VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obama uchun Kreml bilan til topishish oson kechmaydi


17/01/2009

[insert caption here]
Barak Obama lavozimiga kirishganida tashqi siyosat, jumladan Rossiya bilan sovuqlashgan munosabatlarni qayta ko’rib chiqishiga to’g’ri keladi.

Aksariyat tahlilchilar ikki mamlakat orasida bugungi aloqalarni salbiy deb baholaydi. Rossiya Vladimir Putin prezidentligi davrida va hozir ham AQSh tashqi siyosatini tanqid qilib, bu davlatni kalondimog’lik, xalqaro hamjamiyat fikrini nazar-pisand qilmaslikda ayblab keladi. 

Putinga ko’ra Iroq istilosi bunga eng yorqin misol. Rossiya Amerikaning Iroqqa yurishiga so’nggi daqiqalargacha qarshi chiqqan davlatlardan. Rossiya Gruziyaga bostirib kirganida esa Putinning Oq uyga javobi tayyor edi, ya’ni “o’zingiz Iroqda nima qildingiz?”

Tahlilchilar ta’biricha, muhlatini tugatayotgan prezident Jorj Bush va Vladimir Putin o’rtasidagi qator uchrashuvlar ham o’rtadagi muzni erita olgani yo’q.

Brent Skovkroft 1970-1980 yillarda AQSh Xavfsizlik Kengashida maslahatchi bo’lib ishlagan.

[insert caption here]
“Hech bir tomonda bir-biriga quloq tutish, gaplashish, dardini tushunish istagi sezilmaydi. Vaholanki Sovuq urush tugagach Qo’shma Shtatlar Rossiya bilan munosabatlar qanday kechishi to’g’risida jiddiy o’ylanishi,  kerak bo’lsa muayyan strategiya ishlab chiqishi kerak edi”, - deydi Skovkroft. 

Sovet Ittifoqining parchalanishi, deydi sobiq diplomat, Rossiyani go’yoki o’tmishdan soqit qildi. Mamlakat bugun o’z yo’lini topishga, jahon sahnasida avvalgi obro’-nufuzini tiklashga urinmoqda.

AQSh sobiq mudofaa vaziri Jeyms Shlezinger deydi-ki, Qo’shma Shtatlar shu paytgacha Rossiya manfaatlari bilan hisoblashmay kelgani rost. “Biroq Rossiya  so’nggi paytlarda ochiq zo’ravonlikka berilar ekan, ular bilan do’stlik haqida gaplashib bo’larkanmi?”

Jeyms Shlezinger tilga olayotgan Rossiyaning Gruziyaga hujumi Vashington-Kreml aloqalarini tamoman izdan chiqargan. Ma’lumki, gruzin armiyasi bo’lginchi hudud – Janubiy Osetiya poyxatini nazorat ostiga olishga uringanida, Rossiya o’z fuqarolarini himoya qilish uchun mintaqaga qo’shin kiritgan edi. Gruziya suverenitetini quvvatlagan Bush ma’muriyati Kremlning bu harakatini qattiq qoralagan.

[insert caption here]
Rossiya qo’shnilari Ukraina va Gruziyaning NATO tashkilotiga kirishiga ham qarshi. AQSh esa bu davlatlar bilan yaqin aloqada va yaqinda ular bilan strategik hamkorlik to’g’risida kelishuv imzolagan.

Orani buzgan yana bir masala AQShning Yevropada yangi mudofaa tizimlari  o’rnatish niyatidir. Rossiya buni o’ziga xavf deb biladi. Tahlilchilar fikricha Amerikaning yangi rahbariyati bu rejadan qaytishi mumkin. Barak Obama avval bu mudofaa sistemasini sinab ko’rish kerak demoqda.

AQSh sobiq tashqi ishlar vaziri Lorens Iglberger masalaga kengroq qaraylik deydi. “AQSh Rossiyaga chegaradosh davlatlar bilan ittifoqchilik rishtalari o’rnatib, buning ustiga Polsha va Chexiyada ballistik raketalarini joylashtirmoqchi bo’lsa, Rossiya bu uni yakkalashga urinish deb qabul qilishi tabiiy”, - deya tushuntiradi sobiq vazir.

Ammo o’rtadagi taranglikka qaramay, Vashington va Moskva terrorizm, energetika va atom qurollari tarqalishining oldini olish kabi, har ikki tomon uchun muhim sohalarda hamkorlik qiladi.

“Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan keksa arboblar Obamaning “do’st va dushman bilan birdek gaplashishga tayyorman” degan so’zlaridan ruhlanganini aytadi. 

“Hatto yadro mojarosi chiqqan 1960-yillarda Sovet Ittifoqi va AQSh bir-biri bilan gaplashibgina muammo hal etilgan”, - deydi general Brent Skovkroft.

Barak Obama prezidentligining ilk oylarida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uchrashishi mumkin.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
Rossiya Belarusda raketa joylashtirishni rejalamoqda
AQSh Kremlning mudofaa tizimi rejasiga javobidan norozi
Rossiya Yevropa xavfsizligi borasida Obama bilan kelishadi
AQSh-Rossiya aloqalari tarangligicha qolmoqda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available