Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq


27/06/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

afyun
Tolibon dehqonlarga buyurtma beradi, shuningdek, hosil daro madiga soliq ham soladi
BMT hisobicha
o’tgan bir yil ichida Tolibon Afg’onistonda afyun yetishtiruvchi dehqonlardan 100 million dollar miqdorida soliq yiqqan.

Toliblar nazorati ostidagi mamlakat janubida dehqonlar nafaqat ko’knor ekishga, balki uning savdosidan tushgan daromad hisobidan soliq to’lashga ham majbur qilinmoqda. 

Tahlilchilar, qolaversa oddiy xalq nazarida AQSh va Afg’oniston hukumati qoradoriga qarshi kurashni eplay olmayapti. Rasmiylar esa afyun butun mamlakat bo’ylab emas, ayrim notinch hududlardagina ishlab chiqarilmoqda deydi.

Afg’oniston - dunyoda eng ko’p afyun yetishtiruvchi davlat. O’tgan yil mamlakatda qoradori savdosidan to’rt milliard dollar daromad olingan.

afyun
Afyun hosili dehqonlar hayotini farovon qilib qo'yayotgani yo'q, ammo qozon qaynamoqda 
Asosan janubda, Tolibon mahkam joylashib olgan hududlarda. Daromad huzurini ham aynan ular ko’rmoqda. 

Qoradori makoni bo’lish xalq uchun og’ir, ammo bu mahsulotsiz aholining kun ko’rishi qiyin. 

Ko’knor yetishtirish uchun buyurtma Tolibondan keladi, arzimagan pulga. Bir bo’lak yerdan olingan hosil daromadi bilan qozonni qaynatish oson emas. Ammo boshqa iloj ham yo’q.

Tolibon hokimiyatdan ag’darilgach hukumatning qoradoriga qarshi siyosatini quvvatlab, ko’knor emas, sabzavot ekishga kirishgan dehqonlar "qurg’oqchilik tufayli yana shu baloga qaytdik", - deydi.

"Davlat bizning holimizdan xabar olayotgani yo’q. Berilgan va’dalar faqat qog’ozda. Hammayoqda ocharchilik, ishsizlik, turli kasalliklar tarqalgan. Tirikchilik shu ko’knorga bog’liq",- deydi Dur Jon ismli oqsoqol.

Томас Швейк
"Afg'onistonda ko'knor va afyun yetishtirishni bas qilish uchun mahalliy iroda yetishmayapti",- deydi AQSh rasmiysi Tomas Shveyk
AQShning Afg'onistonda qoradoriga qarshi kurash uchun mas'ul diplomati Tomas Shveykning aytishicha 28 viloyatda ko'knor dalalari yo'q qilingan va qilinmoqda.

Pokiston bilan chegaradosh hududlar - Hilmand, Qandahor va Nangahorda muammoga qarshi kurash ancha sust deya tan oladi rasmiy.

Janubda kurash samara bermayotganining asosiy sababi, deydi Tomas Shveyk, mahalliy hokimiyatlardagi korrupsiya va Afg’onistonda qoradoridan qutulish uchun siyosiy iroda yetishmasligidir. Qoradori biznesidan daromad oladigan arboblar ko’p.

"Qandahor kabi viloyatlarda ko'knor ekadigan odamlar faqat dehqonlar emas, balki mahalliy amaldorlar, ichki ishlar xodimlari va qabila oqsoqollari ekanini ko'rasiz. Tolibon esa hamon bu joylarda izg'ib yuribdi. Ularni ba'zida oddiy odamlardan ajtatish qiyin", - deya tushuntiradi AQSh diplomati.

Vashington esa qoradori yetishtirishga barham berish uchun Afg'onistonga yiliga millionlab dollar ajratishda davom etmoqda. 

afg'onlar
Dehqonlar tirikchilik uchun ko'knor ekishdan boshqa chora yo'q deydi. Qurg'oqchilik savzavot yetishrishga yo'l bermaydi. Hukumat esa yordamga shoshayotgani yo'q.
Boy davlatlar kelasi ikki yil ichida afg'on xalqi hayotini yaxshilash va tinchlikni ta'minlash uchun 20 milliard dollar hadya qilishga va'da bermoqda. 

Sharti shuki, hukumat bu mablag' haqqoniy va oshkora tarzda, jamiyat taraqqiyoti uchun sarflanayotganini isbotlashi lozim.

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay qoradoriga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlardan ko'proq yordam so'ramoqda. 

Lekin mamlakatda korrupsiya va mahalliychilikdan to'ygan xorijliklar, jumladan amerikaliklar fikricha jamiyatda chuqur ildiz otgan illatlarga bolta urush rasmiy Kobulning vazifasi.

afg'on dalasi
Amerika rasmiylarining aytishicha, Afg'onistonda afyun savdosi ortida mahalliy rasmiylar turibdi
Afg'on hukumati Markaziy Osiyo va Rossiyadan ham bu borada ko'mak kutmoqda. 

Mamlakatda yetishtirilgan afyun jahon bozoriga shu davlatlar orqali yetkaziladi.

Amerika rasmiylari nazarida O'zbekiston va Tojikiston narkotiklar savdosini cheklash uchun kuchli choralar ko'ra boshlagan. 

Ammo, deydi ular, masala yechimi baribir afg'on rahbariyati va jamoatchiligi bo'ynida. Avvalo ko'knor ekishni, afyun ishlab chiqarishni bas qilish kerak.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available