Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor


19/09/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

CESS
Markaziy Yevrosiyo Ilmiy Jamiyati dunyo bo'ylab yuzlab a'zolarga ega
Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida (Georgetown University) Markaziy Yevrosiyo Ilmiy Jamiyatining (Central Eurasian Studies Society) yillik anjumani o’tmoqda. 

Jahonning turli burchaklaridan yig’ilgan qariyb 250 tadqiqotchi Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy va Janubiy Osiyo bo’yicha olib borayotgan izlanishlari va bu ilmiy asoslar qanday tadbiq etilishi haqida fikr almashmoqda.

Olimlarning aytisicha, hamkorlik ko'lami u qadar keng emas, chunki imkoniyatlar cheklangan. 

Ammo, deydi hozir Jorjtaunda kechayotgan akademik anjuman tashkilotchilari, ilm izlagan kishilarni harakatdan to'xtatish qiyin. Yilda bir marta bo'lsa-da, tadqiqotchilarning cho'ntagi ko'tarsa yoki moliyaviy yordam topilsa, amerikalik va markaziy osiyolik olimlar bir-birining mamlakatiga borishga jon deydi. 

Laura Adams
Davlatlar sharoit yaratib bersa, ilm ahli birga ishlab, taraqqiyot sari hissa qo'shishga hozir, deydi Lora Adams
Markaziy Yevrosiyo Ilmiy Jamiyati Garvard Universitetida asoslangan. Bu oliygoh professori va jamiyat yetakchilaridan biri, Lora Adams (Laura Adams) ko'p narsa siyosiy aloqalarga bog'liq deydi.

Olima deydiki, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgach, G'arb ilm-fan arboblari va ta'lim dargohlari "mintaqa tashqi dunyoga ochildi va u yerdagi ziyolilarga ko'maklashamiz" deya katta umidlar bog'lagan edi. Ta'lim tizimini isloh qilish va tadqiqot sohasida yordam berishga kirishilgan edi.

Lora Adams nazarida Qirg'izistondek jamiyat sal ildamroq qadam tashlab, chet ellik mutaxassislarga imkoniyat va sharoit yaratib, o'zini ilmiy jihatdan ancha tiklab oldi.

"O'zbekiston singari mamlakatlarda esa izlanish yoki maorif-ta'lim sohasida hamkorlik qilish uchun hamon qator to'siqlar bilan yuzlashasiz",- deydi olima.

"Oxirgi marta O'zbekistonda 2006 yilda bo'lganimda respublika fan arboblari mening hukumatim va ularning hukumati orasida aloqa salbiy ekaniga urg'u berishdi. Bundan albatta ilmiy hamkorlikka ham ziyon yetdi. Men singari tadqiqotchilar uchun O'zbekistonga viza olish oson emas".

Amerika ziyolilari orasida ilmiy tahlili yoki tanqidiy qarashlari O'zbekiston hukumatiga yoqmagan olimlarning viza olishi mushkul degan fikr keng tarqalgan. Lekin O'zbekistonda ham AQShga viza olish azob deya shikoyat qilayotganlar ko'p. Har ikki davlat tadqiqotchilari va o'qituvchilari tez-tez tilga oladigan yana bir muammo shuki hukumatlar ilmiy loyiha va o'quv dasturlari uchun kam mablag' ajratadi.

Davlatlar akademik hamkorlik uchun sharoit yaratishi kerak, ilm xalqlarni yaqinlashtiradi, tushunmovchiliklarga barham beradi, deydi mintaqa hayotini uzoq yillardan beri o'rganib kelayotgan Piter Sinnott (Peter Sinnott).

"AQSh O'zbekiston rivojlansin desa ilmiy sohada yordam berishi kerak. Bu jamiyatda bilimga chanqoq, qolaversa ilmli, o'tmish va bugunga ochiq ko'z bilan qaray oladigan insonlar ko'p, ammo ularni hech kim quvvatlamayapti. Bu ahvolda taraqqiyot bo'ladimi"? - deydi Piter Sinnott.

Jorjtaun Universitetida o'tayotgan anjumanda bu olim O'zbekiston 1990-92 yillar orasida nimalarni boshdan kechirgani, o'sha paytda kechgan siyosiy-ijtimoiy bahsu-tortishuvlar, O'zbekiston Islomiy Harakatini vujudga keltirgan sabablar, respublikaning 1992 yilda yangi konstitutsiya qabul qilishdan oldingi kunlari haqidagi tahliliy ishini taqdim etmoqda.    

Lora Adamsning aytishicha, Markaziy Yevrosiyo Ilmiy Jamiyatining bu safargi yig'ilishiga,  AQShning o'zidan 100 ga yaqin, Yevropa va Osiyodan 40 dan ziyod, aynan O'zbekistondan 4 tadqiqotchi tashrif buyurgan. Ishtirokchilar orasida xorijda yashayotgan o'zbekistonliklar ham bor. 

G'arbu-sharqni bir-biriga bog'laydigan Markaziy Osiyoda hali ochilmagan ilmiy sirlar, o'rganilmagan masalalar va qilinishi zarur bo'lgan kashfiyot va ixtirolar juda ko'p, deydi Lora Adams. Bugun xalqlarni qiynayotgan muammolar kaliti balki o'sha jumboqlar yechimidadir. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda audio clip
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
 
  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati

  Boshqa xabarlar
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
Virjiniyada o'zbekistonlikning jasadi topildi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Mustaqil tahlilchi: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs