Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Dunyo neft buloqlari qurib bormoqda


12/03/2008

Daniel Plainview's oil wells burn incessantly on the arid California hills in early 20th century America

Neft narxining ko’tarilishi, unga bo’lgan ehtiyojning oshib borayotgani dunyo bo’ylab xavotir uyg’otmoqda.

Ko’pchilik qora oltin zaxiralari qachongacha yetadi deya o’ylanib qolgan. Ayrim mutaxassislar nazarida ona zamin bu quvvat manbaiga juda boy.

Amerikalik geolog King Xubbert 1956 yilda neft zahiralari bir kun kelib bitadi deya bashorat qilgan edi. Neft ishlab chiqarish eng yuqori cho’qqiga yetganda, buloqlar qurib bitadi degan edi olim. 

Xubbert nazariyasiga ishongan sanoatchilar fikricha yaqin o’n yilda neft ishlab chiqarish hajmi kamayadi.

Neft sanoatini uzoq yillardan beri yoritib kelayotgan journalist Deyvid Strounning aytishicha, hali qora oltin ishlab chiqarish eng yuqoriga cho’qqiga yetgani yo’q. “Yana kamida 12 yil bor deydi u. Taxminan 2020 yildan boshlab zahiralar qurib boshlaydi”, - deydi u.

Mutaxassislar nazarida neft ishlab chiqaruvchi davlatlar narxlar oshishi evaziga boyib bormoqda. Mo’may daromad qilish maqsadida, dunyo bo’ylab o’sayotgan ehtiyojga qaramay, bu mamlakatlar ataylab neftni kamroq miqdorda bozorga chiqarmoqda.

Boshqalar nazarida esa narxning ko’tarilishiga dollar qiymatining tushib borayotgani sababchi.

Iqtisodchi Kennet Medlok fikricha gap neftga bo’lgan talabning oshib borayotganida. 

“So’nggi raqamlarga qarasak bir kunda 85 million barrelga yaqin neft ishlab chiqarilmoqda. Bu dunyoning hozirgi ishtahasini qondirmayapti. Natijada  narx oshmoqda. Buni bilgan davlatlar bozorga ozroq neft chiqarib, sun’iy tanqislik hosil qilyapti.”

Kimyoshunos olim Maykl Ekonomides neftdan hali-beri ayrilmaymiz deydi.

“Odamlar 1866 yildan beri neft zahiralari qurib bormoqda deb vahima ko’tarib keladi. Lekin dunyoning turli burchaklarida yangi neft buloqlari ochilayotganini unutib qo’yganmiz. Shunday ekan, xavotirga o’rin yo’q.”

Kimyoshunos firkicha neft qazuvchi texnologiyalar kun sayin takomillashib bormoqda. Bu sohada qilinayotgan ixtirolar neft zahiralarini ayashda  yordam beradi, deydi Maykl Ekonomides.

“Geologiyadagi texnologik kashfiyotlar AQSh neft zahiralarini yana 20 foizga kengaytirdi. Bundan 15 yil oldin 10 ta neft qudug’i topilsa bittasi ish berardi. Hozir esa har 10 quduqdan yettitasi samarali ishlashi mumkin.”

Geolog olim Erik Cheyni esa neft zahiralari qurib borarkan, jahon iqtisodiyoti va talabi ham shunga moshlashadi deydi.

“Talab insonni chuqurroq izlanishga, qattiqroq mehnat qilishga, taraqqiyotga yetaklaydi. Odamlar muqobil yonilg’i manbalari izlay boshlagan. Bu borada ulkan kashfiyotlar qilinmoqda”, - deydi Cheyni. 

Iqtisodchi olim Kennet Medlok esa yaqin kelajakda jahondagi siyosiy raqobatni aynan neft belgilaydi degan fikrda. 

“AQSh, Xitoy va Hindiston kabi eng yirik neft iste’molchilari energetika sohasi uchun milliardlab dollar ajratmoqda. Bu davlatlarning siyosiy qarorlari aynan neftga intilish bilan bog’liq”, - deydi Medlok.  

Mutaxassislar neft qurishini kutmay ko’mir, tabiiy gaz, etanol va quyosh nuridan quvvat olish yo’llarini rivojlantirishni maslahat bermoqda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi

  Boshqa xabarlar
Yirik banklar qisman davlat mulkiga aylanishi mumkin
AQSh Shimoliy Koreyani qora ro'yxatdan chiqardi
Katta Yettilik inqirozga qarshi birga kurashadi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
NATO Afg'onistonda qoradori savdosiga harbiy zarba berilishiga rozi
AQSh razvedka hisobotida Afg'onistondagi ahvol ayanchli baholanadi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
Belarusni Kreml ta'sir doirasidan chiqarish mumkinmi?
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Jahonda iqtisodiy o'sish sur'ati keskin pasayishi kutilmoqda
Tahlilchilar: MDHning Bishkekdagi sammitidan yangilik kutmang
Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokara qilmoqchi
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda
Makkeyn va Obama bir-birini layoqatsizlikda ayblamoqda