Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston-Turkmaniston aloqalarida yangi bir sahifa


10/03/2008

Berdimuhammedov
Qurbonguli Berdimuhammedov                 10 mart 2008, Toshkent
Turkmaniston prezidenti Qurbonguli Berdimuhammedov O`zbekistonga tashrif buyurgan. 

Har ikki davlat rasmiylari nazarida Turkmaniston-O`zbekiston aloqalarining yangi sahifasi ochilmoqda.

“Do’rmon” qarorgohida o`tgan muzokaralar yakunida Berdimuhammedov prezident Islom Karimov qo`shma bayonot, o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bitimini ratifikatsiya qilishga oid hujjat imzolagan.  Shuningdek, vazirliklar o`rtasida ham bir nechta bitimlarga qo’l qo’yilgan.

Sharhlovchi Komron Aliyev qardosh xalqlar o`rtasidagi ziddiyatli davr tugadi deydi.

“2000-yillar boshida Turkmanboshiga uyushtirilgan suiqasddan keyin aloqalar sovuq urush darajasiga kelgan edi. Berdumuhammedov davlat tepasiga kelgach, bu noxush munosabatlarni yaxshilashga imkoniyat tug`ildi. Berdimuhammedov davrida Turkmanistondagi o`zbeklarga nisbatan munosabat yaxshilanadi, o`zbek maktablari qayta ochiladi va O’zbekiston fuqarolaridan viza olish haqlari bekor qilinadi yoki kamaytiriladi degan umid bor”, - deydi Aliyev.

Tahlilchilarga ko`ra aloqalar rivojiga nafaqat Turkmanistonda davlat rahbari o`zgarishi, balki energetik resurslar borasidagi loyihalar ham turtki bo`lmoqda.

Turkmaniston gazini hozirgacha Rossiya sotib oladi va Yevropaga bir qadar yuqori narxlarda sotadi. Turkmaniston Xitoy bilan, shuningdek Rossiya va Qozog`iston ishtirokida gaz yo`nalishlarini kengaytirish bo`yicha shartnoma imzolagan. Bu loyihalarda O`zbekiston ishtiroki ham nazarda tutilgan.

Karimov-Berdumuhammedov

Karimov va Berdimuhammedov 10 mart, 2008 Toshkent                       

“Rossiya Turkmaniston gazini 100 foizini o`zidan o`tqazadi. Yevropaga uzatilayotgan gaz yo`llarini ham nazorat qiladi",- deydi Komron Aliyev.

"Turkmaniston gazni faqat Rossiyaga sotib yiliga bir milliard dollar atrofida zarar ko`radi. Yevropa esa bu gazning har ming kubometrini 300 dollardan olishga ham rozi bo`lib turibdi”.

Siyosiy faol Abdurahmon Tashanov fikricha Turkmaniston bugun siyosiy-iqtisodiy jihatdan G’arb tomon yo’nalmoqda.

“O`zbekistonda ham keyingi paytda oz bo`lsada Rossiyadan uzoqlashish harakati kuzatiladi. Energetik resurslar xaridori agar G`arb  dunyosi bo`ladigan bo`lsa, O`zbekiston va Turkmaniston bir-biriga yaqinlashishga majbur”, -  deydi Tashanov.

Berdimuhammedov tashrifining ikkinchi kunini Samarqandda o`tkazadi. Turkmaniston prezidenti qadimiy yodgorliklar ziyoratidan tashqari Samarqanddagi “Samko`chavto” zavodida ham bo`ladi.

Turkmaniston bu zavod mahsulotlariga qiziqish bildirgan va buyurtma berishi mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti