Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Yangi avlod robotlari odamlardan qolishmaydi


29/02/2008

Robot dancing
Ayrim robotlar gapiradi, raqsga tushadi. Ish buyursangiz bajaradi. Hatto sizni mazax ham qiladi. 

Robotlar ilgari kelajak kashfiyoti, fantastika qahramonlari sifatida qaralardi. Lekin olimlarning aytishicha, bugunga kelib robotlar hayotimizning bir qismi. Maktab, uy va ishxonalardagi texnik vositalar sifatida.

Ayrim robotlar gapiradi, raqsga tushadi. Ish buyursangiz bajaradi. Hatto sizni mazax ham qiladi. 

Yangi zamon robotlari hozirda Yaponiyaning Tokio, AQShning Los Anjeles shaharlarida kashf etilmoqda. Ayrimlaridan hatto amaliyotda ham qo’llanilmoqda. Aksariyati o’yinchoqlar.

Biroq orasida inson fe’l-atvoriga moslangani ham bor. Xonda kompaniyasi ishlab chiqargan robotlar xatto raqsga tusha oladi.

Einstein robot
Eynshteyn qiyofasidagi, musiqa chala oladigan robot
Balki siz raqsga tushish uchun ko’rkamroq, inson qiyofasiga yaqinroq robotlarni xush ko’rarsiz. Eynshteyn shahridagi Sinay shifoxonasi doktori Aleks Gandsasga ko’maklashmoqda. 

Massachusets “AQShda pensionerlar soni kun sayin ko’payar ekan, biz shunday robotlar yarataylik-ki, ular ana shu qariyalari hayotini yengillashtirsin, uy yumushlariga yordam bersin”.

Kori Kidd ozishni o’rgatadigan robot kashfiyotchisi. 

“Kuz ismli robot vazn bo’yicha murabbiy. Sizga qancha yeb, qancha mashq qilish kerakligini aytadi”.  

“Juda interaktiv. Xuddi insondek. Axborot kiritishim bilan javob qaytardi. Ovqatlanish rejimimni bir maromga sola oldim”, - deydi robot yordamidan foydalanayotgan bemorlar.

Robot sanoatida jiddiy o’zgarish va taraqqiyot kuzatilmoqda. Robotlarga talab kuchayar ekan, ularning sifati oshib, turlari ham ko’paymoqda.  Yuksak robotlar davri mana endi boshlanadi deydi ularni kashf qilish bilan band olimlar.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?