Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda


10/07/2008

Yaqinda  Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Qozog`istonda o`tgan forumida jurnalistlar erkinligini himoyalashga qaratilgan deklaratsiya qabul qilingan edi.

Mazkur deklaratsiyada ta`kidlanishicha, “Assambleya barcha ishtirokchi davlatlarni jurnalistlarning qasos olish yoki repressiyaga uchrash tahdididan qo’rqmasdan, o`z vazifalarini bajarishi uchun imkoniyat yaratib berishga chaqiradi. Assambleya jurnalistlarning surishtiruv o`tkazish huquqini, har qanday harakatlar, shuningdek, davlat organlari tomonidan yo`l qo`yilgan suiste’molliklar haqida ham yozish huquqlarini e`tirof etadi”.

Sharhlovchilar qoraqalpog'istonlik jurnalist Solijon Abdurahmonovning hibsga olinishini mustaqil kasbiy faoliyat uchun qasos, repressiya tahdidi sifatida baholamoqda.

Avval “Ozodlik” va “Amerika ovozi” radiosi bilan hamkorlik qilgan Solijon Abdurahmonov Qoraqalpog`istondan turib “Uznews.net” axborot agentligiga muxbirlik qilayotgan edi. 

Uning ukasi va advokati Bahrom Abdurahmonovning aytishicha, jurnalistning soxta ayblar bilan hibsga olinishi shu faoliyat bilan bog`liq. Tergov jarayonida hibsga olishga asos bergan giyohvand moddalar tilga olinmagan. Jurnalistdan musodara qilingan materiallar o`rganilmoqda.

“Hozir audiomateriallarni eshitish jarayoni ketayapti. Narkotik modda faqat materiallarni qo`lga kiritish uchun xizmat qilgan. Ular davlatga qarshi jinoyatlar bor-yo’qligini aniqlashga harakat qilmoqda. Hammasini bitta “delo” qilib tikkach, keyinchalik tegishli joyga yuborishsa kerak”, - deydi Abdurahmonov.

Uning aytishicha, jurnalist davlatga qarshi jinoyatda ayblanishi mumkin.

Mustaqil jurnalistlarga qarshi kurash mamlakatda davlat targ`iboti darajasiga ko`tarilmoqda.

Viloyat televideniyelari “Ozodlik” radiosi jurnalistlariga qarshi ishlangan ko`rsatuvni bir necha bor namoyish etgan. Yaqinda bu ko`rsatuv respublika bo`ylab ham namoyish qilindi.

Ko`rsatuv jamoatchilik orasida ham muhokama qilinmoqda.

“Biz keyinchalik bu haqda surishtirdik. Ko'rsatuv boshida kimlar turganini, aniq aytish mumkinki, hukumat tomonidan “Ozodlik” dagi jurnalistlarni badnom qilish uchun maxsus uyushtirilgan zarba”, - deydi huquq faoli Abdurahmon Tashanov.

Ko`rsatuv “Ozodlik” radiosida ishlovchi o'zbek jurnalistlarining faoliyatini qoralaydi va ularning oilalari haqida ham ma'lumotlar beradi.

Abdurahmon Tashanov fikricha hukumatning o'zi jurnalistlarga bevosita tazyiq ko'rsatmayotgan bo'lsa-da, boshqa turdagi bosimlar berilmoqda.

“Ularga jismonan tazyiq o`tkazish imkoniyati cheklangan. Ruhiy va ma'naviy bosimlar kuzatilmoqda. Umuman, so`z erkinligini qadrlaydigan axborot vositalariga nisbatan chiqishlar O`zbekistonda tabiiy bir hodisaga aylanmoqda”, - deydi Tashanov.

O'zbekistonda “Ozodlik” radiosining vakolatxonasi bir necha yil avval yopilgan.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available