Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Ayrim faollar ozod bo'lgani huquqiy ahvol yaxshilandi degani emas


22/03/2008

Rasmiy Toshkent ijozati bilan Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi O’zbekistondagi qamoqxonalarga kirishi mumkin.

AQSh hukumati bu qarorni olqishlamoqda. O`zbekiston hukumati inson huquqlariga doir vaziyatni yaxshilashi zarur deydi AQSh rasmiylari.

So’nggi paytlarda O’zbekistondagi huquqiy ahvol borasida qarama-qarshi ma’lumotlar quloqqa chalinmoqda.

Mahalliy huquq himoyachilari fikricha, qo’mita dastlab siyosiy mahbuslarga e`tibor qaratishi zarur. “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati siyosiy mahbuslar ro`yxatini e`lon qilgan.

O`zbekiston hukumati 2005 yildan keyin Qizil xoch vakillariga qamoqxonalarga kirishni taqiqlab qo`ygan edi.

O`zbekiston huquq himoyachilari alyansi ta’kidiga ko’ra, sanksiyalar yumshatilgach, mamlakatda huquq himoyachilariga bosim kuchaygan. Alyans o`tkazgan piket ishtirokchilari taz’yiq ostida.   

Alyans vakili Adham Shoyimardonovning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Andijon voqealari mustaqil tergov qilinadi, mustaqil huquq himoyachilari bilan muzokara boshlanadi deb taxmin qilgan edi.

“Amalda esa huquq himoyachilari bilan muloqot yo`q. Aksincha, ularning talabi inobatga olinmayapti. Turli taz’yiqlar ko`rsatilmoqda”, - deydi Shoyimardonov.

Huquq himoyachisi Suhrob Ismoilov fikricha, hozirda huquq faollariga taz’yiqlar nisbatan kamaygan.

“Hozir O`zbekistonda huquq himoyachilari avvalgiday faol emas. Ishlayotganlari barmoq bilan sanarli. Oldingidek, ularni qamoqqa tiqib qo`yish kuzatilmaydi. Bunga ehtiyoj ham yo`q”, - deydi Ismoilov.  

Biroq, deydi u, bu bu inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat o`zgardi degani emas.

“2008 yilda o`lim jazosini bekoq qilish va qamoqqa olish huquqini sudlar vakolatiga o`tkazish haqidagi qonunlar kuchga kirdi. O’tgan 3 oyda biror sezilarli o`zgarish bo`lgani yo’q. O`zbekiston hukumati bilan ma`lumot almashib turish, muloqot olib borish zarur. Shundagina o`zgarish kutish mumkin. Bir tomonlama cheklov, talablar qo`yish hech narsaga olib kelmaydi”, - deydi Suhrob Ismoilov.

Yaqinda Buxoroda qamoqdagi shoir Yusuf Jumaning o`g`li Mashrab Yusufjon o`g`li ishi bo`yicha apellyatsiya sudi o’tgan. Unda avval belgilangan 3 yil jazo muddati 4 yil qamoq jazosiga o`zgartirilgan.

Shoir Yusuf Juma va uning yana bir o’g’li Boburga nisbatan ochilgan tergov ishi nihoyasiga yetgan, ish sudga oshirilgan.

Yusuf Juma militsiya xodimiga tan jarohati yetkazish, tajovuz qilish va haqorat qilishda ayblanmoqda.

Yusuf Juma prezident Islom Karimov iste`fosini talab qilib o`tkazgan piket paytida militsiya xodimiga hujum qilishda ayblangan edi. Piketdan biroz o`tib o`g`li Bobur bilan birga hibsga olingan.

Yusuf Jumaning qizi Feruza Yusupovaning aytishicha, tergovchi shoirga nisbatan siyosiy ayb qo`yilmaganini ta`kidlagan.

“Dadangga biz siyosiy ayb qo`ymadik. Uning ayrim she’rlari bor, dedi. Uch oydan buyon biror marta ko`rmadim. Dadamning sog`liqlari yomon ekan, yaqinda eshitdim. Bir o`zlarini yolg`iz podvalda saqlashayotgan ekan, azoblab. Ukamning sudi haqida ham bizga hech qanday xabar berishmadi, o`zlari sud qilib, o`zlari kesib yuborishdi”, - deydi Feruza Yusupova.

Jizzaxlik huquq himoyachisi Baxtiyor Hamroyev viloyatda huquq himoyachilarini nazorat qilish kuchaygan, ayrimlari ichki ishlar boshqarmasiga chaqirilgan deydi.

“5-6 ta faolning ozodlikka chiqishi O`zbekistonda inson huquqlari bilan bo`gliq vaziyatda o`zgarish bo`layapti degani emas”, - deydi Baxtiyor Hamroyev.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available