VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston saylov qonunlariga o'zgartirish kiritilgan


11/12/2008

[insert caption here]
O’zbekistonda mustaqil tashabbus guruhlaridan parlamentga nomzodlar ko’rsatish bekor qilingan. Sharhlovchilar fikricha, mustaqil qarashga ega biror deputat Oliy Majlisga saylanishi mumkin degan so`nggi umid ham puchga chiqqan.  

Bu o’zgartirishlarga muvofiq, O’zbekiston Oliy Majlisi deputatligiga faqat rasmiy partiyalardan ko’rsatilgan nomzodlar da’vo qilishi mumkin.

Ya’ni mustaqil tashabbus guruhlaridan parlamentga nomzod bo`lish imkoniyati yo’qqa chiqdi.
O’zbekiston Oliy Majlisi deputatlar sonini 120 dan 150 o’ringa ko’paytirgan;  15 tasi yaqinda tashkil etilgan  O`zbekiston Ekologlari ijtimoiy harakatiga berilgan.

Jamoatchilik bu tashkilot haqida unchalik xabardor emas.

“Ularni yaxshi bilmaymiz. Ko`rganman, lekin dasturlari bilan tanish emasman”, - deydi ekologlardan biri.

Shu yilning dekabrida O’zbekistonda parlament saylovlari o`tishi kerak. Hozirgacha biror muxolif partiya ro`yxatga olinmagan, amaldagi partiyalar hukumatning “qo’g’irchoq partiyalari” deya tanilgan.

Parlamentning Qonunchilik va sud-huquq qo`mitasi raisi Nuriddin Ismoilov “Xalq so`zi” gazetasida bu tuzatishlarni izohlar ekan, tashabbus guruhlaridan nomzod ko’rsatish bekor qilingach, saylov jarayonida jinoiy guruh vakillarining mahalliychilik yoki boshqa asoslarda parlamentga kelib qolishining oldi olinadi, deydi.

Holbuki, deydi tahlilchilar, tashabbus guruhlari orqali chiqishi mumkin bo`lgan mustaqil nomzodlar oldida eshiklar yopilgan.

“Hech qanday imkoniyat qolmadi, bundan keyin faqat shu qo`g`irchoq partiyalar ish olib boradi. Xullas, Oliy Majlisda xalq dardi shu partiyalar tomonidan chiroyli qog`ozlarga o`ralgan holda aks ettiriladi”, - deydi faxriy jurnalist, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Toir Uchqunov.  

Mahalliy faollardan biri Abdulla Tojiboy o`g`li kutilayotgan parlament saylovlarida tashabbus guruhi orqali ishtirok etishni ko`zlayotgan edi.

“Adolatli saylovlar uchun” jamoat tashkiloti rahbari Abdulla Tojiboy o`g’li tashkilotni ro`yxatdan o`tkazish uchun O`zbekiston Adliya vazirligiga ariza bergan, biroq hozircha biror natija yo’q.

Deputatlikni maqsad qilgan fuqarolar mavjud siyosiy partiyalarga a`zo bo`libgina, o’z maqsadiga erishishi mumkin.

Biroq siyosatda o`zgarish istagan faollar bunday imkoniyatdan foydalanishni istamaydi.
“O`tgan prezident saylovlaridagi kabi bunda ham oldindan  tayinlangan nomzodlar ko`rsatiladi, o`shalar o`tadi. Shuning uchun bu qo`g`irchoq partiyalarga qo`shilib, o`zgarishga umid qilish foydasiz. Bundan biron narsaga erishib bo`lmaydi ”, - Abdulla Tojiboy o`g`li.

Oliy Majlisga mustaqil deputatlarning saylanishiga imkoniyat beruvchi boshqa bir yo’l - muxolif partiyalarning ro`yxatga olinishidir. Biroq bunga ishonch yo’q, deydi mutaxassislar.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available