Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh mahbuslar soni bo'yicha dunyoda yetakchi davlatlardan

09/03/2008

AQShning Pyu tadqiqot markazi berayotgan ma’lumotlarga ko’ra, ayni damda 2.3 million kishi qamoqda. O’tgan yilgi sondan 25 mingga ko’p. 

Jamiyat xavfsizligi bo’yicha izlanadigan olim Adam Gelb fikricha bu xavotirli ahvol. Hatto, 1970-yillarda, jinoyat ko’mali oshgan paytlarda, bu kabi ko’p odam qamalmagan. 

“Mahbuslar sonining ortishi”,- deydi mutaxassis, “Amerikada jinoyat ko’rsatkichi oshmoqda degani emas. Sabablardan biri jazo turlarining og’irlashayotganida. Ozodlikka chiqish shartlari qiyinlashgan”.

AQSh mahbuslar soni bo’yicha dunyoda yetakchi davlatlardan. 

Ikkinchi o’rinda Xitoy, deydi Adam Gelb.

“Shtatma-shtat qarasak,  Florida, Jorjiya, Alabama, Mississippi, Luiziana va Texas qamoqxonalari mahbuslar bilan to’la ekanini ko’rasiz”. 

Bu esa shtatlar cho’ntagiga qimmatga tushmoqda. Mahbuslarni boqish, kiyintirish, o’qitish va kasb o’rgatish kerak hamda ularning sog’lig’iga qarash lozim.

O’tgan yilda jazo o’tash va ahloq tuzatish kolonniyalari uchun 49 milliard dollardan ziyod mablag’ sarflangan. Masalan Vermont, Michigan, Oregon, Konnektikut va Delaver shtatlari ta’lim sohasiga qaraganda qamoqxonalarga ko’proq pul ajratadi. 

Narxlar oshgani sabab mahalliy qonunchilar turli strategiyalar ustida bosh qotirmoqda.

Masalan Texasda yengil jinoyatlar sodir etganlar yoki giyohvandlar qamoqqa mahkum etilmay joylarda ahloq tuzatish dasturlari va davo markazlariga jo’natiladi. Bu bilan millionlab dollar tejalmoqda.  

Huquqshunos professor Pol Kasel “pul tejayman” deb aholi xavfsizligini garovga qo’yib bo’lmaydi deydi.

“Qamoqxonalarni bo’shataman deb jinoyatchilarni qamoqqa tashlamaslik muammo yechimi emas, aksincha jinoyatni avj olishiga olib keladi”,- deydi u.

Lekin huquqshunos so’nggi 20 yil ichida Amerikada jinoyatchilik 25 foizga kamayganini tan oladi. Buning sababi, deydi ayrim rasmiylar, jinoyatchilikka qarshi ko’rilayotgan keskin choralar, jumladan ularga uzoq yillik qamoq jazosi belgilanishi va insonlarni qayta tarbiyalash.

Bu siyosat tanqidchilari fikricha qamoqxonalarga ketayotgan milliardlab dollar jamoat xavfsizligini mustahkamlashga yo’naltirilsa balki jinoyat ham, qamalayotganlar soni ham pasayadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi

  Boshqa xabarlar
BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda
Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi
Tanishing: Sara Peylin, AQShning ehtimoliy vitse-prezidenti
Eron yoshi yetmagan insonlarni qatl etganlikda ayblanmoqda
Putin Rossiyaning O'zbekistondagi pozitsiyasini mahkamladi
AQShda minglab musulmonlar ro'za tutmoqda
Dik Cheyni Tbilisiga 1 milliard dollarlik yordam paketi yetkazadi
G'arb va Rossiya orasida so'z urushi avjida
Makkeyn va Peylin: Oq Uy "bizniki" bo'ladi
Karimov: Putin ishonchli do'st, Rossiya esa munosib hamkor
Gruziya va Rossiya kassetali bombalar ishlatgan
AQShda vitse-prezidentlikka nomzod atrofida mashmashalar
Amnistiya siyosiy mahbuslarni chetlab o'tishi mumkin
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga sanksiya qo'ymadi, Kreml "mamnun"
Qarz qaytarildi, lekin Tojikistonda elektr toki yo'q
O'zbekiston-Rossiya aloqalarida burilish kutilmoqda
Yevropa davlatlari Rossiya yuzasidan bir fikrda emas
Sharhlovchilar: O'zbekiston xalqiga mustaqillik hissi hamon begona
Makkeyn va Obama Markaziy Osiyo haqida nima biladi?