Amerika xalqi har yili 19 yanvarda fuqaro huquqlari uchun kurashgan Martin Lyuter Kingni xotirlaydi.Hayot
bo’lganida King shu kunlarda 80 yoshga to’lgan bo’lardi. Irqchilikka qarshi
bosh ko’tarib, tenglik uchun ter to’kkan arbob yurtdoshlarini o’z haq-huquqlarini
qon to’kmay talab qilishga undagan.
“Xalqim va
butun dunyo shuni bilsinki, biz tenglik uchun kurashdamiz. Bizni hech kim to’xtata
yoki kamsita olmaydi”.
Martin Lyuter King bu kurashni 1955 yilda boshlagan. Alabama shtatining
Montgomeri shahrida oq va qoralar alohida emas, bir avtobusda yurishini talab
qilib chiqqan.
“Biz Montgomerining qora tanli aholisi bu adolatsizlikka boshqa chiday
olmaymiz. Yillar
davomida bizni kamsitib kelishadi. Jamoat transporti hamma uchun bir”,- deydi u o'shanda. 1963 yilga borib Martin Lyuter King boshlagan tashabbus fuqaro huquqlari uchun
harakat tusini oladi. O’sha yilning avgust oyida Vashingtonda 250 ming kishi
namoyishga chiqadi. Martin Lyuter King boshchiligida ular Kongressdan
irqchilikni man etishni talab qiladi.
O’sha minglab faollar qatorida Rojer
Uilkins ham bo’lgan. Irqchilikdan to’yganlar markaziy xiyobonda to’plangan
kunni yaxshi eslaydi.
"Yozning u nurli va jo’shqin damlarini unutib bo’ladimi? Butun mamlakat bir
yoqadan bosh chiqarayotgandek edi… Amerika uyg’onayotgan edi. Irqchilikka yo’q
deb chiqayotgan edi…"
Martin Lyuter Kingning "Bir orzum bor" nutqi bugun amerikaliklar uchun vatanparvarlik shiori.
“Bir orzum bor: bir kun kelib mening to’rt farzandim shunday jamiyatda
yashaydiki, unda ular rangiga qarab emas, ahloqi va vijdoniga qarab
baholanadi”,- degan tenglik yetakchisi.
Namoyishlar ketidan namoyishlar, chiqishlar ketidan chiqishlar… Tenglik uchun
kurash tengsizlik tan olinmaguncha to’xtamasligi ayon edi.
Martin Lyuter King 1964 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga loyiq topiladi.
O’sha yili prezident Lindon Jonson barcha fuqarolar teng huquqqa ega degan
qonunga imzo chekadi.
Bu qonunda
irqchilik jinoyat deb e’tirof etiladi va qora tanlilar oldidagi qator to’siqlar
olib tashlanadi.
“Amerikaning buyukligi shundaki siz haqiqatni talab qila olasiz”!- degan King. Lekin bu qonun bilan Amerikada irqchilik barham topmadi. 1968 yilning mart
oyida Martin Lyuter King Memfis shahrida ishchi-mehnatkashlar huquqi uchun
so’zlab, namoyishlarga boshchilik qiladi. Namoyish zo’ravonlik tusini olib,
shaharda to’polon boshlanadi.
Martin Lyuter King nazarida bu fojia edi.
1968 yilning 4
aprelida yetakchi u Memfisda otib o’ldiriladi.
“Men Amerikaga ishonaman. Orzum ro’yobga chiqqanida men hayot bo’lmasman, ammo
xalqim o’sha kunga yetishini istayman”,- degan edi King o'limidan bir necha daqiqa oldin.
Oradan 40 yil o’tib, Amerikada qora tanli fuqaro prezidentlikka munosib
topildi. Barak Obamaning Oq Uyga saylanishi, deydi tenglik uchun kurashganlar,
Martin Lyuter Kingning orzusi ro’yobga chiqayotganidan dalolat.
Barak Obama 19 dekabr kuni xalqni ijtimoiy foydali mehnatga chiqishga chorlab, o'zi ham Vashingtonda ta'mirga muhroj maktab va boshqa muassasalarga bordi. Bir necha soat ko'ngilli xizmat qildi. Obama tanishtirayotgan qariyb 800 milliard dollarlik iqtisodiy yordam dastur ish o'rinlari yaratishni ham ko'zlaydi.
Shu maqsadda mamlakat bo'ylab qurilish-ta'mirlash ishlari boshlanishi kutilmoqda. Yangi ko'priklar bunyod etilib, yo'llar yaxshilanadi. Maishiy xizmat tizimlari qayta ko'rib chiqiladi. Kongrerss hali bu loyihani ma'qullamagan.