Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Chingiz Aytmatov Nobel mukofotiga tavsiya etildi


02/03/2008

Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi taniqli adib Chingiz Aymatovni adabiyot bo`yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida tavsiya etgan.

Aytmatov asarlari dunyoning 100 dan ortiq tillariga tarjima qilingan.  Ayniqsa, u yaratgan manqurt obrazi totalitar tuzum davrida milliy uyg`onish ramzi sifatida qabul qilingan. 

Aytmatovning Nobel mukofotiga tavsiya etilishi o`zbek adiblari tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

O’zbekiston Xalq shoiri Shukrulloning aytishicha, Chingiz Aytmatov Nobel mukofotini olishi kerak bo`lgan, dunyo miqyosidagi yozuvchilardan biri.

“Agar mukofot inson manfaatiga xizmat qiluvchi asarlar uchun beriladigan bo`lsa, sovet davridayoq Chingizga bu mukofot berilishi kerak edi. Chingizning bitta Manqurt obrazini yaratishi umuminsoniy manfaatga xizmat qiladigan ish. Chingiz buyuk talant, axloqan pok, buyuk yozuvchi. Unga Nobel mukofoti berilsa, hech kimda qaysi asari uchun olibdi degan savol tug’ilmaydi, balki endi olibdimi, allaqachon olishi kerak edi deyishi mumkin. U bittagina hayratlanarli asar yozgan emas, uning barcha asarlari  xalq, insoniyat uchun yangilik aytgan. Sovet davrida ham erksiz xalqning dardini aytgan yozuvchi. Agar adabiyot xalqqa, insonga xizmat qiladigan bo`lsa, o`z asarlari bilan Chingizdan ko`ra ko`proq xizmat qilgan yozuvchini topa olmayman. Baraka topishsin, men xursandman. O`zbeklar, qirg`izlar ham shunday qilishi kerak edi”, - deydi O`zbekiston Xalq shoiri Shukrullo.

O`zbekiston Xaql yozuvchisi Odil Yoqubovning aytishicha, Aytmatov mukofotga munosib yozuvchi. Uning nomzodi avval ham tavsiya etilgan, bu borada mulohaza qilingani ma`qul.

“Bersa yaxshi bo`lardi, lekin bermadi-ku. Men albatta arziydi deb o`ylayman, ammo bo`lmagan ishni qayta-qayta nima keragi bor… Tolstoy ham olmagan-ku. “Hojimurod” kabi o`lmas asar muallifi. Hojimurod o`lganda Tolstoyning o`zi ham yig`lagan. Hech qanday mukofot olmadi o`rislarnikini ham, Nobelni ham”, - deydi O`zbekiston Xalq yozuvchisi Odil Yoqubov.

O`tgan yili adabiyot bo`yicha Nobel mukofotining turk yozuvchisi O`rxan Pamuqqa berilishi jiddiy munozaralar uyg`otdi.   

Nobel mukofoti tasischilari fikriga ko`ra, O`rxan Pamuq o`z asarida madaniyatlar o`rtasidagi muloqotni o`ziga xos ravishda aks ettrigani uchun mukofotga loyiq topilgan.

Biroq turkiy dunyo adabiy jamoatchiligining aksariyati Pamuq mukofotlanishini siyosiy qadam sifatida baholashdi.

O`rxan Pamuq Turkiyada armanlar genotsid qilingani haqida siyosiy bayonot bilan ham tanilgan.

Turkiya armanlar qatliomini rad etadi, biroq dunyoning ayrim davlatlari tomonidan genotsid mavjudligi tan olingan. Mazkur masala bahstalabligicha qolmoqda.

Shoir Yo`ldosh Eshbek:

“Jahon fuqarosi sifatida mukofot berilishidan qattiq noroziman. Sababi, bu mukofot ko`pincha vatanni tark etganlarga beriladi. Ehtimol bu ham to`g’ridir, lekin badiiy degan so`z bor, ya’ni mukofot badiiy  mahorat, yuksak saviya uchun berilishi kerak. Shu paytgacha turkiy xalqlar adabiyotiga berilmay kelgan edi. Lekin Nobel olgan bir turk yozuvchimiz bo`ldi(O`rxan Pamuq). Bundan ham xursandmiz, lekin buning ham murakkab tomonlari bor. Mukofot turkiy xalqlar manfaatini ko`zlagani uchun berildi deya olmayman. Nobel mukofoti a`zolari adolat ko`zi bilan qarashi jahon xalqlari orasida norozilik tug`dirmasligi kerak. Atymatov qo`yilgani yaxshi ish, jahon jamoatchiligi bu narsaga alaqachon e`tibor berishi kerak edi, u axir judda katta yozuvchi. Turkiy xalqlarga mukofot berilmadi deganim, allaqachon, Chingiz Aytmatov, O`ljas Sulaymon, Rauf Parfiga berilishi kerak edi. Albatta bu ularning o`zlarining ishi, bu mening fikrim”, - deydi  shoir Yo`ldosh Eshbek.

Yozuvchi Chingiz Atmatovning Nobel mukofotiga nomzod sifatida tavsiya etilishi Qozog`iston ziyolilari, adabiy jamoatchlik tomonidan ham qo`llab-quvvatlangani ta`kidlanmoqda.

Chingiz Aytmatov bu yil 80 yoshga to'ladi. Shu munosabat bilan Qirg'izistonda 2008 yil Chingiz Aytmatov yili deb e'lon qilingan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi