VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh matbuoti: Amerika Rossiyaga tahdid emas

30/12/2008

AQSh matbuoti so'nggi paytda Rossiyadagi jarayonlar va mamlakatning tashqi siyosatiga alohida e'tibor qaratmoqda. Ayniqsa prezident Dmitriy Medvedevning AQShga qarata qilgan bayonotidan so'ng. 

"Rojdestvo kunlarida hamma jahonda tinchlik tilaklarini keltirayotgan bir paytda, Rossiya rahbarlari aksini qilmoqda," deb yozadi "Vashington Tayms" gazetasi (Washington Times).

"Kreml AQSh Rossiyaga tahdid solmoqda deb so'nggi paytda harbiy kuchi va qurollari haqida ko'p gapirmoqda, vaholanki bularning barchasi quruq vahima" deyiladi gazetada.

"AQSh moliyaviy inqiroz, iqtisodiy tanazzul, ishsizlik, Iroq va Afg'onistondagi urushlar, Yaqin Sharq muammolari bilan yuzlashayotgan bir paytda Rossiya AQShning xayoliga kelgani ham yo'q."

AQSh yangi qurollar yaratayotgani yo'q, tasarrufidagilari esa eskirib bormoqda, ammo Rossiya yangi strategik qurollar ustida ishlashdan toymayapti. 2008 yilda yangi raketalar yetti bor sinovdan o'tkazilgan bo'lsa, kelasi yilga 13 ta sinov rejalangan.

Bundan tashqari, deb yozadi "Vashington Tayms", Rossiya Eron va Suriya kabi AQSh bilan do'stona aloqada bo'lmagan davlatlarga havo hujumidan mudofaa qilishga qodir S-300 rusumidagi raketalarini sotmoqda.

NATOning kengayishi va AQShning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasidan cho'chigan Rossiya yangi qurollari, harbiy salohiyati va qo'shni davlatlarni ogohlantirishga qaratilgan bayonotlari bilan Yevropa ko'ngliga g'ulg'ula solib, AQSh va uning qit'adagi ittifoqchilari orasiga nizo urug'ini sepmoqchi. Bularning barchasi - Putin rejasi, biroq Rossiyaning asosiy daromadi hisoblanmish neftning jahon bozorida arzonlashishi rejani amalga oshirishga halaqit bermoqda, deb yozadi "Vashington Tayms".

"Uol Strit Jurnal" gazetasida (Wall Street Journal) keltirilishicha, rossiyalik olim Igor Panarin Qo'shma Shtatlar 2010 yilga borib qulashini bashorat qilmoqda. Uning fikricha, iqtisodiy va ma'naviy tushkunlik Qo'shma Shtatlarda fuqarolik urushiga olib keladi. Panarin KGBda tahlilchi bo'lib ishlagan, ayni damda Tashqi ishlar vazirligi akademiyasida bo'lajak diplomatlarga dars beradi.

"AQShning parchalanishi Rossiyaga foydadan ko'ra ko'proq zarar keltiradi, chunki Rossiya iqtisodiyoti ayni damda AQSh bilan savdo va dollarga tayanadi" deydi Panarin gazetaga.

Uning bashoratiga ko'ra 2010 yil yoziga borib, AQSh fuqarolik urushi oqibatida olti qismga bo'linadi. Alyaska Rossiyaga qaytadi.

AQSh va Kanadani o'rganish instituti direktori Sergey Rogov bu bashoratni safsata deb jiddiy odamlar unga e'tibor berayotgani yo'q deydi.

"Boston Gloub" gazetasi (Boston Globe) Liviya rahbari polkovnik Muammar Qaddafining maqolasini chop etgan. Yaqinda Rossiyaga safar qilgan Qaddafi G'arbning bu mamlakatga nisbatan siyosatini tanqid qiladi. Uning fikricha, NATOning sharq tomon kengayishi, Gruziyadagi urush, sobiq Sovet davlatlarida inqilobiy harakatlar rossiyaliklarda millatchilik hissini uyg'otib jahon xavfsizligiga rahna solmoqda.

Qaddafiga ko'ra Qo'shma Shtatlar yangi prezident rahbarligida tashqi siyosatini qayta ko'rib chiqib, boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishdan o'zini tiyishi kerak.

AQShda chiqadigan "Nyusuik" jurnali (Newsweek) jahondagi besh diktatorni aniqlagan. Bu ro'yxatga O'zbekiston prezidenti Islom Karimov ham tushgan. "Nyusuik" Karimovni Zimbabve prezidenti Robert Mugabe, Birmada harbiy to'ntarish oqibatida hokimiyat tepasiga kelgan Tan Shve, Sudan prezidenti Umar al-Bashir hamda Ekvatorial Gvineyaning 1979 yili o'z amakisini hokimiyatdan ag'darib, o'rniga o'tirgan rahbari Teodoro Obiang Nguyema qatoriga qo'shgan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available