VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Qamoqxonalarda ahvol ayanchli, deydi mahbuslarning yaqinlari


22/12/2008

Besh yilga qamalgan shoir Yusuf Juma jazo kamerasiga tashlangani xabar qilinmoqda.

Panjara ortidagi siyosiy mahbuslarning ozod etilishini so’rab shu kungacha hukumatga o’nlab maktublar tushgan va Yevropa Ittifoqi ham bu borada murojaat qilishda davom etmoqda.

[insert caption here]
Besh yilga qamalgan va "Jasliq"da saqlanayotgan shoir Yusuf Juma jazo kamerasiga tashlangani xabar qilinmoqda.

Panjara ortidagi siyosiy mahbuslarning ozod etilishini so’rab shu kungacha hukumatga o’nlab maktublar tushgan va Yevropa Ittifoqi ham bu borada murojaat qilishda davom etmoqda.

Yusuf Jumaning qizi Feruza otasi bilan uchrashgani “Jasliq” qamoqxonasiga borgan, biroq ko`risha olmagan. Nega uchrashishga ruxsat berilmagani haqida muassasa nazoratchilari izoh bermagan.

“Ikki soatlik ushrashuv uchun borgan edim, ruxsat berishmadi. Yana izimdan kuzatib yurishdi, qo`rqitib”, - deydi Feruza.

Uning fikricha Yusuf Juma jazo kamerasida ekani uchun ham uchrashishga ruxsat berilmagan.

huquq
Bu haqidagi xabarni esa Feruzaga boshqa mahbuslarning yaqinlari aytgan.

“Otam kabi 159-modda bo`yicha qamalgan mahbuslarning qarindoshlari bilan ko`rishgandim. Ular dadamning nechanchi otryaddaligini so`rashdi. Birinchi otryadda dedim. Keyin bu otryaddagilarning hammasi ochlik e`lon qilgani uchun jazo kamerasiga tiqilganini aytishdi. Bu otryaddagi dindorlarning ayrimlarining nomusiga tegishgan ekan, shunga norozilik sifatida ular hammasi ochlik e`lon qilishgan”, - deydi Feruza.

Uning aytishicha, mahbuslarning ahvoli nihoyatda og'ir. Jinsiy zo'ravonlik hollari haqida qo'rqinchli ma'lumotlar bor.

Yusuf Jumaning qamalganiga bir yildan oshdi. Shoir hokimyat vakilini haqorat qilish, tan jarahoti yetkazishda aybdor deb topilgan.

Shoirning qamalishi aslida hukumatni keskin tanqid ostiga olgan she`rlari va muxolif faoliyati bilan bo`gliq ko`riladi.

Yusuf Jumaga nisbatan tazyiq prezident Islom Karimov istefosini so`rab o`tkazilgan piketlardan so`ng boshlangan edi.

Yusuf Jumaning ozodlikka chiqarish talabi bilan so`nggi paytda xalqaro va mahalliy miqyosda ham ko`plab murojaatlar qabul qilindi.

Muxolifat vakili, adabiyotshunos olim Botir Norboyev nazarida:

“Biz Yusuf Juma ozodligi uchun kurashishimiz kerak. U qamoqxonada qancha ko`p yotsa, hukumatning sha`niga shuncha yomon gap aytiladi. Odamlar, xalqaro jamoatchilik ahmoq emas, mamlakat ichkarisida uni qanchalik yomon ko`rsatishga harakat qilishmasin, uning kimligini butun xalq biladi. Oddiy odam hayoti bilan buyuk shoir hayoti o`rtasida farq bor. Podshohlar, prezidentlar o`tib ketadi. Shoirlar abadiy yashaydi. Yusufning she`rida ham bor: shoirning o`zini yo`qotish mumkin, lekin uning so`zini yo`qotib bo`lmaydi”.

Ayni paytda O`zbekistonda shoir, yozuvchi, huquq himoyachilari va jurnalistlardan iborat 30 ga yaqin kishi turli ayblar bilan qamoq jazosini o`tamoqda.

Ular, himoyachilar nazarida, asosan muxolifatdagi yoki inson huquqlari bobidagi faoliyati sabab jazolanmoqda.

Yevropa Ittifoqi mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonov va huquq himoyachisi A`zam Turg`unovlar ustidan chiqarilgan hukmlarni qoralagan.

Solijon Abdurahmonov giyohvand moddalar savdosida, A'zam Turg`unov esa pora talab qilganlikda ayblanib, Qoraqolpog`iston sudi tomonidan 10 yildan qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Har ikki ishni qayta ko`rib chiqqan Qoraqolpog`iston Oliy sudi hukmni o`z kuchida qoldirgan.

Sud jarayonlarini kuzatgan huquq himoyachilari Solijon Abdurahmonov va Azam Turg`unovga qo`yilgan ayblarda dalil isbotlar yo`qligini, ular kasbiy faoliyatlari uchungina jazolanganini ta`kidlaydi.

Mahalliy faollar rasmiy Toshkent bilan muloqot boshlagan Yevropa Ittifoqi vaziyatning yaxshilanishi uchun hissa qo'shadi degan umidda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available