VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi


19/02/2009

[insert caption here]
Bu yil jahon bo'ylab paxta savdosi 21 foizga pasayadi. Paxta bo'yicha xalqaro maslahatlashuv qo'mitasi (ICAC) berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, bozorga chiqariladigan mahsulot miqdori 6,6 million tonnadan oshmaydi. 

Eng yirik eksportchi AQSh 12 foiz, 2-o'rindagi Hindiston va 3-o'rindagi O'zbekiston esa o'tgan yilga qaraganda 40 foiz kamroq paxta sotishi kutilmoqda.

Paxtaning eng katta xaridori – Xitoy bu yil 1,5 million tonna oq oltin sotib olmoqchi xolos. Vaholanki 2008 yilda qariyb 3 million tonna import qilgan. Bu yil, mutaxassislar taxminicha, paxtaning bir kilosi jahon bozorida 1,2 dollardan oshmaydi.   

Terry Townsend
Terri Taunsend (Terry Townsend), Vashingtonda asoslangan bu xalqaro tashkilotning ijrochi direktori deydiki, jahon bozorida oq oltinga talab pasaygan.

"Bu albatta O'zbekiston, Afrika g'arbidagi davlatlar, Janubiy Amerika mamlakatlari uchun shumxabar…  Bu degani iqtisod va turmush zarar ko'radi. Paxtaga talab pasayganining asosiy sababi oddiy: global inqiroz paytida odamlar pulni ayab, uni kiyim-kechak emas, asosan oziq-ovqatga sarflaydi".

Bu yil paxta hosili jami 23,4 million tonnani tashkil etsa, deydi Teri Taunsend, kelasi yillar ichida bu ko'rsatkich yanada pasayadi. 

Qurg'oqchilik avj olib, ob-hayot taqchil ekan, millionlab dehqonlar ko'p suv talab qiladigan paxtani tashlab, boshqa ekinlarga o'tmoqda.

43 davlat a'zoligidagi xalqaro qo'mita O'zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qiladi.  Eksport daromadining 60 foizi paxtadan tushadigan respublika unga 1992 yilda kirgan. "Hukumat bilan doimiy muloqotdamiz", - deydi Terri Taunsend, muassasa rahbari.

"Biz asosan O'zbekiston Tashqi savdo va sarmoya vazirligi bilan ishlaymiz, chunki paxta  eksporti ular qo'lida. Bu davlat olimlari bilan hamkorligimiz bor. Mamlakatda nodir izlanishlar olib boriladi va biz, paxta bilan bog'liq ma'lumotni bir yerga to'plovchi tashkilot, bu tadqiqotlardan boxabar bo'lib turishni istaymiz".

Qo'mita shuni ham biladiki, G'arbda O'zbekiston paxtasi tilga olinganda, jamoatchilik - bolalar ekspluatatsiyasi, majburiy mehnat, qora terga botib yetishtirgan paxtasi rohatini ko'rmayotgan dehqonlarni ko'z oldiga keltiradi.  

[insert caption here]
O'tgan yildan boshlab Yevropa va AQShda ayrim yirik savdo tizimlari o'zbek paxtasidan ishlangan mahsulotlar sotmaslikka qaror qilgan.  

O'zbekiston hukumati a'zolari masalani izohlashdan bosh tortadi. 2008 yili bolalar huquqlarini kafolatlovchi yangi qonun kuchga kirgan. Lekin, deydi jizzaxlik dehqonlardan biri, amalda oq oltin baribir yosh avlod qo'li bilan teriladi va paxtakor ular mehnatidan foydalanishga majbur.

"Endi bu chetdanmi yoki o'zlarining insofi bilanmi, (hukumat) shunaqa bir qaror chiqardi. Lekin ertaga bu qog'ozdagi gap qoladi-yu, olib chiqinglar deyiladi. Agar bolalar termasa, paxtani teradigan odamning o'zi bo'lmaydi. Studentlarni ham chiqaradi, o'quvchilarni ham. Chunki paxta dalada yotaveradi,  kerak ham bo'lmaydi unda",- deydi dehqon.

Yana bir fermerning aytishicha esa ishsizlik va yetishmovchilik zamonida ozgina bo'lsa-da pul topish uchun bolalar ham ter to'kishga majbur.

[insert caption here]
"Qishloqlarda aholi juda qashshoq yashaydi-da. Shu sababli bor-ku, bolalar paxta terimiga o'z ixtiyori bilan chiqib ketadi. Ularning oyog'iga narsa olish kerak, egniga olish kerak. O'quv qurollari deydi, baribir ota-onaga bu narsa juda og'ir…" 

Jahon Banki bugun O'zbekistonda qishloq xo'jaligini takomillashtirish, jumladan yer islohoti bo'yicha dasturlar olib bormoqda. Paxta bo'yicha  xalqaro maslahatlashuv qo'mitasi nazarida kelajakda vaziyat yaxshilanishiga umid bor.  

Terri Taunsend hukumatga paxta sanoati uchun mas'ul alohida idora tuzishni maslahat beradi.  

"Paxta yetishtirishdan tortib uni sotishgacha… O'zbekistonda bu sohani isloh qilish payti yetgan. Respublikada oq oltin hamon Sovet davridan qolgan tizim asosida yetishtiriladi. Kvotalarni yo'q qilish kerak. Dehqon uni majburan emas, xohlagani uchun va xohlagan miqdorda eksin". 

O'zbekistonda har yili 1 400 000 gektarga yaqin maydonda paxta ekilar edi. Bu yil paxtazorlar 100 000 gektarga qisqarishi kutilmoqda. Dehqonlar esa rasmiy va norasmiy bosimlardan to'yib ketgan. 80 gektargacha yerni ijaraga olmasangiz, deydi ular, siz fermer emassiz.

[insert caption here]
"Paxta milliy boyligimiz deyishadi, lekin o'sha milliy boylik kimlarningdir cho'ntagiga kirib ketayapti", - deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan paxtakorlardan biri.

"Agar boyligimiz kimlarning cho'ntagiga kirmay, tizim to'g'ri isloh qilinsa, paxta xom-ashyosi to'g'ri taqsimlanganida sharoitimiz bu darajaga yetib bormasdi. Ahvol kundan-kunga og'irlashib borayapti.  Yer sho'rlanib ketgan. Uni yuvosh kerak, tozalash kerak".  

Paxtakorlar, mahsulotni sotuvchi va xarid qiluvchi davlatlar nomidan gapiradigan xalqaro qo'mita ta'biricha dalada kimlar ishlashini o'sha jamiyatning o'zi muhokama qilishi va hal qilishi kerak.  

"Oq oltin yetishtiradigan har bir yurtda uni qo'lda terayotganlar ko'p, bolalarni ham uchratasiz",- deydi Terri Taunsend.  

Ammo ular oilasi paxta ekkani, yordam berish uchun, non topish uchun dalaga chiqadimi yoki maktablar yoppasiga yopilib hamma paxtaga haydalganmi?


Listen to This Report Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Download  (MP3)
Listen to This Report Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
O'zbekistonda dehqondan yer majburan tortib olinmoqda
Karimov qishloq hayotini yaxshilashni va'da qilmoqda
Moliyaviy inqiroz mehnat muhojirlarini uyiga qaytarmoqda
Tahlilchilar: Chetdan kelayotgan pul miqdori kamayishi mumkin
O'zbekistonning yuzini shuvut qilgan milliy boylik
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda
O'zbekistonda o'quvchilar paxta terimiga jalb qilinmasligi mumkin
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
G'allakorlar: dehqonchilik bugun to'qchilik emas, azob
AQSh O'zbekiston dehqonlariga yordam berishga urinmoqda
O'zbekiston qishloq xo'jaligi sovet o'tmishida muzlab qolgan
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
Suv tanqis O'zbekistonda tuproq ham yaroqsiz holga kelmoqda
Oziq-ovqat narxining oshishi urush va nizoga olib kelishi mumkin
O'zbekistonda maosh va narx-navo birga oshadi
O'zbekistonda bolalar mehnatining og'ir shakllari taqiqlandi
Markaziy Osiyo suv zaxiralari tejalsa, hammaga yetadi
O'zbekistonda yana bir hokim ishdan olindi
Hukumat fuqarolarga siyosiy, iqtisodiy erkinlik berishi lozim
O'zbekistonda islohotlarni qanday amalga oshirgan ma'qul?
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
O'zbekiston paxtasi jahon bozorida rad etilmoqda
O'zbekiston qonunlarida bolalar huquqi kafolatlangan, amaldachi?
G'alla va paxtaga boy O'zbekistonda aholi un va moyga zor
Oq oltindan daromadning huzurini kim ko'rayapti?
Majburiy mehnat O'zbekistonni savdo imtiyozidan qoldirishi mumkin
Amerikalik olim: O'zbekiston iqtisodiyoti o'smoqda, lekin muammo ko'p
Paxta bahosi paxtakor yil bo'yi to'kkan terga arzimaydi
O'zbekistonda xalq narx-navo yanada oshganidan norozi
O'zbekistonda vaziyat "turg'un va mavhum"
O'zbekistonda muammo ko'p, yechimi ko'rinmaydi
Aholi ishsizlik bois har qanday sharoitda ishlashga tayyor
Jahon Banki: O'zbekiston iqtisodiy o'sish bo'yicha mintaqada ikkinchi
Markaziy Osiyoda dehqon qachon yer egasi bo'ladi?
Markaziy Osiyoda irrigatsiya tizimi eskirgan, dehqon mashaqqatda
Mutaxassislar nazarida O'zbekistonni katta ekologik fojea kutmoqda
Xaridor va sotuvchi bozordagi narx-navodan norozi
O'zbekistonda sholi ekish cheklanmoqda
O'zbek ayollari yetishmovchilik tufayli bozorda qop ko'taradi
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak audio clip
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available