VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda Amerikaning yangi rahbaridan umidlar katta

21/01/2009

[insert caption here]
AQShdagi inauguratsiya, Barak Obamaning prezident sifatida ilk nutqi va butun siyosiy tantana O’zbekistonda katta qiziqish va hayajon bilan kuzatilgan.

Obamaning xalqaro hamjamiyatga qarata aytgan gaplari ayniqsa ziyolilar orasida qizg’in muhokamada.

O’zbekistonda ko’pchilik qasamyod marosimini to’g’ridan-to’g’ri jonli efir orqali kuzatish imkoniyatiga ega emas. Mahalliy faollardan sanoqlilari sputnik antennasi orqali marosimni kuzatishgan, Obamaning prezidentlik nutqini tinglashgan.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanovga ko’ra Barak Obama qasamyodi tarixiy burilishni belgilovchi voqealardan biri.

“Obama nutqida meni e`tiborimni tortgan narsa shu bo`ldi-ki, u hamma sohada, tashqi siyosat ham ochiq oshkora olib borilishini aytdi. Bush davrida qandaydir ziddiyatlar bor edi. Amerikani o`zi demokratiya va inson huquqlari deydi, lekin Iroqdagi, Afg`onistondagi siyosatda mavhumliklar bor edi. Endi bu narsalar ochiq yuritiladigan bo`lsa, Obamani o`ziga xos tomoni shu bo`ladi”, - deydi Tashanov.
 
Vijdon asirlarini ozod etish qo`mitasi rahbari Bahodir Nomozovning aytishicha Obama butun dunyoda o`zgarishlar va umidlar ramzi sifatida qabul qilinmoqda.

“Uning nutqida populizm yo`q. U ochiq aytayapti, bizning oldimizda jiddiy qiyinchiliklar, sinovlar turibdi deb. U biz unaqa qilamiz, bunaqa qilamiz, baribir kelajagimiz buyuk, deb safsata sotayotgani yo`q”, - deydi Nomozov.

Inauguratsion murojaatida Obama dunyo siyosatida, jumladan Sharq va G`arb o`rtasidagi aloqalarda ham o`zgarishlar qilishga va`da berdi.

“Obama o`z nutqida AQShni ichki-tashqi siyosatiga, xalqaro moliyaviy inqirozga  to`xtab o`tdi. U hukumatga kelgach xalqaro siyosat yaxshi tomonga o`zgaradi deb o`ylayman. Iroq, Afg`oniston, Eron masalasida gapirdi, ko`proq muloqotga e`tibor qaratishini bildirdi. Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi vaziyat bo`yicha ham unda o`z rejalari bor deb o`ylayman. 20 yanvar kuni Isroil G`azodan o`z qo`shinlarini olib chiqishi ham bir namuna”, - deydi huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o`g`li.    

“Tezkor guruh” tahlil markazini vakili Shuhrat G`aniyev fikricha Barak Obama birinchi nutqidayoq ehtiyotkor, bosiq siyosatchi bo`lishini namoyon etgan.

“Inauguratsiya marosimida o`zini ushlashi, ochiq-erkin gaplashishi Obamani professional siyosatchi ekanini ko`rsatmoqda. Ikkinchi taassurotim - Obamaga ishonch nihoyatda katta, nafaqat qora tanlilar, balki oq tanlilar orasida ham”.

“Nutqidan shunday xulosaga kelish mumkin -  AQShning tashqi siyosatida Iroqdagi urush tezda tugaydi. Afg`onistonga e`tibor kuchayadi. Buni O`zbekistonga ham ta`siri bor. Obama o`ta ehtiyotkorlik bilan tashqi siyosat yurituvchi siyosatchiga o`xshaydi, ayniqsa Rossiya ta`sirida bo`lgan MDH hududlarida”, - deydi Shuhrat G`aniyev.

AQSh prezidenti qasamyodini ertalab kabel televideniyesi orqali kuzatishni istagan ko`pchilik faollar bu borada muammolar yuzaga kelganini bildirishmoqda. Rossiya kanallari orqali translyatsiya qilinayotgan “Euronews” kanalida uzilish bo`lgani ta`kidlanadi.

O`zbekiston axborot vositalarida AQShda yangi prezident qasamyod qabul qilishi, Barak Obama bilan bog`liq siyosiy o`zgarishlarga o`rin berilgani kuzatilmaydi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Xalqaro hamjamiyat Obamaga bugungi mashaqqatlarni eslatmoqda
Obama prezidentlik nuqtida dunyo ahliga murojaat qildi
Jo Bayden - AQShning yangi vitse-prezidenti
Mishel Obama - Amerikaning "birinchi ayoli"
Obama fikricha diplomatiya eng kuchli qurol
Barak Husayn Obama - AQShning 44-prezidenti
Obama, deydi uning yurtdoshlari, haqiqiy amerikalik
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available