Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Amerikada e'tiqod siyosiy munosabatni belgilaydi

06/03/2008

Amerikadek din va davlat bir-biridan ajratilgan mamlakatda e'tiqod turlari ko’p, lekin toat-ibodatga berilgan insonlar ko’pchilikni tashkil etmaydi.

Yaqinda Amerika bo’ylab 35 ming kishi sotsiologlar bilan uzoq suhbatda bo’ldi. Ularga "Din siz uchun nima"? "Xudoga ishonasizmi"? degan savollar berildi.

Javoblarga asoslanib shuni aytish mumkinki, bu jamiyatda din va xudo tushunchalari o’zgargan. AQShda xilma-xil e’tiqodlarga guvoh bo’lasiz, ammo aksariyat insonlar o’zini dindor deb bilmaydi. Grigoriy Smit tadqiqotga rahbarlik qildi.   

"Amerikaliklarning 40 foizi, voyaga yetgach, boshqa bir dinga kirgan. O’zini iymonli deb biladi… Lekin o’zini biror yirik din bilan bog’lamaydi. Sabab nimada degan savol tug’iladi? Diniy birlashmalar odamlarga yoqmay qolgan”,- deydi Smit.

Amerikaliklarning 16 foizi biror dinga aloqador emas. Lekin bu ular e’tiqodsiz degani emas. AQShda xudoga ishonmaydiganlar yoki xudo bor-yo’qligini hech kim bilmaydi deydiganlar juda kam.

Rim Papasi, katolik dunyosi rahbari, Benedikt XVI shu kunlarda AQShga tashrif buyuradi. Qiziq bir davrda, deydi Grigoriy Smit. Amerikada katolitsizmga munosabat o’zgargan.

"Bugungi Amerikaning 10 foizi sobiq katoliklar. Qiziq bir o’zgarish ko’zga tashlanadi. Katolik jamoasini qancha ko’p odam tark etmasin, katoliklar soni bu mamlakatda hamon 25 foizni tashkil etmoqda. Demak katoliklar ko’payishda davom etyapti”,- deydi tadqiqotchi.

Buning asosiy sababi, deydi Smit, Qo’shma Shtatlarda lotin amerikaliklarning ko’payib borayotgani. Ularning aksariyati katolik. Shuningdek, musulmonlar soni ham ortmoqda.

"AQShda musulmonlarning uchdan ikki qismi muhojirlar, qolgani esa shu zaminda tug’ilgan odamlar". 

Tadqiqotlar shundan darak bermoqdaki, e’tiqod, diniy qarash va ahloq insonning siyosiy va ijtimoiy fikriga chuqur ta’sir qiladi. Amerika diniy jihatdan o’zgarib borarkan, bu xalqning siyosiy qarashlari ham yangilanib bormoqda. 

Stiven Veyn, Vashingtondagi nufuzli Jorjtaun Universiteti professori fikricha: 

"Agar AQShda kimningdir qaysi siyosiy partiya uchun ovoz berishini bilmoqchi bo’lsangiz,  u odamdan siz katolikmisiz, protestant yoki yahudiy deb so’ramagan bo’lardim. Ibodat qilasizmi, diniy marosimlarga qatnaysizmi deb so’rash kerak. Ha, desak, demak bu fuqaro respublikachilariga ovoz beradi. Yo’q desa, demak, u demokratik partiyani ma’qul ko’radi". 

Shu tariqa, deydi professor, Amerikada diniy konservatizm siyosiy konservatizm bilan yonma-yon qadam tashlamoqda. Odamlarning dini nima bo’lishidan qat’iy nazar - nasroniy, musulmon, yahudiy yoki boshqa o’nlab mayda din vakillari. Gap dinda emas, insonning naqadar dindor ekanida.    

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?