VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQShga kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni kamaygan

26/01/2009

[insert caption here]
AQSh iqtisodiyoti yomonlashgan bir davrda mamlakatga kamroq noqonuniy muhojir kirmoqda.  Biroq Amerikada bugun 12 millionga yaqin hujjatsiz immigrant yashayotgani ham ma’lum.

Qo’shma Shtatlarda bugun non topish oson emas. Ishsiz yurgan muhojirlar ko’p. Lekin ular vatanga qaytishni ma’qul ko’rmaydi. Chunki u yerda ham avhol chatoq. 

Hujjatsiz immigrantlar Amerikada asosan qora ish qilib kun ko’radi.  Bugun ular topgan pul bilan ro’zg’or tebratish qiyin. Soatiga uzog’i bilan 7 dollar to’lansa, bu kuniga 56 dollar degani. Yo’qdan ko’ra bor qabilida yashayotganlar yaqin kunlarda vaziyat tiklanadi degan umidda. 

“Vashington Post” (The Washington Post) gazetasining yozishicha, noqonuniy muhojirlar shtatma-shtat kezib ish qidirishga tushgan. Ayrim sanoat bundan zarar ko’ryapti.

Masalan, qurilish sohasida ishlaganlar ipoteka bozoridagi inqiroz tufayli yoppasiga fermer xo’jaliklari va chorvadorlar qo’liga o’tib ketgan. Oqibatda uy-joy qurilishi ayrim shtatlarda batamom to’xtab qolgan.
Muhojirlar hayotini yaqindan o’rgangan tahlilchi Dmitrius Papadimetriyuning aytishicha, AQShga viza olish kun sayin qiyinlashar ekan, muhojirlar uylariga borsa, qaytib kela olmaslikdan qo’rqadi.  Shu sabab nima qilib bolsa-da, Amerikada qolishga rozi.

[insert caption here]
AQShga yiliga 800 mingga yaqin noqonuniy muhojirlar keladi. Muammo shundaki, deydi tahlilchilar, immigrantlarni bir-biridan ajratish qiyin. Soxta guvohnomalar bilan yurganlar ko’p.

“Nyu-York Tayms” (The New York Times) gazetasiga ko’ra, 1957 yildan beri hukumat qancha muhojir deportatsiya qilinib, qanchasi yana noqonuniy yo’l bilan kirib kelayotganini kuzatmay qo’ygan.

Muhojirlar uchun AQShda qolishning so’nggi ilinji bu siyosiy boshpana uchun murojaat qilishdir. Agar immigratsiya bo’yicha mutasaddilar muhojir keltirayotgan dalilga ishonmasa, ular vataniga jo’natiladi. 

O’tgan yili Amerikadan 361 ming xorijlik deportatsiya qilingan. Hujjatsiz muhojirlar AQShdan ketgisi kelmasa-da, bu mamlakatga kelishni istaganlar bugun ko’p emas. Dollar qiymati tushib ketgani ularni bu shashtdan qaytarmoqda.  

AQShga hujjatsiz yashab yurganlarning aksariyati Lotin Amerikasidan - Meksika, Ekvador va Kolumbiya singari iqtisodiyoti zaif mamlakatlardan.  

AQShga immigratsiya qilish jarayoni va bu boradagi savollarga Qo'shma Shtatlarning Toshkentdagi elchixonasidan, http://uzbekistan.usembassy.gov/ veb-sahifasidan javob topasiz.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda

  Boshqa xabarlar
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
AQSh va Rossiya Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor demoqda
AQSh diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
Virjiniyada o'zbekistonlikning jasadi topildi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar