Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh, Xitoy yetakchiligida fazoviy qurollar poygasi boshlanishi mumkin

26/03/2008

The USS Lake Erie launches a Standard Missile-3 at a non-functioning National Reconnaissance Office satellite as it traveled in space at more than 17,000 mph over the Pacific Ocean, 20 Feb 2008
AQSh Mudofaa vazirligi yaqinda samodan o’z sun’iy yo’ldoshini urib tushirdi. Yo’ldosh texnik sabablarga ko’ra ishlamay qolgan edi. Xitoy ham o’tgan yili o’ziga tegishli sputnikni yo’q qilgan edi. Bu kabi harakatlar kosmosda qurollar poygasi avj olmoqda degan xavotirni uyg’otmoqda.

Tarixan samoda ilmiy tadqiqotlar, harbiy kommunikatsiya hamda maxfiy ma’lumotlar yig’ish va qurollarni nazorat qilish maqsadlarida turli yo’nalishda faoliyat olib borilgan.

Lekin ayrim mutaxassislar nazarida G’arb fazodan ko’proq harbiy maqsadlarda foydalanishga o’tgan. Bu boshqa davlatlarni ham o’z xavfsizligi yo’lida fazoviy qurollar va sun’iy yo’ldoshlarga qarshi vositalar ishlab chiqarishga majbur qilmoqda. 

"Fazoiy qurollar poygasi boshlanmoqda",- deydi Vashingtondagi Mudofaa Axboroti Markazi direktori Tereza Xitchins.

"Xitoy va AQSh koinotda anchadan beri izlanayotgani sir emas. Har biri o’z xavfsizligini ro’kach qiladi. Yo’ldoshlarga qarshi qo’llanadigan lazerlar ustida ish olib bormoqda. Qarabsizki, boshqa davlatlar ham qo’l qovushtirib o’tirishni istamaydi. Qurollanish hammani oyoqqa turg’azadi". 

GPS
1980-yillarda Qo’shma Shtatlar va Sovet Ittifoqi yo’ldoshlarga qarshi qurollarni sinovdan o’tkazgan edi. Katta mablag’ talab qilgani, texnologik muammolar va siyosiy xohish-istak unchalik kuchli bo’lmagani sabab, shuningdek tasodifiy mojarolarning oldini olish uchun bu dasturlar asta to’xtatilgan. 

Jahon aloqa tizimlari sun’iy yo’ldoshlar vositasida ta’minlanayotganini hisobga olsak, bugun samoni egallash, u yerda texnologik qudratga ega bo’lish aksariyat davlatlarning yuksak orzusi.

AQSh Davlat Fazoviy Xavfsizlik Idorasi tahlilchisi Piter Xayes “hozirgi urushlarni samoviy vositalarsiz olib bora olmaysiz”,- deydi.

"Iroq va Afg’onistondagi jangovar operatsiyalarning ko’pi fazoviy texnologiyalarga asoslangan. 1990-yillar boshidan beri harbiy amaliyotlar asosan kosmik jihatdan quvvatlanmoqda va havo hujumlari shu asosda olib borilmoqda". 

Urushning oddiy usullari va samoviy yo’llari uyg’unlikda qo’llanmoqda. Buning ustun tomoni shundaki, urushlarda kamroq odam o’lmoqda.

Uzoq masofaga otiladigan bombalar qo’shinlar ishini osonlashtirgan, deydi harbiy mutaxassislar. Askarlar hayoti saqlab qolinmoqda.

Kop’lab olimlar fikricha fazoviy qurollanish yadroviy qurollanishga zo’r beradi. 

Sun’iy yo’ldoshga hujum qilinsa, bu faqat samoga ta’sir qiladi deyish xato deydi strategik siyosat bo’yicha izlanuvchi olima Nensi Gallager. “Yo’ldoshga xuruj global kommunikatsion vositalarni, yerdagi katta inshootlarni vayron qilishi tayin”,- deydi u.

"Qisqa masofaga raketa otsangiz, balki u orbitadan tashqariga chiqmas. Biror sun’iy yo’ldoshni nishonga ololmaysiz. Lekin siz baribir fazodasiz. Tasavvur qiling, insoniyat bu yo’ldoshlarga kundalik hayotda o’zi bilmagan holda qanchalik tayanadi. Yo’ldoshlar qulasa, bu yerda dahshatli halokatlarga olib borishi mumkin".

Xitoy parchalab tashlagan sun’iy yo’ldosh qoldiqlari, fazoshunoslar aniqlashicha, hali ham samoda kezib yuribdi. Ular boshqa yo’ldoshlarga urilishi mumkin.

Ko’pchilik tadqiqotchilar fikricha fazoviy izlanish va qurollanishni cheklovchi xalqaro qonunlar ishlab chiqish kerak toki odamlar falakda nima bo’layotganidan xabar topsin. 
"Xitoy o’z yo’ldoshini nishonga olganida u taxminan 150 ming parchaga bo’lingan. Bu kichik bir sputnik edi. Aloqa va harbiy maqsadlarda qo’llaniladigan yo’ldoshlarning har biri kamida 10 tonna. Ular parchalansa, millionlab inson hayoti xavf ostida",- deydi olima Tereza Xitchens.

Fazo xavfsizligini o’rganadigan mutaxassislar xulosa qilishicha, ayni damda Xitoy sun’iy yo’ldoshlarga qarshi qurollar ustida ish olib borarkan, bu qo’shni Hindiston, unga qo’shni Pokiston va unga qo’shni Eronni xavotirga solmoqda. Natijada, deydi ular, bu mamlakatlar ham fazoda nima qilmoq zarur deya o’ylanib qolgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi