VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Amerikada muhojir uchun o'z sohasida ishlash oson emas


05/01/2009

Immigration, labor shortage, farming
Diplom nafaqat vatanda, balki xorijda ham yashil chiroq rolini o’tashi mumkin.

Ziyoli inson hech yerda xor bo’lmasligi kerak. Shu jumladan imkoniyatlar makoni Amerikada ham.

Haqiqatan, AQShda diplomli muhojirlar ko’pincha yaxshi ishga o’rnashadi. Ammo Vashingtondagi Migratsiya markazi hisobotiga ko’ra, ishsiz yurgan shifokor va olimlar juda ko'p.

Qo’shma Shtatlarda bugun 6 millionga yaqin oliy ma’lumotli muhojir bor.

Batalova
“Shundan 20 foizi yo ishsiz, yo qora mehnat bilan kun ko'radi”, - deydi Vashingtondagi Migratsiya markazi xodimi Janna Batalova.

“AQShda diplomli odam uchun hamma yo’llar ochiq deyishadi. Biroq doim ham unaqa emas. So’nggi izlanishlar shundan dalolat bermoqda. 1 milliondan ziyod malakali, universitetni bitirgan muhojir ishsiz yoki haydovchi, qorovul, farrosh va shunga o’xshash kasblarda ishlashga majbur”.

Nima uchun? Nega bu insonlar o’ziga munosib ish topa olmayapti? Ularga talab qanday?

“Sabablar ko’p, biroq ikki asosiy omilni aytib o’tish kerak",- deydi Batalova.

More American doctors go into specialized medicine like surgery
"Birinchidan, muhojirlar ingliz tilini mukammal bilmaydi. Amerikada ishlash uchun til bilish kerak. Vaholanki, buning uchun muhit, maxsus kurslar lozim. Ikkinchidan, chet el diplomi va u yerda orttirilgan tajriba AQShda tan olinmaydi. Albatta, ba’zi kasb egalari Amerikada maxsus test va sinovlardan o’tib, yana kasbini davom ettirishi mumkin. Ammo barcha hunarlar uchun ham shunday emas. Natijada oliy ma’lumotli, til bilgan mutaxassis AQShga kelib, nima qilishini bilmay qoladi. Qayerga borish, kimdan so’rashga hayron”.

Demak, Amerikaga kelgan muhojir yana universitetga kirishi shartmi? Axir bu davlatda o’qish arzon emas.

“Qaysidir ma’noda qayta o’qishga to’g’ri keladi",- deydi Batalova. "

Masalan, hisob-kitob, buxgalteriyani vatanida – Tojikiston, Chexiya yoki Moldovada o’rgangan odam AQShka kelib darrov ishlab keta olmaydi. Chunki AQShda ish uslubi boshqacha. Huquq sohasida ham shunday. Birinchi kursdan boshlab qayta o’qish kerak bo’lmasa ham, har holda qandaydir tayyorgarlik bo’lishi kerak. Shuning uchun har bir shtatda chet el diplomini tan oladigan yoki mana shu insonlarni AQShda yashab, ishlab ketishiga yordam beradigan sistema ishlab chiqilishi kerak”.

Muhojirlar til o'rganish darslarida
Janna Batalovaning aytishicha, Amerika bu muhojirlardan unumli foydalanishi mumkin. Ular ulkan daromad manbai, muhimi bir oz sarmoya kiritishdan qochmaslik kerak, deydi u.

Chunki mana shu vrach, muhandis yoki olimlarning bilimi, tajribasi bor. Ularni boshidan o’qitishga hojat yo’q. Faqat til o’rganish va kasbiy hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamga muhtoj.

Buni tushunib yetgan va yechim izlashga kirishgan shtatlar bor.

“Vashington, Merilend va Illioys shtatlari chet el diplomini tan olish ustida o’ylanib qolgan. Ular jarayonni yengillashtirish, chet ellik mutaxassislarga ish topishda yordamlashish uchun alohida dastur ishlab chiqmoqda. Dastlab, bu fuqarolar yarim stavkada ishlashi yoki amaliyot o’tashi mumkin. Mana shu vaqt ichida muhojir AQShdagi tartib-qoida, muhitga moslashadi. Hozircha faqat mana shu 3 shtat qandaydir tashabbus bilan chiqmoqda, qolganlari esa sukutda”,- deydi Batalova.

Yaqinda Merilend shtatida chet elda o’qigan hamshiralar uchun yordam dasturi ishga tushdi. Shtatda tibbiyot xodimlariga talab katta. Shu bois ma’murlar xorijlik hamshiralar uchun 2 yillik til va kasbiy kurs ochgan. O’qishni bitirganlar ish boshlashi mumkin.



E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available