Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Amerikada ona bo'lish dekretga chiqish degani emas

04/03/2008

onalik

Amerikada ishlaydigan ayollar ona bo’lganida ko’pi bilan ikki oyga ta’tilga chiqadi. 

Istasa, ko’proq uyda o’tirishi mumkin, ammo maoshsiz.

Xususiy sektor, qolaversa mehnat bozorida  qaqobat kuchli ekan, ona bo’lish ko’p hollarda ishdan ayrilish demakdir.

Homiladorlikning sakkizinchi oyida ham ishlab yurgan ayollar bor. 

Farzand dunyoga kelgach, tezda yana xizmatga qaytadi. Aksariyat ayollar uchun bu murakkab, ammo tabiiy hol.   

Mutaxassislarning aytishicha bundan 40 yil oldin Amerikada homilador ayollarning yarmi uzoq ta'tilni ma'qul ko'rgan bo'lsa, bugun ularning qariyb uchdan ikki qismi oy kuni yaqinlashguncha xizmat joyini tark etmaydi.

“Uyda kutib o’tirgandan ko’ra, ishni davom ettirganim ma’qul”,- deydi sakkiz oylik homilador Loren Sveder. "To'lg'oq tutgunicha ishlamoqchiman".

Onalik
AQSh qonunlariga binoan 50 xodimga ega kompaniya onalarga ta’til berishi mumkin. Biroq ta’til paytida ularga maosh berish yoki bermaslikni korxona hal qiladi. Ba’zi yirik kompaniyalar ixtiyoriy ravishda onalarga yordam puli ajratadi.  

“Hukumat ishlayotgan homilador ayollar huquqini himoya qilish yo’llarini qidirar ekan, bo’lg’usi onalarga ishini davom ettirish imkoniyati berilyapti”, - deydi  Kerol Evans, kasbli ayollarga mo’ljallangan jurnal muharriri.

“Masalaning iqtisodiy tomoni ham bor. Bugun oila byudjetining katta qismi ishlayotgan onalar gardanida”.  

Amerikada o’tgan asrning 80-yillarigacha ona bo’lish 1 yillik ta’til degani edi.

Bugun esa ularning aksariyati enaga topilishi bilanoq ishga qaytadi. Ishxonalarda emizikli ayollarga yordam berish uchun enagalar yollanadi yoki bolalar bog’chalari bor. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga sanksiyalari qisman amalda qoladi

  Boshqa xabarlar
AQShda saylovlar oldidan Internet eng qudratli axborot vositasi
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
Tahlilchilar AQSh musulmonlar bilan ko'proq aloqa qilsin deydi
Ko'hna Xivada mennonitlar tarixiga oid ko'rgazma ochiladi
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
AQShning Shimoliy Koreya talabini qondirishi tanqid ostida
Davlatlar moliyaviy inqirozni hamkorlikda hal qilmoqchi
AQSh Shimoliy Koreyani qora ro'yxatdan chiqardi
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda