Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan


13/03/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (WHO) hisobotiga ko’ra, silning mavjud dorilar bilan davolab bo’lmaydigan kuchli turlari tarqalmoqda. Ayrim davlatlarda kasallikka e’tibor pastligi va iqtisodiy nochorlik tufayli ahvol yanada tang. Sil kasalligi tez yoyilayotgan mamlakatlar orasida O’zbekiston va Ukraina alohida qayd etiladi.

Dunyoda sil kasalligi, ya'ni tuberkulyoz har yili bir yarim million inson jonini oladi. Har yili bu xastalik to’qqiz million kishida aniqlanadi. Bemorlarning yarmi silning o’ta kuchli, hech bir dori ta’sir qilmaydigan, shifosiz turlariga chalinayotgani kuzatiladi. Vaholanki, yaqingacha silga davo bor deb qaralar edi.

Olimlar izlanishda davom etmoqda, ammo hozirgacha silning qaqshatqich turiga qarshi biror samarali vosita ishlab chiqilmagan. 

Doktor Mario Ravilione Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining sil masalasi bo’yicha bosh mutaxassisi.

"Silning eng og’ir – MDRTB degan turi 45 davlatda yuz minglab insonlar hayotiga tahdid solmoqda",- deydi u. 

sil
Tibbiyotchilar nazarida Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Latviya, Ukraina, Moldova va O’zbekiston - sil borasida tashvishlanarli jamiyatlar. Silning og’ir turlariga uchraganlarning 50 foizdan ortig’i shu davlatlarga to’g’ri keladi. O’zbekistonda 15 foizi.

Amerikalik yosh shifokor Jessika Adam yaqinda Qoraqalpog’istondan qaytdi. Nukus viloyatida Sog’liqni Saqlash vazirligi va Shveytsariyada asoslangan Chegara Bilmas Shifokorlar (MSF) tashkiloti hamkorligida bir yildan oshiq vaqt mobaynida sil bemorlarini davoladi. 

"U yerda sil tarqalish darajasini juda yuqori degan bo’lardim. Odamlar kasallik haqida yaxshi bilmaydi. Sil kasali insoniyatga qadimdan xuruj qilib kelayotgan xastalik. Shu bois, menimcha, odamlar silning oqibatlari yoki xavfi haqida unutib qo’ygan. Buning ustida sil asosan kambag’al aholi orasida uchraydi. Demak bu borada ko’p gapirilmaydi",- deydi Jessika Adam.

Jessika Adam sil kasaliga oshkora yondashish kerak deydi.

Jessica Adam
Shifokor Jessika Adam Qoraqalpog'istonda sil bemorlariga qaragan. Bu kasallikni yashirib bo'lmaydi deydi u.  
"Sil iflos, qashshoq odamlarga yuqadigan kasallik deb qabul qilinadi. Haqiqatda bunday emas. Odamlar o’z sha’nini himoya qilaman deb kasallikni berkitadi. Bu dahshatli oqibatlarga olib boradi. Sil o’z vaqtida aniqlansa, to’g’ri muolaja berilsa va qabul qilinsa, shifo topishi mumkin. Silning yengil turlariga qarshi dorilar juda ko’p".

Sil odatda inson o’pkasini ishdan chiqaradi, ammo boshqa organlarga ham zarar yetkazishi mumkin.

"Boshida shamolladim shekilli deb o’ylab, oradan ikki-uch hafta o’tib ham yo’talayotgan, issig’ingiz chiqayotgan bo’lsa, terlab, madoringiz qurib borayotgan bo’lsa, albatta shifokorga murojaat qiling",- deydi mutaxassis.

Silga, shifokorlarning tushuntirishicha, irsiy kasallik deb qarash noto’g’ri. Nafas yo’llari orqali yuqqani uchun har kim uning qurboniga aylanishi mumkin. Silni yashirish, deydi shifokor Jessika Adam, jamiyat hayotini xavf ostida qo’yish bilan barobar. 

Mutaxassislar to’g’ri ovqatlanish, jumladan yetarlicha suv ichish, toza meva va sabzavot yeyish ahamiyati haqida gapiradi.  Bemorlar ayniqsa to’yib ovqatlanishi, tabiiy jihatdan boy taomlar yeyishi kerak deydi.

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti kasallik xuruj berayotgan mamlakatlarda ko’rilayotgan choralarni qoniqarsiz deb baholaydi. Kasallik iqtisodiy nochorlik va yetishmovchilikka bog’lanadi.

AQSh Kongressi a’zosi Donald Peyn  AQSh yangi dorilar yaratish va ishlab chiqarishda jonbozlik ko’rsatishi va sil tarqalayotgan mamlakatlarga yordamni oshirishi kerak deb chiqmoqda. 

Ko’plab mamlakatlarda, xususan O’zbekistonda sil bemorlariga qaraydigan tibbiy xodimlar yetishmaydi.

"Muolaja boshlandimi, demak bemor uni oxirigacha olib borishi va shifokor nazoratida bo’lishi lozim. Ko’pchilik bemorlardan bunday imkoniyat yo’q",- deydi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti xodimi Mario Ravilione. 

"Muolajani kuzatuvchi tizim mavjud bo’lmasa, bemorning ahvoli voy. Bu nozik jarayon. Silga qarshi dori kamida olti oyga mo’ljallangan. Muolaja buzilsa,  zarur choralar ko’rilmasa, kasallik yangilanadi, avj oladi",- deydi shifokor.

Silning og’ir turlariga qarshi global kurash, Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga ko’ra, kamida besh milliard dollar talab qiladi.  

Har bir hukumat o’z xalqi salomatligi uchun javobgar. Sil singari xastaliklar aholi orasida tez tarqalayotgan bir paytda rahbariyat epidemiya bilan olishish usullarini kuchaytirishi, yetarli mablag’ ajratishi va tibbiy tizimni yaxshilashi, eng muhimi, kasallik haqida ommani ogoh qilishi va ehtiyotkorlik choralari ko’rilishi darkor. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi