Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda


28/10/2008

Eng repressiv hukumatlar safida

O'zbekistonda saylov
Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar ” tashkilotiga ko’ra  O`zbekiston so`z erkinligi bo`yicha dunyodagi eng repressiv davlatlardan biri. Mamlakat nomi Kuba,  Vetnam, Laos, Birma, Xitoy, Eron va Turkmaniston kabi davlatlar qatorida turibdi.  

So`z erkinligi ko`rsatkichi bo`yicha qo`shni Afg`oniston ham O`zbekistondan bir necha pog`ona oldinda.  O`zbekiston so`z erkinligi keskin cheklangan davlat safida 162-o`rinda bo`lsa, Afg`oniston 152-o`rinni egallagan.

Respublikada jurnalistlar tinimsiz tazyiq ostida ekan, jurnalistlika xatarli kasb bo’lib qolmoqda. Bir necha jurnalist bugun turli ayblar bilan panjara ortida. 

O`zbekiston konstitutsiyasi fuqarolarning so`z erkinligini kafolatlaydi. Unga binoan mamlakatda senzuraga yo`l qo`yilmaydi va jurnalist erkinligi himoya qilinadi.  

“Mustaqillik yillaridan hozirgacha 35 ga yaqin jurnalist turli ayblar bilan qamalib chiqdi. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining bu yilgi hisoboti juda muhim, chunki unda gap nafaqat so`z erkinligi yo`qligi, balki so`z erkinligi uchun harakat qilayotgan kishilarga nisbatan tazyiqlar, ular hayotiga bo`lgan tajovuzlar haqida bormoqda ”,  - deydi huquq faoli, uzoq yillar jurnalistlik qilgan Abdurahmon Tashanov. 

Xalqaro jurnalistik tashkilotlar nazarida O`shda o’tgan yili o`zbek jurnalisti Alisher Soipovning otib o`ldirilishi,  yaqinda Qoraqalpog’istonda mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonovni ng 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi so’nggi yillarda mintaqada so`z erkinligiga keskin zarbalar berilganidan dalolatdir.  

Solijon Abdurahmonovning ukasi Bahrom Abdurahmonovning aytishicha jurnalistning qamalishi, tabiiyki, uning oilasi uchun juda og’ir ko’rgulik. 

“Oilamiz sud shunday qarorga kelishi mumkinligini kutgan edi. Solijon akam ancha yillardan buyon jurnalist bo`lib ishlar edi. Ochig`ini aytadigan bo`lsam, Qoraqalpog'istondagi noqonuniyliklar haqida ochiq ma`lumot tarqatib turganining o`zi unga nisbatan shunday ayblov qo`yilishiga sabab bo`ldi. Bunday deyishimga sabab, uni giyohvand moddalar bilan ayblab hibsga olishlari bilanoq, birinchi navbatda akamning jurnalistik materiallarini musodara qilishdi”,  - deydi Abdurahmonovning ukasi.

Biroz avval majburan ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizilgan jizzaxlik mustaqil jurnalist Jamshid Karimovni shifoxonadan chiqarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma`lum bo`lishicha, O`zbekiston prezidentining jiyani bo`lmish Jamshid Karimov hamon shifoxonada.  Do`stlari Jamshidni so`nggi bor onasining dafn marosimida ko`rishgan. Onasi bilan vidolashgan jurnalist yana darhol jinnixonaga olib ketilgan.

Haqiqat kuychilari qayerda qoldi?

[insert caption here]
Mustaqil jurnalistlardan biriga ko`ra bugun o`zbek jurnalistlari eng og`ir davrni boshdan kechirmoqda. Ular jurnalist ekanini ochiq aytishga qo`rqadi va doimiy xavotirda yashaydi. 

Xorij axborot vositalariga ishlagan jurnalistlar esa amaldorlar nazarida xalq dushmanlaridir. Vatanni chetdan turib tanqid qilayotganlar, "dollarga ishlab, o'z yurtiga tupurganlar" sifatida qabul qilinadi. Lekin tanqidiy-tahliliy fikrlovchi insonlar oq-u-qorani ajrata biladi.

“Birinchi navbatda men turli mustaqil axborot agentliklari blan hamkorlik qilayotgan jurnalistlarni nazarda tutayapman. Ular yozgan maqolalariga o`z nomlarini qo`yishga ham qo`rqishadi.  Men yaqin kelajakda bu vaziyat yaxshilanadi degan fikrdan uzoqman”, - deydi matbuot vakillaridan biri. 

Boshqa bir jurnalistga ko`ra esa bugun mamlakatda jiddiyroq muammoni yoritishga jazm etadigan jurnalistlarning o`zi ham qolmadi. 

“Masalan, menga bugun biror muammoli mavzu haqida o`tkirroq maqola yozib ber deyishsa, o`ylanib qolaman. Qancha jurnalistlar qamalayapti…  Ukam aytadi: “Aka, tinch yursangiz bo`lmaydimi, kuningiz o`tayapti-ku”.  Ataylab, ko`r-ko`rona qamashayapti. Boshqalarga go`yo “sening avholing ham shu bilan tugaydi” degandek”. 

Sharhlovchilarga ko`ra o`zbek jurnalistikasini 1990- yillar bilan solishtirganda, vaziyat hozirga kelib keskin o`zgargan. Avval jurnalistlar huquqi, erkinligini oz bo`lsada ifoda etib kelgan bir nechta gazetalar bugunga kelib yopilgan. Ko`plab mustaqil jurnalistlar faoliyatlarini to`xtatgan. O’nlab mutaxassislar mamlakadan chiqib ketgan.  Matbuot – hukumatning asosiy targ`ibot quroliga aylangan. 

O'zbekona "so'z erkinligi" 

[insert caption here]
Yaqinda Toshkentda o`tgan xalqaro anjumanda hukumat vakillari mamlakatda so`z erkinligi bor deya ishontirishga urindi.  Respublikada 700 dan oshiq nashr mavjudligi va G`arb tushunchasidagi so`z erkinligi milliy mentalitetga to`gri kelmasligi haqida gapirishdi. Chet ellik mehmonlar bu gaplarni eshitib kulib yuborishdi.

Mutaxassislar nazarida hukumat mentalitet va madaniyatni ro’kach qilib, hech bir fuqaroga haqiqatni aytishga yo’l bermay keladi. Davlat axborot vositalariga ishlaydigan “jurnalistlar” ham buni tan oladi.

Qolaversa, mamlakatdagi yuzlab ko`ngilochar nashrlarni milliy mentalitet ko’zgusi deyish qiyin.

“Hozir chiqayotgan erkin gazetalarni hammasi oldi-qochdi gaplardan iborat. Eridan ajradi, xiyonat qildi, sevib qoldi. Gazeta axborot bilan boyitilmas ekan, uni avvalo matbuot deyish noto`g`ri bo`ladi.  Bemaza qovunning urug`i ko`p bo`ladi deganidek, gazetalar ko`payib ketdi, lekin yaxshi jurnalistlar kamaydi”, - deydi keksa muxbirlardan biri. 

Boshqa bir journalist fikricha ko`ngilochar gazeta va jurnallar, amaldorlar da’vo qilayotganidek,  o`zbek urf-odatlarini mustahkamlayotgani yo’q.

[insert caption here]
“Hozirgi sariq matbuot haqiqatda ma’naviyatning jallodiga aylandi deyish mumkin. Tirajini oshirish uchun har qanday axloqsizlikdan qaytmaydi. Yolg`onni hamisha xaridori ko`p bo`ladi. Bu gazetalar hech qachon siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga aralashmaydi”, - deydi u.

Bir necha yillar avval mustaqil va jiddiy muammolarni yorituvchi gazeta ochishga uringan jurnalist deydiki,  siyosatni savolga tutmaslik, xalq turmushini tahlil qilmaslik kasbga nisbatan xiyonat. Lekin bugun O’zbekistonda vijdonni chetga surmasangiz, hech narsa chiqara olmaysiz.   

“Birinchi sababi, jiddiyroq maqolalar yozib chiqadigan gazeta va jurnalistlar bo`lsa, matbuotni tepasida o`tirgan rahbarlar qo`rqadi, ertaga biron narsa yozib qo`ymasin deb. Ikkinchidan, bunday gazeta chiqishidan matbuotga hukmronlik  qilib turgan odamlarning o`zlari qarshi”, - deydi u.

Rasmiy nashrlarda ishlovchi jurnalistlar matbuot erkinligi haqidagi fikrini o`zaro suhbatda yashirmaydi, ammo mikrofon tutilsa, hukumatga minnatdorchilik bildira boshlaydi yoki andisha haqida gapiradi:

“Bizning jurnalistlarimiz oylik maoshi kam bo`lsa ham xalq ravnaqi uchun xizmat qiladigan jurnalistlar. Ko`pchilik G`arb matbuoti erkin deydi. Bizdagi matbuot milliy mentalitetdan kelib chiqadi…  To`g`ri o`tkir muammolarni ko`tarish jurnalistlarning burchi, lekin andisha ham bor-da”, - deydi hukumat gazetasi muxbirlaridan biri. 

Jurnalist dardini kimga aytsin? 

[insert caption here]
Ayrim jurnalistlar rasmiy nashrlardagi hamkasblarini maddohlikda ayblashadi. 

“Hozir olib borilayotgan siyosat hech qachon hech kimni siylagan emas.  Bu maddohona ijod qilayotgan jurnalistlarga saboq bo’lishi kerak”,- deydi tanqidchilardan biri.

Uning fikricha hukumat “jurnalistlar”ni,  “jurnalistlar” esa hukumatni aldash, quruq gaplar bilan bir-birining qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirish bilan ovora.  Ziyonni esa ular eshitib o’tirgan xalq ko’rmoqda.  Haqiqatni kim kuylaydi?  

“Bir misol, yaqinda xorij axborotida tanqid qilingan rahbar xursand bo`lib, tepadagi rahbariga bu haqda gapirayapti, bizga ham tosh otishni boshlashibdi degan ohangda.  U shundan xursand”, - deydi vaziyatni norozi jurnalist.

Abdurahmon Tashanov singari huquq himoyachilari fikricha matbuot erkinligi yoqligi uchun oddiy jurnalistlarni ayblash noto’g’ri. 

“Chunki so`z erkinligi uchun yo’l yo’q.  Hukumat buning uchun sharoit yaratishi kerak.  Aybni jurnalistlardan qidirish, ularda jasurlik yo`q deyish to`gri emas.  Sabab jurnalistalr ham odam. Ular hamma narsani ko`rib turibdi. Bu insonlar o`z hayotlarini asrash, oilasi xavfsizligini ta`minlashga majbur”, - deydi Tashanov.

G’arb, jumladan AQSh va Yevropa Ittifoqi O`zbekiston rahbariyatiga  taraqqiyot uchun so’z erkinligi naqadar muhim shart ekanini nasihat qilib keladi.

O`zbekiston hukumati Toshkentda so`z erkinligiga bag`ishlangan konferensiya o`tkazishga rozilik berishi ham Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalarning  yumshatilgani bilan bog’liq. 

Sanksiyalar-ku yumshatildi, ammo matbuot hamon kishanlangan.  

Konferensiya ishtirokchilariga ko`ra tadbir Islom Karimov ma’muriyati so`z erkinligi bo`yicha biror o’zgarish qilish niyatida emasligini yaqqol namoyon qilgan.  

“Hukumatda bu muammoni muhokama qilish uchun hech qanday imkon ham, istak ham yo`q. Masalan, anjumanda jurnalistlar ustidan borayotgan tergov jarayonlari haqida gaplashish imkoniyati bo`lmadi.  Hech bo`lmaganda, jamiyatning nafas olishi uchun jurnalistlarga imkon berish kerak axir ”, - deydi konferensiyada qatnashganlardan biri.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
O'zbekiston matbuot cheklangan sanoqli davlatlardan biri
Qirg'iziston: "Jurnalistika juda xavfli kasb bo'lib qoldi"
Qirg'izistonda o'zbekcha TV va radio dasturlar qisqaradi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
O'zbekiston matbuoti: amalda ahvol qanday-u, qog'ozda qanday?
Xorij matbuotiga ishlagan o'zbekistonlik muxbirlar "xalq dushmani"mi?
Mo'tabar Tojiboyeva ozodlikka chiqdi
AQSh: O'zbekiston demokratiya yo'lida dadilroq qadam tashlashi lozim
Sobiq matbuot kotibi Oq Uyni siyosiy nayranglarda ayblamoqda
Amerika hali ham erkinliklar mamlakatimi?
Islom va matbuot erkinligi. Bir-biriga mos tushunchalarmi?
Matbuot erkinligini ta'qib qilayotgan shaxs, guruhlar ro'yxati chop etildi
Tojikiston matbuoti qo'shni davlatlarga qaraganda erkinroqmi?
Matbuot erkinligi kuni: hibsdagi jurnalistlar taqdiri diqqat markazida
Hukumatlar jurnalistlar o'limini sust tergov qilmoqda
"Jamiyat dardini ko'rsata olmagan matbuot xalqqa kerak emas"
O'zbekiston, Rossiya erkinlikni poymol etuvchi davlatlar qatorida
Yevropa huquq talabini qo'ymoqda, sanksiyalar qisman kuchda qoladi
Tojikiston matbuoti yosh va o'tkir jurnalistlarga muhtoj
Vashingtonda Axborot muzeyi ochildi
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
O'zbekiston - Internet dushmani
Sanksiyalar xalqaro siyosatda effektiv choralarmi?
Musulmon jamiyatlarida matbuot davlat idoralari qo'lida
O'zbekistonda sil kasalining og'ir shakli tarqalmoqda
Matbuot erkinligi jahon bo'ylab hali ham xavf ostida
2007 yilda jahon bo'ylab 65 jurnalist o'lgan
Arab dunyosi xolis ommaviy axborot manbalariga ehtiyoj sezmoqda
Qozog'istonda matbuot nisbatan erkin
Alisherning o'limi yuzasidan tergov jim
O'zbekistonda jurnalistlar Alisher Soipovning o'limidan qayg'uda
Qotillik yuzasidan tergov Qirg'iziston prezidenti nazorati ostida
Amerika Ovozi muxbiri Alisher Soipov O'shda otib o'ldirilgan
Toshkentda mustaqil jurnalist kaltaklangan
Adolatsizlik, omma fikricha, kishilarni egri yo'llarga boshlamoqda
Rahbarlar fuqarolarning shikoyat-murojaatini javobsiz qoldirmoqda
O'zbekiston matbuotiga qadalgan kishan
Jurnalistlarni ta'qib qilish bobida O'zbekiston dunyoda yetakchilardan
O'zbekistonda chiqayotgan nashrlar soni so'z erkinligidan dalolatmi?
O'zbekistonda matbuot va axborot vositalari asosiy vazifasini unutgan
Xalqaro Matbuot Kuni: kimgadir sitam, kimgadir bayram
O’zbekiston jurnalistlar uchun xavfli mamlakat
O'zbeklar o'z xalqini siyosiy jihatdan qoloq deb hisoblaydi
O'zbekistonda askiyachilik uyatsiz, bachkana tus olmoqda
Qirg'izistonda anarxiyami, demokratiyami?
Qirg'izistonda jurnalist siyosiy guruhlar qurolimi?
O'zbekistonda matbuotning tizgini mahkam bog'langan
Ziyolilar o'zbekistonlik huquq faollarini ozod etishga chaqirmoqda
Daniyalik jurnalistning Andijon voqealari haqida filmi ko'rsatildi
O'zbekistonda kim yaxshi jurnalist?
O'zbekistonga ko'p qirrali tashqi siyosat kerak, deydi tahlilchilar
Faollar qamoqda, Yevropa Ittifoqi esa ijobiy siljishlarni kuzatmoqda
Ommaviy axborot vositalariga doir qonun yangi tahrirda
Iqtisodiy nochorlik radikalizm omili sifatida ko'rilmoqda
O'zbekiston inson huquqlari bobida yana tanqid ostida
Jurnalist talabalar faoliyati rahbarlar diqqat markazida
O'zbek xalqiga xos xushmuomalalik o'z qadrini yo'qotib bormoqda
Bagila Buxarbayeva: Erkinlik berilsa iste'dod yo'l topadi
O'zbekistonlik jurnalist xalqaro sovringa sazovor bo'ldi
Chegara Bilmas Muxbirlar: O'zbekiston - Internet dushmani
O'zbekistonda internet axborot manbalari nazorat ostiga olinmoqda
Keksa jurnalist uch yarim yilga qamoqqa tashlandi
O'zbekiston Internetni cheklashda davom etmoqda
Jizzaxlik mustaqil jurnalist aybiga iqror bo'ldi
O'zbekiston: Rahbarlar so'kish, urib-tepib xo'rlashni odat qilmoqda
Mustaqillik kuni oldidan Toshkent "begonalardan" tozalanmoqda
Ijodkor Abdulaziz Mahmudov: O'zbekistonga erkin televideniye kerak
Dissident ziyolilar hayotidan: Baxtiyor Isabekov
Hukumat Internetga to'siq qo'ysa-da, aholi xolis axborotga intilmoqda
Xalq dardini kuylagan san'atkor nega hijrat qilishga majbur bo'ldi?
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available