Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh urushdagi harbiylar ruhiyatidan qattiq xavotirda

05/03/2008

U.S. Army General George Casey

Jorj Keysi                             AQSh armiyasi generali 

AQSh armiyasi bosh qo’mondoni Iroq va Afg’onistonda xizmat qilayotgan askarlarning jismoniy va ruhiy ahvolidan xavotirda.

"Jang maydonida uzoq xizmat qilish",- deydi general Jorj Keysi, "harbiylar salomatligiga salbiy ta’sir qilishi turgan gap. Qurolli kuchlarga yaxshiroq g’amxo’rlik qilish kerak". 

Bir askarning urushda, jumladan Iroq yoki Afg’onistonda  bir yildan ortiq xizmat qilishi nafaqat unga, balki butun armiyaga og’ir tushadi. Chunki harbiyning madori quriydi – ham ruhiy, ham jismoniy.

"Askarlarimizga qarab, ularning naqadar charchaganini ko’rayapmiz. Mudofaa vaziri va men bunga har kuni guvohmiz. Bu holat bizni qattiq tashvishga solayapti. Masalaga yechim topmasak bo’lmaydi",- deydi general.

AQSh Senatining Qurolli kuchlar bo’yicha qo’mitasi oldida hisobot berarkan, general Keysi urushda xizmat qilish muddatini hozirgi 15 oydan 12 oyga tushirish kerak dedi.

US soldiers patrol the streets in Baghdad's suburb of Abu Gharib (File)
AQSh askarlari orasida o'z joniga qasd qilish hollari ko'paygan
"Askar uyga qaytgach kamida bir yil dam olsin",- deydi qo’mondon. "Hordiq chiqarmasa, harbiyni urushga qaytarishdan foyda yo’q".

Lekin Iroq va Afg’onistonda jangarilar bilan to’qnashuvlar davom etarkan, qo’shin sonini kamaytirish nozik masala. 

Haqiqat shuki qon va qalqon harbiy ruhiyatini buzadi. Natijada ular oilaviy hayotda ham qiynaladi. Armiyada ahloq va tartib talabga javob bermaydi. Askarlar orasida o’z joniga qasd qilish hollari ko’paygan. 

AQSh Armiya vaziri Pit Geren "bundan hayron emasmiz" deydi. Harbiylar salomatligi ustida qayg’urish hukumatning oliy vazifasi. Askarlar vatanga qaytgach, ularga yordam berish lozim.

"O’z-o’zini o’ldirish hollari deysizmi, oilalarning buzilishi, ajrashish…  Ayniqsa ayollar oilada qiynalmoqda. Biz urush faxriylariga qator qulayliklar yaratyapmiz. Ular sog’lig’ini saqlash uchun zarur choralar ko’rayapmiz. Harbiylar ruhiyati biz uchun o’ta muhim masala. Askarlar orasida ruhiy kasalliklardan azob chekayotganlar yordam so’rab kelmoqda. Biz buni tushunamiz",- deydi admiral Geren.

Armiya vaziri Kongressga “harbiylar salomat bo’lsin desangiz, mudofaa byudjetini oshiring”, - deydi. Kelasi yil uchun 141 milliard dollar so’ramoqda.

Shu yilning iyul oyiga borib AQShning Iroqda 140 ming, Afg’onistonda esa 32 ming qo’shini qoladi. Harbiylar sonini kamaytirish uchun, deydi rahbariyat, har ikki mamlakatda xavfsizlik sezilarli darajada mustahkamlanishi lozim.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?