VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Rejissyorlar: O'zbek kinosini nobop rahbarlar changalidan qutqaring


22/02/2009

Amerika Ovozi faqat matnda, kirish uchun oson sayt
Bemaza qovunning urug'iday...

Son’ggi yillarda uzmay mahsulot yetkazib berayotgan san’at sohalaridan biri bu kinodir.

2008 yilda “O’zbekkino” Milliy agentligi 40 dan ziyod film yaratgan. Bir qismi davlat buyurtmasiga ko’ra, qolgani xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlangan.

Filmlarning ko’pi o`xshash. Ayrimlar bu kinoasarlarni sariq matbuotga ham qiyoslaydi. Film mualliflari fikricha, bu asarlarni tomoshabin, ayniqsa, yoshlar qizqish bilan kutib olmoqda.

Talabchan tomoshabin uchun bu filmlar sayoz.

“Ssenariy muallifi, rejissyor haqiqiy milliylikni his eta olishi kerak. Amir Temur, Shayboniyxon, Ashtarxoniylarni! Bu shaxlar haqidagi qo`lyozmalardan xabardor bo`lishi kerak. O`zimizda shunday asarlar ko`proq chiqishi kerak. Mana, ruslar [Aleksandr]Nevskiy haqidagi kinoni chiroyli ishladi. Bo`lmasa, oddiy voqea. Bizda bunaqa voqealar juda ko`p. Odamlar ko`rib zerikmaydi, lekin menimcha, bunga qodir rejissyorlar yo`q”, - deydi sharshunos olim Abdusattor Jumanazar.

Rejissyorlar norozi ekanini yashirmayapti

Rejissyor Zulfiqor Musoqov ancha avval O`zbekiston prezidenti Islom Karimovga ochiq xat yozgan.  Uning da`vosiga ko`ra, bugungi kino san`atni yaxshi tushunmaydigan rahbarlar tufayli sayoz.   

“Kinoni yaxshilash maqsadida prezidentga murojaat qilgan edim, lekin afsuski natija bo`lmadi. Men tomon bo`lgan odamlar sekin-sekin badiiy kengashdan chiqarib yuborildi. Usta ko`rmagan shogirdlar kinolari ko`payib ketdi. Har ikki haftada bir kino chiqmoqda. Ularda badiiylik haqida gap bo`lishi mumkin emas. Men shaxsiy studiyalarga qarshi emasman, lekin rahbarlar bunday studiyalarga yashil chiroq berdi. Sal badiiyligi, fikri bor ssenariylar meniki bo`lgani uchun o`tmaydi. Pulni esa milliy agentlik beradi. Sal o`zgarish qilish qattiq qarshilikka uchraydi”, -  Zulfiqor Musoqov.

Rejissyor “Vatan” filmi uchun davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Uning aytishicha, saviyali kino ishlash uchun davlat ko’magi zarur. Gap millat yoshlari ma’naviyatini shakllantirish haqida ketmoqda.

“Biz yoshlarning ruhiy kamoloti uchun javobgarmiz. Yoshlarimiz hozir adabiyot o’qimay qo’ygan. Internetdan boshi chiqmaydi. Keyin kinoga boradi.  Agar shu ketishda bo`lsa, erta-indin buning mevasini tatib ko`ramiz”, - deydi rejissyor.

Bugun “zamonaviy kino” degan tushuncha paydo bo’lgan. Xususiy studiyalarda suratga olinayotgan bu kino tomoshabin didini  o`tmas qilib qo’ymoqda. Yoshlar dunyoqarashini sayozlashtirmoqa.

“Musoqovning filmlariga ko`p odam tushmasligi mumkin, lekin bu sayoz degani emas. Yoshlar hozir boylar tomonidan ishlanayotgan kinolarga tushmoqda. Maqsad ashulachilarning kinoda qanday o`ynashini ko`rish. Lekin bu kinolarda aktyor mahorati yoki rejissura haqida gapirish mumkin emas. Hammasi  bir xil, mayda-chuyda gaplar, odamni o`ylantiradigan hech narsasi yo`q”, - deydi  kinomuxlislardan biri.

"O'zbekkino" boshida o'tirganlar  yaxshi-yomon ssenariy farqini bilmaydi

O'zbekistonda har qanday badiiy film faqat “O`zbekkino” ruxsati bilan ekranga chiqadi. Rejissyorlar sayoz filmlar ko`payishida “O`zbekkino” rahbariyatini, jumladan, birlashmaning badiiy kengashini ayblaydi.

“O'zbek kinosida kamchiliklar, yutuqlar ham bor. Xulosasini aytadigan bo’lsak, badiiy sayoz filmlar tomoshabin saviyasini tushirib yubormoqda. Achinarlisi shuki, bunday filmlar davlat mablag’i hisobiga ham suratga olinayapti. “O`zbekkino” qoshida badiiy kengash bor. Bu kengash a`zolari yaxshi ssenariy bilan yomon ssenariy farqiga bormayapti nazarimda. 30-40 yildan buyon kinoda ishlagan odamlarning ko`pchiligi bu kengashdan chiqib ketdi”, - deydi rejissiyor  Bahodir Odilov.

“O'zbekkino” direktori o`rinbosari Jahongir Qosimov o`zbek kinosi atrofidagi mulohazalarini biroz keyinroq ifoda etishini bildirdi.

Sharhlovchilar nazarida bugun yoshlarda adabiyotga intilish susaygan. Kitob o`qish an`anasi yo`qolib bormoqda. Bu sharoitda kino saviyasini ko’tarish masalasi dolzarb tus olmoqda. Adabiyotda, xalq ijodidan milliy qahramonlar ekranga ko`chgandagina yoshlarga yetib borishi mumkin.

Zerikarli "Alpomish"...

Biroq muammo kinoga ko`chayotgan milliy obrazlar professional tarzda ishlanmayotganida.

“Xalqqa nimani taqdim etayotganini o`ylab ko`rmagan. “Alpomish”ni “Ramayana” bilan qiyoslash mumkin. Avval ishlangan “Bunyod” kinosi bor edi. Bunyod Hamid Olimjon tomonidan yozilgan kichkina doston. Lekin undan yaxshi kino ishlangan. “Alpomish” dek buyuk bir asar kinoda esa yerga urib tashlangan. Shuning uchun ham odamlarning hafsalasi pir bo`ladi. Ayniqsa, dostonni o`qigan bolalarning”, - deydi sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar.

O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bir necha filmlarga ssenariy yozgan.  Jumldan, xalq og`zaki ijodi asosida suratga olingan “Alpomish” badiiy filmining ssenariysi ham Usmon Azim qalamiga mansub.

“Men kinodagi ijodimdan maqtana olmayman. Narsalarim yomon chiqdi. Teatrdagisi yaxshiroq. “Alpomish” haqida gapirsak, eng qiyin joyi u juda oz pulga olingan. Tasvirdagi o`tovlar, otlar hammasi yor-do`st ,og`aynilarga iltimos qilib qilingan ishlar. Tarixiy filmga kattaroq mablag` bo`lishi kerak. Lekin uni qilishmagan, faqat tashabbus bilan qilingan ish. Nazarimda ma`noli joyi shundaki, unda osmondan gaplar qo`shilmagan, dostonning ruhini saqlab qolishga harakat qilingan. Ehtimol, aktyorlar tushgan yoki tushmagandir. Film juda kichkina pulga olingan, rejissyorga meni rahmim kelgan edi”, - deydi Usmon Azim.

Mustaqillik davrida o`zbek kinosi tomonidan suratga olingan eng katta byudjetli asar bu sohibqiron Amir Temur haqida ishlangan film. Filmni suratga olish uchun davlat 4 million dollardan oshiq mablag` ajratgan.

Biroq filmni muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi. Bugun milliy qahramonlar haqida muvaffaqiyatli film ishlash mas`uliyatini o`zbek kinochilariga yuklash qanchalik to`g’irligi ham bahsli masala.
“Tariximizning eng yuqori nuqtaga ko`tarilgan joyi Amir Temur davri. U yerda [filmda] shaxs yo`q, faqat ma`lumotga o`xshagan narsa. Kinoni bunday ishlamaslik kerak edi. Ehtimol, sal shoshmaslik kerakmidi?”- deydi sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar.      

Kinoni boshqarishga professionallarni yollang!

Shoir Usmon Azim nazarida kinoda professionallik darajasi tushib ketmoqda.

“Kinoni boshqarayotgan odamlar professional bo`lishi kerak. O`zbek madaniyatini yaxshi anglashi, maqsadlarini bilishi karak. Masala mohiyatini tushunmaydigan odamlar rahbarlik qilsa, bo`lmaydi. Iste’dodlarni qo`llash uchun ham iste`dod kerak. Havaskorlar ko`payib ketgan, lekin ular pul topishni biladi”, - deydi shoir Usmon Azim.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O’zbek dublyaji oltin ovoz sohibi - Hojiakbar Nurmatovdan ayrildi
O'zbek adiblari ma'naviyatning bugungi ahvolidan tashvishda
Ijodkor Abdulaziz Mahmudov: O'zbekistonga erkin televideniye kerak
O'zbekistonda hind kinosiga qiziqish so'nmagan
Andijonlik havaskor rejissyor AQShda ikkinchi filmini yaratmoqda
"Samarqanddagi qotillik" kitobi asosida film yaratilmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available