Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh Qozog'istonda demokratiyaga umid bog'lagan


10/03/2008

Qozog’istonning 2010 yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilishini quvvatlagan AQSh bugun uning Bosh vaziri Karim Massimovni kutib olishi kerak edi. Tashrif noma’lum sabablarga ko’ra qoldirilgan.

2006 yilda Nursulton Nazarboyevni AQSh juda iliq kutilgan olgan va katta sarmoya va'da qilgan

2006 yilda Nursulton Nazarboyevni AQSh juda iliq kutilgan olgan va katta sarmoya va'da qilgan                       Suratda: Nazarboyev sobiq prezident Jorj Bushning dala hovlisida, Meyn shtati, 2006

Vitse-prezident Dik Cheyni, Davlat kotibasi Kondoliza Rays, Energetika vaziri Samuel Bodman, Savdo vaziri Karlos Gutierrez, Jahon Banki prezidenti Robert Zellik va boshqa rasmiylar Qozog’iston bosh vaziri bilan muloqot qilish istagida ekanini bildirgan.

Iqtisodiy hamkorlik avj olayotgan bir paytda, AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati, davlat kotibi muovini Richard Baucher (Richard Boucher) "Qozog’iston jamiyati demokratiya tomon ildamroq qadam tashlamasa, bugungi taraqqiyot uzoqqa bormaydi",- demoqda.  

Baucherning qayd etishicha Qozog’iston saylov jarayonini va bu boradagi qonunlarni erkinlashtirishga, oshkoralik va fuqaro huquqlarini ta’minlashga xalqaro hamjamiyat oldida va’da bergan.

Masimov
Qozog'iston Bosh vaziri Karim Massimov
“Qozog’iston (Tashqi ishlar vazirligi) Madridda o’tgan uchrashuvda mamlakat islohot yo’lidan ketadi degan. AQSh bu borada Qozog’iston bilan ko’p marta gaplashgan va Nursulton Nazarboyev hukumati G’arb undan qanday o’zgarishlar qilishni kutayotganini biladi”.

Qozog’iston muxolifati va inson huquqlari tashkilotlari nazarida AQSh Nazarboyevga ishonib, katta xato qilmoqda. Neft va biznes deb xalq hayoti garovga qo’yilmoqda deydi ular. Oppozitsion partiyalar nigohida  amaldagi hukumat demokratik qadam tashlashdan qo’rqadi, chunki bu bilan o’z ildiziga bolta urayotgandek bo’ladi. Amerika rasmiylari Qozog’iston muxolifati bilan gaplashib turadi.

“Biz muxolifatga Qozog’istonda demokratiya istiqboli hamma uchun muhim deb aytganmiz. Gap faqat Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilishda emas. Raislik o’tadi ketadi. Qozog’istonda saylovlar vaqti keladi. Mamlakat qanchalik erkinlashganini o’sha saylovlarda ko’ramiz”.   

Richard Baucher AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati
Richard Baucher AQShning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati

Amerika rasmiylarining ta’kidlashicha, Qozog’iston neft sanoati AQSh sarmoyasi evaziga rivojlanmoqda.

“Yaqinda Qashag’andagi buloq ishga tushirilishi yuzasidan chiqqan kelishmovchilik”, - deydi Baucher, “muzokaralar orqali yechim topdi. Rasmiy Ostona chet el bilan imzolangan bitimlarga rioya qilsa, sarmoya oqimi tinmaydi”. 

“Amerika kompaniyalari uchun Qozog’istonda imkoniyat katta, nafaqat neft va gaz sanoatida, balki muhandislik, elektr energiyasi va qishloq xo’jaligida”. 

AQSh Qozog’istonga korrupsiyaga qarshi kurash, ta’lim va tibbiyot hamda xususiy sektor va hukumat o’rtasida mas’uliyatli munosabatni yo’lga qo’yishda yordam bermoqchi.

Ish AQShda asoslangan nohukumat tashkilotlarga yuklanadi. Rasmiy Vashington Nursulton Nazarboyev ular faoliyati uchun sharoit yaratadi degan umidda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available