Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda


13/10/2008

[insert caption here]

So’nggi yillarda Markaziy Osiyo respublikalar bo’ylab ko’p-xotinlilik oddiy holga aylana boshladi.

Masalan Tojikistonda amaldorlar orasida qonuniy rafiqasidan tashqari ikki va uch ayolni saqlash moda deb e'tirof etilmoqda. 

Rasmiylar boshqa illatlar qatorida buni ham ochiq tan olmaydi.  Cho'ntak ko'taradimi, demak, yana xotin olishga asos bor degan qabilda ish tutilmoqda.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon muassislik qilayotgan “Bonuvoni  Tojikiston” jurnalida qayd etilishicha, respublikada 300 mingga yaqin ersiz ayol bor ekan.

Respublikada hozir 25 yoshdan o’tgan aksar qizlar yigit kishiga turmushga chiqmoqni faqat orzu qiladi xolos. 

Ularning ba’zilari esa kimgadir ikkinchi xotin bo’lib yashashga ham rozi. Ammo bu kabi nikoh ko’pchilikdan sir tutiladi yoki ochiq muhokama qilinmaydi.

Bunday nikohlar sababini Rossiyada tadbirkor kishiga uchinchi xotin bo’lib yashashga rozi bo’lgan Zebo ismli ayol iqtisodiy qiyinchilikdan deb biladi.

“Rossiyada ko’loblik  bolaga majbur uchinchi xotin bo’lib tegdim. U yerda juda qiynaldim, uyga pul jo’natish kerak, ijara haqi to’lash kerak. Yeb-ichish kerak, o’zimdan ortmay qoldi. Yilda bir marta Tojikistonga kelaman. Turmush o’rtog’im meni tushunadi, yo’l kira haqlarini beradi, bolalarimni kelib ko’rib ketishga",- deydi u.

Tojikiston
"Tojikistonda ersiz qiynalib yashayotganlar qonuniy tarzda ikkinchi xotin bo’lishlariga huquqiy asos yaratilsa yaxshi bo’lardi. Xotinini boqa olsa, erkaklar 3-4 xotin olaversalar ham bo’ladi. Bu narsa qonunlashtirilsa zo’r bo’lardi”,- deydi Zebo.

So’g’d  viloyati qishloqlaridan biridagi xotin-qizlar qo’mitasi raisasi Ermatoy Ibragimova esa tarbiyali qizlar albatta o’z  juftini topib ketishiga ishonadi.

“Avvalambor yaxshi ayollar hayotda qolib ketmaydi. Bizni ko’p erkaklarimiz ikki xotinni boqa olmaydi.Oilani hozir xotinlar sudramoqda. Farzandni yaxshi tarbiyalash kerak. Ikkinchidan yaxshi xotinni eri hech vaqt qo’yvormaydi. Yaxshi erkakdan ham xotin ajralmaydi”,- deydi Ibragimova.

Nomini aytishni istamagan boshqa bir ayol respublikada qo’shxotinlilik qonuniy tusga kiritilishi tarafdori ekanligini aytadi. Uning o’zi iqtisodiy qiyinchilik sabab erining boyvachcha bevaga uylanishiga rozi bo’lganini yashirmaydi.

“Erimni mendan tashqari nikohda ikki xotini borligini bilaman. Bittasi katta biznesmen. Xitoyga qatnaydi. Mashoyihlardan qolgan gap bor – “ Kundosh kundoshga paxta otadi” degan. Juda qiynalib ketdim. Majbur endi, kudoshimnikiga borib kirini yuvaman, ovqatini qilib beraman. Bizda ko’pxotinlilik qonuniy tusga kiritilsa yaxshi bo’lardi deb o’ylayman. Chunki hammasi yashirincha emas, ochiqchasiga, halol bo’lardi, tinch yashardik”,- deydi bu ayol.

Tabiiyki, o’z  yorini birov bilan bo’lishishni istamaydigan ayollar juda ko'p.   Lekin taqdirga tan berib, ona bo'lish umidida noqonuniy xotin bo'lishga tayyorlari ham kam emas. 

"Men bu dunyoda so’qqabosh o’tganimdan ko’ra, hech bo’lmasa farzand istab kundoshlikka rozi bo’lardim. Biz ham juftimizni topishimiz kerak-ku”,- deydi  28 yoshli Gulro’ ismli qiz.

Xatlon viloyatilik boshqa bir ayol qo’shxotinlilikka rozilikni hayot uchun kurashning bir yo’li sifatida ko’radi. U ham bu odat qonuniylashtirilishini xohlaydi.

Bu juvon fikrcha ersiz xotinlar bola boqishga qiynaladi. Uning o’zi ham majbur bo’lganidan uchinchi xotin bo’lib yashashga rozi bo’lganligini aytadi.

“Xudoga shukur, endi bolalarimning qorni to’q, egni but”,- deydi u.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
O'zbek ayollari yetishmovchilik tufayli bozorda qop ko'taradi
AQSh: Inson savdosi O'zbekistonda jinoyat emas
O'zbekistonda yoshlar va ayollar orasida chekuvchilar ko'paygan
"Ayollar yetakchilikka intilmasa, jamiyat ham olg'a siljimaydi"
Markaziy Osiyo ayoli uchun siyosat darvozalari hali ham yopiq
O'zbekistonda fuqaro jamiyatiga umid bormi?
O'zbekiston ayollari - an'ana va tarix iskanjasidagi hayot
Qirg'iziston ertangi kun xavotirida, ammo huquqini anglab yetmoqda
"Markaziy Osiyoda musulmonlar o'zlik izlamoqda"
O'zbekiston ayollari: xo'rlangan, qadrsiz va nochor
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available