Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston bozorlaridagi kayfiyat Navro'z tantanalaridan yiroq


21/03/2008

Navro'z
O`zbekistonda Navro’z keng nishonlanmoqda. Milliy bog’da bayram munosabati bilan o`tkazilgan tantanali yig`ilishda mamlakat prezidenti Islom Karimov O’zbekiston xalqini qutlab, Navro’z yangilanish bayrami ekanini ta’kidlagan. 

“Bugun mana shu unutilmas damlarda, yangi mavsum arafasida barchamiz eng avvalo Navro‘z ayyomining haqiqiy egalari, rizq-ro‘zimiz bunyodkorlari bo‘lmish zahmatkash dehqonlarimizni qutlab, ularga mo‘l hosil, baxt va omad tilaymiz”.

Huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o`g’li nazarida Navro’z ulug’ ayyom, biroq uni nishonlash hammaga ham nasib etmayapti.  

“Bugun ko`plab odamlar iqtisod tufayli o`zi bilan o`zi ovora bo`lib qolgan paytda bayram ularga qandaydir baxt keltirayapti deyish qiyin. Har kim o`z imkoniyatiga ko`ra nishonlayapti. Milliy bog`dagi bir hovuch rahbarlar uchun maxsus tantanalar o`tkazilgan”,  - deydi Abdulla Tojiboy o`g`li.

Navro'z
Poytaxtning Navro`z tantanalariga burkangan markaziy xiyobonidan tashqarida bayram kayfiyati unchalik bilinmaydi.  

“Chorsu” bozori har doimgiday ishlayapti. Odamlar savdo-sotiq bilan band.  

Anor sotayotgan bir dehqonning aytishicha uning uchun eng muhumi bayram emas, balki mahsulotini tezroq sotish. Bu yil qishning sovuq  kelgani, ayniqsa cheraganing yopib qo`yilishi bozorchilarga katta pulga tushgan. 

Anorning bir kilosi 1000 so’m. Vaholanki, deydi bir savdogar, aslida u mevaning har kilosi uchun bir yarim ming to’lagan. Qishdan olib chiqish uchun katta sarf xarajatlar qilgan. “Shunga qaramasdan anorni sovuq olgan, oldi chirishni boshlagan. Chegara esa yopiq”,- deydi u.

Bozor
Sabzavot sotayotgan boshqa bir dehqonning so’zlariga ko`ra daromad asosan chetga mahsulot sotishdan tushadi. Chegara yopiq ekan, mahsulot narxi arzimagan bahoga tushib ketadi. “Agar shu arzimagan bahoga ham sotishga ulrumasa, dehqon bir yillik mehnatiga kuyib qolishi mumkin”,- deydi u.

 “Sabzining qopi 30 000 so`m. 250 so`mdan aylanayapti. Uni 300 so`mdan sotsangiz, 50 so`m pul qoladi. Qopidan bir yarim ming so`m. Bundan pattaga, qorovulga, bozorni supuradiganlarga ham haq ajratish kerak. Bundan foyda yo`q. Misol uchun pomidor, kilosi 3000-4000 so`mga chiqdi. Chegara ochilgani uchun tortdi. Lekin yopilsa, tushib ketadi. Pomidorni vaqtida uzmasangiz, boy berasiz”, – deydi sotuvchi.  

Bozorda xaridor narx- navoning o`ta qimmatlashib ketayotganidan noliyotgan bo`lsa, sotuvchilar narx-navo ular mehnatini zo’rg’a oqlayotgani haqida gapiradi.

Sharhlovchilar nazarida maosh past ekan, aholida xarid qilish kuchi tobora pasaymoqda.

Bozor
“Misol uchun benzin, g`osht, shakar, un yoki boshqa mahsulotalrni olaylik. Maosh dunyodagi maoshlarga nisbatan 10-15 martaga kam ekan, ularning hammasi odamlar uchun juda qimmat. Bu aholi turmush tarziga ta'sir qilayapti. Ular vaziyatdan norozi ”, - deydi sharhlovchi Toshpo`lat Yo’ldoshev.

Uning fikricha hukumat dehqon mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarilishi yuzasidan ochiq siyosat yuritmas ekan, ahvol shu tarzda davom etaveradi.

“Oxirgi paytda benzin narxi oshdi. Kimyoviy o’g’itlar narxi oshdi. Bular oqibatida albatta mahsulot narxi ham oshdi.  Shuni hisobga olsak, dehqon mahsulotini chetga chiqara olmasa, zarar ko’radi. Chegarada mahsulotini o`tkazish uchun yetarli pora bermasa, ikki-uch kun qolib ketadi. Natijada  mahsulotini axlatga tashlab, qaytib kelishga majbur bo’ladi. Shuning uchun hukumatga bir tilak borki, chegara ochiq yoki yopiq bo’lishi kerak. Dehqon shunga qarab masulot yetishtirishni va sotishni rejalaydi. Agar ahvol shu tarzda qoladigan bo’lsa, xalq inqirozga uchrayveradi”,  - deydi Yo’ldoshev.   

O’zbekiston prezidenti esa mamlakat xalqini Navro’z bayrami bilan qutlarkan, xalq farovonligi tobora oshmoqda degan. Hayotni ko’rmoqchi bo’lsang, bozorni ko’r deyishadi. O’zbekiston bozorlarida xaridor ham, sotuvchi ham bugungi ahvolni to’q va farovon deb atamaydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti