VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
Shukur qilish har bir millat va dinga xos qadriyat

27/11/2008

[insert caption here]
Shukronalik kuni: tarixga nazar

AQShda har yil noyabr oyining oxirgi payshanbasi, ya’ni bugun, o’ziga xos bir bayram. Uni oddiy qilib, “Shukronalik kuni” deyishadi.  An’ana tarixi XVII asrga borib taqaladi.

Amerika diyoriga kelgan ilk yevropaliklar  yangi zaminda yetishtirgan birinchi hosilni olar ekan, xudoga va momo yerga rahmat aytadi; baraka va tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

O’shandan beri shukronalik kunida Amerika oilalarida katta dasturxon yoziladi.

Roasted turkey with detail of pop-up timer
Asosiy taom – kurka, Shimoliy Amerika xalqlari sevib yeydigan go’sht. Ushbu bayram din yoki elat tanlamaydi. 

Amerikada yashayapsizmi, demak, sizdan ham shukur qilish, do’stu-birodarlar bilan bir burda noningizni baham ko’rish kutiladi.

Dunyoda til borki, “rahmat” degan so’zga ega. Xudoga shukur qilish esa har bir dinga xos qadriyat. 

Shukur qilish har bir dinga xos odat

Nyu-York yahudiylari yetakchilaridan Maykl Strassfeld fikricha, inson har kuni yorug’lik va go’zallikda o’tgani, hayot ne’matlaridan bahramand bo’lgani uchun ham xudoga rahmatlar aytib yashashi kerak.
 
[insert caption here]
Odatda inson boshiga kulfat tushgandagina xudoni eslab qoladi, deydi ravvin:

“O’lim haq deyishadi. Shu sabab bo’lsa kerak, o’tganlarni duo qilib, tiriklarga umr tilaymiz va hayotligimiz uchun xudoga shukur aytamiz.”

Nasroniylar ham shuni ta’kidlaydi. Injilda yozilishica shukuronalik bu ezgulikdir. Ko’rsatilgan iltifot yoki yog’ilgan nazarga qaytarilgan javob.

Ruhoniy Jeyms Kovalskiy Iso Masih hikoyasini eslaydi:

“Payg’ambar bir necha odamni davolasa-da, unga rahmat aytish uchun faqat bir inson qaytib keladi. Shunda Iso Masih seni tashakkur aytishing nafaqat jisming balki ruhing ham shifo topganidan dalildir, deydi”.

Islomda ham Olloh - shukronalik va rag’bat manbaidir. Ollohni bejiz “ra’ziyaalloh” - rizolik ilohi deyishmaydi. Shayx Farixaning aytishicha, islom ta’limoti har soniya shukur qilishni targ’ib qiladi.

“Shukur qiling, Ollohga intiling, shunda dunyo ham sokinroq bo’ladi”, - deydi shayx. 

[insert caption here]
“Qur’onga bir mo’jiza manbai sifatida qarashadi. Unda keltirilgan har bir voqelik tagida butun olam, unsir-u jinslar sohibi Ollohga hamd-sano keltiriladi. Quyosh, Oy, yulduzlar borki, o’z yaralish manbaidan minnatdor. Ana shu shukronalik esa hayot davom etishi uchun asosdir. Inson tug’ilishidan boshlab to qabrgacha shukronalik ruhi bilan yashasa, yuragida yovuzlik bo’lmaydi. Bu esa dunyoni hozirda mavjud xunrezlik va zo’ravonliklardan xoli saqlagan bo’lardi. Sabab yaratgan tangri shukronalik evaziga rag’bat beradi”, - deydi shayx Farixa.

Buddistlar esa “reinkarnatsiya”ga ishonadi, ya’ni ruhlarning ko’chib yurishiga. Buddistlar har bir ruh, vaqti kelib bir marta bo’lsa ham ona timsolida kelishini aytadi.

Shu sabab kim bo’lishidan qat’iy nazar bir-birimizga oqibatli bo’lib, shukur aytishni kanda qilmaylik, deydi ular.

Dunyoda ko’p xalqlar Hosil bayramini nishonlaydi. Shu jumladan, Amerika tub aholisi bo’lmish hindu qabilalari ham. Har yil kuzda ona yer to’qchilik va to’kin-sochinlik uchun minnatdorchilik bildiriladi. 

Amerikada Shukronalik bayrami – dam olish kuni.  Biror sabab tufayli bir-biridan uzoqlashgan oilalar bayram bahona katta dasturxon atrofiga yig’iladi.

[insert caption here]
Vashington markazida gavjum bir oshxona bor…


Ko’p shaharlardagi restoran va mehmonxonalarda isrofgarchilik tabiiy hol. Lekin ayrim  tadbirkorlar mahsulotni uvol qilmay, muhtojlarga tarqatish yo’lini topgan.

Vashington markazida gavjum bir oshxona (DC Central Kitchen) bor. Uni Robert Egger ismli usta tadbirkor boshqaradi. Kunda taxminan ikki tonna oziq-ovqat tayyorlanib, muhtoj oilalar, kasalxona va qariyalar uylariga tarqatiladi.

Robert Egger bu oshxonani 20 yil oldin ochgan. O’sha paytlar tungi klub boshlig’i edi.

“Restoranlarda har kuni bir dunyo ovqat ortib qoladi. Bekorga uvol bo’ladi. Shu mahsulotni yo’qsillargatarqatish mumkin-ku”, -deydi u.

Pokiza, toza, biroq ortib qolgan meva-cheva, sabzavot va go’shtdan turli taomlar tayyorlaymiz, deydi Robert. 

“Shaharning turli burchaklarida joylashgan restoran, mehmonxona, kasalxona, universitetlarga borib, oshiqcha oziq-ovqatni muzlatgichga ortib, oshxonamizga olib kelamiz”, - deya tushuntiradi Robert Egger.

Oshxona qoshida pishir-kuydirni o’rganaman, deydiganlar uchun kurslar bor. Ish izlab yurgan odamlar, yoshlar, keksalar kelib, hunarli bolib ketadi. O’qishdan bo’sh paytida talabalar ham oshxonaga yordam beradi.

Ikki qizning otasi - Maykl Rob avval qoradori sotib kun ko’rar edi.  Oshpazlikni hunar qilganiga ikki yil bo’libdi.  “Binoyidek kasbim bor”,- deydi u.

[insert caption here]
Oshxonada ko’ngilli ishchilar – yoshlar juda ko’p. Robert Egger “oshxonamiz no-tijoriy muassasa” deydi. Xayriya evaziga ishlaydi. Internetda va jamoat orasida targ’ibot ishlari olib boriladi. Tashkilot doimiy homiylarga ega. 

Ular asosan xususiy kompaniyalar, supermarketlar va boy-badavlat amerikaliklar.  Tushgan pul oshxonaning doimiy xodimlari va turli xizmatlar uchun sarflanadi.  

Oshxona grantlarga tayanadi. Masalan, Jahon Banki va boshqa moliyaviy tashkilotlardan mablag’ oladi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available