ijtimoiy integratsiyaga chorlamoqda”, -  deydi musulmon faol.

Amerikada bugun yetti millionga yaqin musulmon yashaydi. Ko’pi janubiy osiyolik muhojirlar va ularning AQShda voyaga yetayotgan farzandlari. Ularga o’zgaruvchan saylovchilar deb qarashadi. Sabab ularning ko’pchiligi partiyaga emas, siyosiy o’zgarish va takliflarga qarab ovoz beradi.

Qora tanli musulmonlar jamoaning choragini tashkil etadi. Ular azaldan  Demokratik partiyani quvvatlab kelgan. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi

  Boshqa xabarlar
Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi
Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?
Qozog'iston: 300 tonna yadroviy yonilg'i boshqa joyga ko'chiriladi
Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
AQSh qonunchilari Xitoy hukumatini huquq bobida siquvga olmoqda
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda