Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Rossiya Jahon Savdo Tashkilotiga kirish harakatini davom ettirmoqda

17/03/2008

Ukraina yaqinda Jahon Savdo Tashkilotiga qabul qilindi. A’zolikka ikki yirik mamlakat – Rossiya va Eron ham urinib keladi.

Markazi Jenevada joylashgan Jahon Savdo Tashkiloti 1995 yilda tuzilgan. Xalqaro savdo qoidalarini belgilaydi.

"Tashkilot yana bir muhim vazifani bajaradi",- deydi sobiq xodimi Deyvid Xartridj.

"Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o’rtasida kelishmovchiliklar oson yechiladi. Ziddiyatlar tinch, qonuniy yo’l bilan, siyosatni qo’shmagan holda hal etiladi.  Tashkilotga a’zolik davlatlarga ana shu imkoniyatni beradi".

Biroq a’zolikka intilayotganlar dastavval qator shartlarga ko’nishi kerak, jumladan tarif, ya’ni narx-navo, qiymatlarni belgilashda. Nomzod davlat, shuningdek, iqtisodiy va savdo qonunlarini xalqaro andozalarga moslashtirishi lozim. Shu tufayli, deydi mutaxassislar, Ukrainaning tashkilotga qo’shilishiga 14 yil vaqt ketdi.

"Harakatini Ukraina bilan deyarli bir paytda boshlagan Rossiya oldida qator to’siqlar turibdi",- deydi Deyvid Xartridj. "Shulardan biri qishloq xo’jaligi davlat yordamini kamaytirish talabi. AQSh nazarida Rossiyada intellektual mulk himoyasini ham kuchaytirish kerak".

Jahon Savdo Tashkilotining yangi a’zosi Ukraina va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarni iliq deb bo’lmaydi. Gaz bahosi yuzasidan tortishib, Rossiya ikki bor Ukrainaga ta’minotni to’xtatgan yoki kamaytirgan. 2004 yilda esa Kreml Ukrainada prezident saylovlariga ta’sir o’tkazishga uringan edi.

"Ammo Ukraina Rossiyaning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zoligiga to’sqinlik qilmaydi",- deydi tahlilchi Deyvid Marpls. "Chunki tashkilot doirasida ikki davlat o’zaro muammolarni hal qilishi mumkin".

O’tgan yili Rossiya-Ukraina o’rtasida savdo 22 foizga oshib, 30 milliard dollarni tashkil etgan.

Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo har bir mamlakat veto huquqiga ega ekani sabab, Kreml Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Gruziya bilan ham muzokara qilishi kerak bo’ladi.

Tashkilotga qo’shilish Rossiya oldida turgan asosiy maqsad deb qayd etgan  prezident Vladimir Putin bu ishni endi Dmitriy Medvedevga topshirmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi