VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQShda moliyaviy tanglik; xorijlik talabalar qay ahvolda?


07/12/2008

[insert caption here]
Nodir Zakirov Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida (Georgetown University) huquq sohasini o'rganmoqda
Yashash qimmat, o'qish undan qimmat

Amerikada iqtisodiy tanazzul oqibatida aksariyat oilalar o’qish bahosini to’lashga qurbi yetmay, qo’l siltashga majbur.

Yoki bolamni o’qitaman deb, qarzga botib, keyin to’lay olmay, xunob.  

Vaziyat murakkab, ota-onadan uzoqda, biror moliyaviy ko’maksiz ta’lim olayotgan yoshlarning holi nima kechmoqda?

AQShda oddiy mehnatkashlar bugungi moliyaviy tanglikning asosiy jabrdiydalari.  Yashash qimmat, o’qish undan qimmat.

1982-2007 yillar oralig’ida AQShda oliy ma’lumot olish bahosi 440 foizga o’sgan.  

Oilalar daromadi, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, esa 150 foizga ko’tarilgan xolos.  

Ta’lim qimmatligidan, ayrim amerikalik yoshlar Yevropa yoki Osiyo davlatlariga borib o’qib kelmoqda. 

Qo’shma Shtatlarda bankdan kredit olib o’qish oddiy hol. Universitetni bitirgach, olingan qarzni foizi bilan qaytarasiz. Kredit muntazam berilishi uchun talaba yaxshi o’qishi va bankka har semester yakunida hisobot berib turishi shart.  

Stipendiya oladiganlarga osonroq

Stipendiya oladigan yoshlar ham talaygina. Ular asosan AQSh davlati yuritadigan xalqaro dasturlar orqali xorijdan kelgan talabalar.

Shuningdek o’zi mustaqil holda grant yutgan yoshlar, jumladan, o’zbekistonlik  Nodir Zakirov.

“Amerikada o’qish juda qimmat – o’rtacha 40-50 ming dollar, darslarning o’ziga. Yashash xarajatlari bilan yiliga 60 mingga chiqishi mumkin. Amerika hukumati stipendiyalari bilan kelgan talabalarga bu bilinmaydi. Chunki ular har oy stipendiya oladi. Shuning hisobiga kun ko’radi”.

Nodir Zakirov hozir Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida huquqshunoslikdan (Georgetown University Law Center) ta’lim olmoqda. 

Universtitetdan olingan moliyaviy yordam o’qishni qoplaydi.  Ammo turar joy va kundalik yegulik uchun Nodirning o’zi to’lashi kerak.

“O’zimga kelsak, kundalik sarfiyotni qoplash uchun universitetda ishlashim kerak.  Professor yordamchisiman. Amerikaga kelishdan avval har bir student yaxshilab o’ylab ko’rishi kerak ekan. Bu xarajatni ko’tara oladimi? Puli bor ham deylik.  Shuncha pulni AQShda sarflab, keyin qayerda ishlamoqchi? O’zbekistonda-mi? O’zbekistonda ish topish uchun Amerikada bir dunyo pul to’lab o’qish shartmi?  Mana shu haqda o’ylab ko’rish kerak”, - deydi Nodir Zakirov.

[insert caption here]
Iqtisodiy krizis tufayli AQShda ish topish qiyinlashgan

Hindistonlik Anup Kumar Soman va Saumya Shivanna kelasi yil mana shu Jorjtaun Universitetini bitiradi.

Anup kimyoviy texnologiya, Saumya esa bilogik texnologiya sohasini o’rganmoqda. Har ikkisi vatanidan, Hindiston hukumatidan, qarz olib o’qimoqda.

“Narx-navo oshgan. Transport, oziq-ovqat va ijara haqi qimmat. Moliyaviy ahvol og’ir. Kompaniyalar ham ishga yollashi mavhum bo’lib turibdi. O’qishni bitirib, qiynalib qolmasak bo’lgani”, - deydi Saumya.

[insert caption here]
Ish topsak, qolamiz, bo'lmasa, uyga-da!

“Amerikada kompaniyalar xorijlik talabalarni ishga yollashga hushi yo’q hozir. Ular ish o’rinlarini avvalo mahalliy aholiga berishni istaydi,” – deydi Anup Kumar Soman. “Amerikada ish topsak, yaxshi. Bo’lmasa, Hindistonga qaytamiz. U yerda imkoniyatlar juda ko’p”.

O’zbekistonlik talaba Nodir Zakirov ham Qo’shma Shtatlarda ishlash imkoniyati bo’lsa, yo’q demasdim, deydi.

“Tajriba orttirish uchun 3-4 yil ishlagan bo’lar edim. Albatta keyin O’zbekistonga qaytaman. To’g’ri, u yerda ish topish qiyin, lekin harakat qilsa, biror natija chiqadi. Masalan, O’zbekistonda xalqaro tashkilot, yirik kompaniyalar chet elda o’qigan mutaxassislarga xayrixoh. Agar shunaqa kompaniyalar ko’paysa, xorijdagi yoshlar tezda vataniga qaytadi. Yaqinda O’zbekistonda investitsiyalarni jalb qilishga doir farmon chiqdi. Agar bu kabi harakatlar ish bersa, xorij davlatlarining O’zbekiston siyosatiga ishonchi ortsa, ko’proq moliya kirib kelsa, mamlakatda ish o’rinlari ko’payadi”, - deydi Nodir Zakirov.

Iqtisodiy krizis chegara bilmaganidek, imkoniyatlar maydoni ham cheksiz.

Bu yoshlar bugungi muammolar o’tkinchi ekanini, talabalik yillari har yerda ham mashaqqatli o’tishini va qo’lga diplom olingach ular oldida yangi imkoniyatlar uchun eshiklar ochilishini biladi. Hozircha esa kitob va yegulik haqida o’ylash kerak.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi

  Boshqa xabarlar
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available