Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh ayol prezidentga tayyormi?

04/04/2008

Xillari Klinton, 4 fevral, 2008

Senator Xillary Klinton prezidentlik uchun poygani hali-beri tark etmoqchi emas. AQShning prezidentlik uchun birinchi ayol nomzodi mamlakat xotin-qizlari ovoziga tayanmoqda.  

AQShda prezidentlik uchun saylov kampaniyasi avjida ekan, Demokratik Partiyaning ayrim yetakchi a’zolari Xillari Klintonni poygani tark etib, raqibi Barak Obamani quvvatlashga undamoqda.

Telesharhlovchi Matyu Dod izohicha:  "Xillari Klintonning yutishiga imkoni yo’q endi”. 

Shtatma-shtat o’tayotgan partiyaviy tanlovlarda Klinton tarafdorlar soni jihatdan Barak Obamadan orqada.

Lekin partiyadoshlari orasida aynan uning nomzodini olg’a surishga tayyor qudratli siyosatchilar bor. Klintonni quvvatlayotgan saylovchilar orasida, shuningdek, xotin-qizlar ham ko’pchilik.

Ba’zi siyosiy tahlilchilar nazarida Xillari Klinton nomzodlar poygasida Barak Obamadan ortda qolib ketdi va boy berganini tan olishi kerak. Demokratik Partiya ta’biricha esa nomzodni tanlov hal qiladi va shoshishga hojat yo’q.

Klintonning tarafdorlari siyosiy taxminlarga berilmay, “xalqqa nomzodlarni saralashga yo’l bering” demoqda. Kim Gandi, Amerika Xotin-Qizlar Tashkioti prezidenti poyga hali tugamadi deydi. 

Kim Gandy, NOW President at the microphone during a rally
Kim Gandi, Amerika Xotin-Qizlar Tashkiloti prezident fikricha Xillari Klinton ayol bo'lgani uchun ham bosim ostida
“Siyosiy gapdonlar odamlarning janozasini o’qishga usta. Xillari Klintonning kuni bitdi deb ko’p marta xato qilishgan. Klinton xonimning temir ayol ekanini, g’olib oxirida baribir u bo’lishini tan olishmaydi”,- deydi Gandi xonim.   

Kim Gandi “Xillari Klinton prezidentlikka nomzodlikni aynan ayol saylovchilar sabab olsa ajabmas”,- deydi. Saralash musobaqalarida aksariyat xotin-qizlar uni ma’qul ko’rmoqda. Axborot vositalari qilgan bashoratlar puchga chiqib bo’lgan deydi faol.   

Fevral oyida ayrim shtatlardagi mag’lubiyatlar ketidan Xillari Klinton mart oyida ikki katta shtat – Ogayo va Texasda Barak Obamadan ustun keldi. Yana asosan xotin-qizlar ovozi evaziga. 

Biroq bu ovozlar bilan Klinton Obamadan o’zib keta olgani yo’q.

Faol xotin-qizlar nazarida esa Xillari Klintonga bosim poygada ikkinchi ketayotgani uchun emas, ayol ekani uchun o’tkazilmoqda. 

"Erkak kishi gapga usta bo’lsa, orzu va maqsad ketidan quvsa, uni kuchli, aqlli va komil inson deyishadi. Ayol kishi shunday sifatlarga ega bo’lsa, u odamlar nazarida yo ayyor yo janjalkash",- deydi Gandi xonim.

Janis Shou Kruz
Janis Shou Kruz - Amerikaning Sertashvish Ayollari tashkiloti vakili. Uning fikricha Xillari Klinton ayol ekani uchun emas, "nafosatli va mehribon emas"ligi uchun tanqid qilinmoqda.
Kerol Jenkins Nyu-Yorkda Ayollar Media Markazi rahbari. "Xotin-qizlar",- deydi u, "Amerika axborot vositalarining uch foizini boshqaradi xolos. Qarabsizki, Xillari Klintonni sharhlayotgan odamlarning ko’pchiligi erkaklar. Chunki matbuot bu mamlakatda erkakcha fikrlaydi".

"Muxbirlar va siyosatdonlar Xillarini sharhlashda chegaradan chiqib ketadi. Ular hali ham uning kiyimi, ovozi va ko’rinishini muhokama qilyapti. Sharhlovchilarga uning ovozi yoqmaydi. Bu jinsiy kamsitish… Xillari teng huquqli siyosatchi sifatida tahlil qilinmayapti”,- deydi Jenkins xonim.   

Lekin Xillari Klintonning tanqidchilari gap uning ayolligida emas deydi. Janis Shou Kruz Amerikaning Sertashvish Ayollari degan tashkilot a’zolaridan biri. Uyushma konservatizm tarafdori. Klintondek liberallarni yoqtirmaydi.

“Klinton xonim, afsuski, nafosatli shaxs emas. Badjahl ayol, nazarimda. Shu bois, ko’p odamlar unga mehr bilan qaramaydi",- deydi Kruz xonim.

Demokratik Partiyaning ayol a’zolari orasida ham Barak Obamani Xillari Klintondan ustun qo’yayotganlar ko’p. 

Kerol Jenkins
Kerol Jenkins - jurnalist va Ayollar Media Markazi rahbari. "Axborot vositalari  Xillari Klinton xolisona yoritayotgani yo'q",- deydi u.
Qora tanli xotin-qizlar nima qilishini bilmaydi – ayolga ovoz bersinmi yoki qora tanliga? Tarixda ilk bor shu haqda o’ylanib qolgan.

“Feministman, kasbiy faoliyatimni xotin-qizlar ravnaqi, ular huquqiga bag’ishlaganman. Har ikki nomzod noyob insonlar. Qiyin masala”,- deydi Jenkins xonim.  

Ayollar Media Markazi ham hali biror nomzodni yoqlab chiqqani yo’q. Lekin, Kerol Jenkins fikricha, Amerika ayollarining aksariyati Xillari Klinton poygada oxirigacha kurashsin deydi.

“Men singari katta yoshdagi ayollar balki hayotlarida prezidentlikka boshqa ayol nomzodni ko’rmas. Bu biz uchun armon bo’lib qolmasin. Ayol davlatni boshqarsa, bu mamlakat uchun faxr bo’ladi. Qora tanlilar baribir bir kun prezident bo’ladi. Lekin ayollar oldida hali katta to’siqlar bor”,- deydi Jenkins xonim.    

Xillari Klinton “shuncha to’siqlardan o’tdim, qolganlarini ham yiqitishga tayyorman” demoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston Navro'zi ayyomni qanday nishonlamoqda?

  Boshqa xabarlar
Turk-arman mojarosi yuzasidan bahslar davom etmoqda
Muhojirlar: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari  Audio Clip Available
Tahlilchilar: Isroil-Falastin nizosini cho'zishdan manfaatdorlar ko'p
Qoradoriga qarshi kurashayotgan ayol agentlar
Falastin davlatini barpo etish uchun ikki yil muhlat
AQSh va Rossiya: Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
Amerika diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?