VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan


15/01/2009

[insert caption here]
Human Right Watch
inson huquqlari tashkiloti nazarida, prezident Jorj Bush davrida Qo’shma Shtatlar huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan.

Yangi prezident Barak Obama, deya tavsiya qiladi tashkilot, ichki va tashqi siyosatda inson huquqlari mayog’ini baland ko’tarib, yetakchilikni qayta qo’lga olishi zarur.

Markazi Nyu-Yorkda joylashgan Human Right Watch tashkiloti rahbari Kennet Rot deydiki, so’nggi 8 yil mobaynida Bush ma’muriyati qabul qilgan qarorlar natijasida Amerika huquqni poymol etuvchi davlatlar qatoriga qo’shilib qoldi.

Natijada bugun xalqaro sahnada huquq himoyasiga bo’lgan munosabat va me’yorlarni Xitoy, Pokiston, Rossiya va Misr kabi erkinlik keskin cheklangan davlatlar belgilab bermoqda. Chunki Amerika huquqni e’zozlovchi hukumat  sifatida namunalikni boy bergan, deydi xalqaro tashkilot rahbari.

[insert caption here]
“Qo’shma Shtatlar terrorga qarshi urushni boshlashi bilanoq huquq nimaligini unutdi. Boshqalarga o’rnak bo’lish u yoqda tursin, repressiv hukumatlar bilan til biriktirib mahbuslarni qiynoqqa solish, sudlashdan bosh tortish haqida maxfiy qarorlar chiqardi”, - deydi Kennet Rot.

Human Right Watch yangi bo’lajak prezident Barak Obamadan AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasini yopish, u yerdagi terrorda gumon shaxslarni sudlash yoki erkinlikka chiqarishni so’ragan. Ular taqdirini hal qilishda boshqa davlatlar ham ko’maklashsin, deydi Rot.

“Prezident Bush Oq uyni tark etar ekan,  AQShning ittifoqchilari Obamaga Guantanamoni tezda yopishga yordamlashishi zarur”.

Tashkilot so’nggi hisobotida G’azodagi vaziyat bilan bir qatorda huquq ahvoli o’ta qoniqarsiz mamlakatlar nomini ham keltiradi,  jumladan Birma, Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, O’zbekiston va Zimbabve.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Guantanamodagi o'zbek mahbus ishi amerikalik advokat qo'lida
Amerika yaqin kelajakda global nufuzini boy berishi mumkin
AQSh Guantanamodagi mahbuslar taqdirini hal etishga urinmoqda
Qiynoqlarni aks ettirgan videokasseta yo'q qilingan
AQSh yana qiynoqlarda ayblanmoqda
 
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available