VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Markaziy Osiyo bo'ylab inson huquqlari og'ir ahvolda


26/02/2009

[insert caption here]
“Qo’shma Shtatlar inson qadri, shaxs erkinligi har narsadan ustun ekanini isbotlash bobida ibrat bo’lishi kerak”, - deydi Xillari Klinton
Bugun jahon bo’ylab millionlab odamlar fundamental huquqlaridan mahrum. 

AQSh Davlat departamenti 190 davlatdagi vaziyatni baholab xulosa qilishicha, siyosiy erkinliklarga talab oshgan sari hukumatlar ularni yanada cheklashga urinmoqda.

Davlat departamenti jahon bo’ylab inson huquqlari ahvolini tahlil qilgan navbatdagi hisobotini chop etdi. Unda huquqni poymol etuvchi davlatlar ro’yxatida odatiy bo’lib qolgan Shimoliy Koreya, Pokiston, Afg’oniston, Kuba, Eron, Iroq, Sudan, Somali, Zimbabve va O’zbekiston kabi davlatlardagi ahvol kuchli tanqid ostiga olingan.

O’tgan yili nohukumat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini, jumladan internetni cheklovchi qonunlar qabul qilgan mamlakatlar safida - Viyetnam, Xitoy, Rossiya, Qirg’iziston va Qozog’iston ham tilga olinadi.

Hisobot Rossiya va Armanistonda o’tgan saylovlarni salbiy baholaydi. Natija xalq xohish-istagini aks ettirmaydi, deyiladi unda. AQSh davlat departamenti hisobotni har yili Kongress talabiga binoan tayyorlaydi.

Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, AQSh boshqa davlatlarni huquq bobida tanqid qila turib, xalqaro standartrlarga o’zi ham amal qilishi shartligini esda tutadi.  

“Qo’shma Shtatlar inson qadri, shaxs erkinligi har narsadan ustun ekanini isbotlash bobida ibrat bo’lishi kerak”, - deydi Klinton.

Har yili xorij hukumatlarining noroziligiga sabab bo’ladigan ushbu hisobot Jorj Bush prezidentligining so’nggi yili, ya’ni 2008 yilni qamraydi. Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti nazarida, Bush davrida Qo’shma Shtatlar huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan.

Vashington Markaziy Osiyo, xususan Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda diniy erkinliklarni cheklashga qaratilgan qonun loyihalarini tanqid qilmoqda.  Qozog’istonda siyosiy muxolifat va mustaqil jurnalistlar bosim ostida. Bu yil saylov, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalariga doir qonunlarga o’zgartirish kiritilishi mumkin. Jarayon, muxolifat nazarida, oshkora emas.  

Siyosiy erkinliklar biroz qanot yozgan Qirg’izistonda Kurmanbek Bakiyev rahbariyati fuqaro jamiyatini bosim ostiga olayotganlikda ayblanmoqda.  O’tgan yili bu mamlakatda “Ozodlik” va “BBC” radio dasturlari havo mavjlaridan olib tashlangani bunga bir misol.

Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo’yicha direktor o’rinbosari Reychel Denberning aytishicha, “O’zbekistonda bugun 10 dan oshiq huquq faoli panjara ortida. E’tiqod erkinligi bilan bog’liq vaziyat nihoyatda og’ir. Yagona ijobiy o’zgarish - ekstremistik tashkilotlarga a’zolikda ayblangan dindorlarga avval 15-20 yil qamoq jazosi berilgan bo’lsa, hozirda jazo muddati o’rtacha 5-8 yil atrofida”.  

O’tgan yili O’zbekistonda sudlanuvchilar himoyasini yaxshilash, inson savdosiga qarshi kurash va paxta dalalarida yosh bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlashga doir qonunlar qabul qilindi. Afsuski, ular xo’jako’rsinga, deydi G’ulom Umarov, muxolifatdagi “Serquyosh O’zbekiston” koalitsiyasi yetakchilaridan biri.   

“Qonunlar  nomiga, ularga hech kim amal qilmaydi. Konstitutsiyadan ko’ra og’zaki buyruq, ko’rsatma-farmoyishlar kattaroq kuchga ega. Qonun hamma uchun bir deyishadi-yu, amalda shuning aksi. Hukumatga nomaqbul odamlarni chetlatish uchun qo’llaniladi”, - deydi Umarov.

Ma’lumki, uning otasi  “Serquyosh O’zbekiston” koalitsiyasi rahbari Sanjar Umarov moliyaviy jinoyatlarda aybdor topilib, uzoq muddatga qamalgan.

Barak Obama ma’muriyati Afg’oniston masalasida mintaqa davlatlari, jumladan O’zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Freedom House inson huquqlari tashkiloti vakili Baxtiyor Nishonov fikricha aloqalar tiklanayotgani ijobiy hol.

“Xavfsizlik borasida ish birgalikda olib boriladigan bo’lsa, menimcha bu yomonmas. Kelajakda buning inson huquqlariga ham ta’siri bo’ladi. Lekin bir-ikki yil davomida hamkorlik asosan xavfsizlik borasida bo’lsa kerak”.

AQSh nazarida Turkmanistonda astalik bilan ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanmoqda. Rasmiy Ashgabat konstitutsiyaga tuzatish kiritib, uni xalqaro konvensiyalar bilan muvofiqlashtirish  harakatida. Lekin faollar huquq ahvoli hamon og’ir deydi.  

Farid Tuxbatullin Avstriyada asoslangan Turkmaniston Inson Huquqlari tashabbus guruhi rahbari. Uning kuzatishicha, aholi orasida siyosatga qiziqish, xafsala yo’q. Aksincha, loqaydlik seziladi.

“Sobiq rahbar Saparmurot Niyozov davrida ildizi bilan yo’q qilingan nohukumat tashkilotlar qayta ish boshlamoqda. Ammo ular hukumat siyosatiga yon bosadi. Fuqaro jamiyati haqida gapirishga hali juda erta”.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Amerika-O'zbekiston aloqalarida inson huquqlari hamon nozik masala
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Yevropa-O'zbekiston aloqalari - huquq masalasi chetda qolmoqda
O'zbekistonda Amerikaning yangi rahbaridan umidlar katta
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
Makkeyn yo Obama? O'zbekiston uchun kim ma'qul?
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
"Ayollar yetakchilikka intilmasa, jamiyat ham olg'a siljimaydi"
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda
Ukrainada o'zbekistonlik muhojirlar tazyiqdan shikoyat qilmoqda
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekan, yechim xalq qo'lida
"Demokratik imkoniyat boy berildi"
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak
 
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available