Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQShda saylovlar: Nomzodni saylovchiga bepardoz ko'rsatma!

14/03/2008

mccain
AQShda prezident saylov kampaniyalari qizg'in pallada. Nomzodlar mahsulot kabi qadoqlanib saylovchiga taqdim etiladi. Bu siyosiy marketing. O'ta nozik va qaltis ish.

O'zini nomzod deb katta sahnaga chiqqan kishi ham nohukumat tashkilotlar, ham axborot vositalari tomonidan asta elakdan o'tkaziladi. Kim o'zi u, qayerdan chiqqan, oilaviy hayoti, hulq-atvori, xullas har bir tashlagan qadami tahlil ostida.

Amerikada targ'ibotning yaxshi-yomoni yo'q. Nomzodlar lavozimga saylanish uchun har narsaga tayyor.

Prezidentlikka nomzodlar saylovchilardan ularning obro’-hurmati, turli mavzularda tutgan pozitsiyasini hisobga olishni so’ramoqda. Buni siyosiy marketing deyishadi.

2007 yilning 10 fevralida demokrat senator Barak Obama prezidentlikka nomzod bo’lishini e’lon qilgan edi.

Obama

Illinois shtatida o’tgan bu marosim darhol saylov-oldi reklamaga aylantirildi.

Unda ishtirok etganlar, ommaning guldiros qarsaklari va hatto senator nutqidagi kichik xatolar – bu tasvirlar ataylab xalqqa namoyish etiladi. Nomzodni tanitish uchun.

Siyosiy tahlilchi Brayan Darling saylovchilarni ko’ndirish jarayonini tushuntiradi:

"Maqsad - nomzodni yoqimtoy qilib ko’rsatish toki saylovchilarga ma’qul bo’lsin, unga ovoz berishsin. Bundan tashqari, nomzodlar keng ommani qiziqtirgan mavzularda gapirishi kerak. Ularning e’tiborini jalb qila olish juda muhim".

Mavzularni saylovchilarga shunday yetkazingki, ular darhol eslab qolsin, deydi axborot vositalari bo’yicha mutaxassis Piter Fenn.

"Nomzod fikrlarini juda aniq, ravshan, sof va oson qilib tushuntirishi talab qilinadi. Saylovchilarning qulog’ida bo’lsin, raqiblaridan farq qilsin, kuchli va afzal tomonlarini ko’rsatsin. Eng muhimi – qayta-qayta takrorlash".

Hillary Clinton
Nomzodni reklama qilish maqsadida, strateglar mana-man deb ko’zga tashlanib turadigan gaplar va shiorlar bilan chiqadi. Saylovchilar bu qisqa va lo’nda shiorlarni mashinasiga ham yopishtirib qo’yishi mumkin. 

Sobiq prezident Bill Klinton “Eeee, ahmoq, iqtisod bu” degan izohi bilan tanilgan edi. Hozirgi prezidentning otasi, sobiq prezident Jorj Bush “Miyaga quyib oling – soliqlar oshirilmaydi”,- deb tanilgan edi. 

Bu yil prezidentlikka nomzod Barak Obama esa “O’zgarishlar davri keldi” degan shior bilan chiqmoqda.

Xuddi bozordan mahsulot sotib olgandek siyosiy marketing ham shunday yo’lga qoyilishi kerakki, mavridi kelganda saylovchi mahsulotni tanlasin, yoqqan nomzodga ovoz bersin.

"Siyosatda vaqtdan unumli foydalangan kishi yutadi. O’z vaqtida nutq so’zlash, namoyish-yig’ilish o’tkazish, ovoz berishga undash natijani belgilaydi. Ko’chatni ekib, parvarishlab, kutib, kuzda meva olgandek gap",- deydi Piter Fenn.

Lekin Oq uyni egallash uchun, demokrat va respublikachilarning o’z tarafdorlarini saylov uchastkalariga chorlash bilan ish bitmaydi. Mustaqil, hech bir partiyani quvvatlamaydigan fuqarolar ham talaygina. Ularning xohish-istagini oldindan bilish qiyin. Ko’pincha prezident kim bo’lishini aynan mustaqil saylovchilarning ovozi hal qiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga sanksiyalari qisman amalda qoladi

  Boshqa xabarlar
AQShda saylovlar oldidan Internet eng qudratli axborot vositasi
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
Tahlilchilar AQSh musulmonlar bilan ko'proq aloqa qilsin deydi
Ko'hna Xivada mennonitlar tarixiga oid ko'rgazma ochiladi
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
AQShning Shimoliy Koreya talabini qondirishi tanqid ostida
Davlatlar moliyaviy inqirozni hamkorlikda hal qilmoqchi
AQSh Shimoliy Koreyani qora ro'yxatdan chiqardi
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda